Ammir Temurning harbiy yurushlari Mudarija Kirish – 5
II.Bob. Amir Temutning zafarli yurishlari
Download 62.73 Kb.
|
Ammir Temurning harbiy yurushlari (2)
II.Bob. Amir Temutning zafarli yurishlari
II.1. Amir Temurning qo’shin tuzilishi Temurbek barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan qo’shin tizimi va tuzilishiga ma`lum darajada yaqin bo’lsa-da, biroq quyidagi muhim jihatlari bilan farqlanar edi: Chingiziylar qo’shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chaqiriladigan xalq lashkaridan iborat bo’lgan holda, Temurbek armiyasi umumxalq xarakteriga ega emas edi. Chingizxon davrida qo’shin asosini ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi. Temurbek qo’shiniga oliy bosh qo’mondon ko’rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul o’troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan. Temurbek qo’shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo’lgan. Ma`lumki, CHingizxon qo’shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan hasharni hisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo’lmagan. Temurbek Sharqda birinchilardan bo’lib o’z armiyasiga o’t sochar qurol, ya`ni to’p-ra`dni olib kirdi. Sohibqiron tog’li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi. Temurbek jahon harb san`ati tarixida birinchi bo’lib qo’shinni jang maydonida etta qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etdi. Temurbek armiyasida ayollardan tuzilgan bo’linmalar bo’lib, ular jang chog’i erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalari ko’rsatgan. Temurbek qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari erlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi33. Unda muntazam qo’shinga xos bo’lgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’shin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurollangan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom bilan ta`minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroq yoki tug’i orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinni boshqarishda juda qo’l kelgan34. Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod qilish, g’anim tomonning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo’lgan shaharlariga qo’qqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini hibsga olish, qal`a va qo’rg’onlarni uzoq muddat davomida muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq, shahar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta`qib qilish. Fath bo’lgan yurtlarni boshqarish uchun o’zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarini ko’zlab ish yuritish Temurbekka ko’plab zafarlar olib keldi35. Taktika jihatdan Temurbek armiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Qo’shinning yasoli qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, CHingiziylar qo’shini jangovar tartibdan farqli o’laroq, etti qism-qo’lga ajratilgan, razvedka a`lo darajada yo’lga qo’yilgan, qismlarning jang maydonida hamda yurish vaqtida talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida operativ boshqarishga alohida katta e`tibor qaratilgan. Temurbek o’nlik, yuzlik, minglik hamda tuman qo’mondonlarini tanlash masalasiga bevosita ega bo’lgan qo’mondonlarning to’g’ri tanlaganligi va o’z joyiga qo’yilganligi aksar hollarda jang natijasining muvaffaqiyatli yakunlanishiga sezilarli ta`sir ko’rsatgan36. Sohibqironning harb san`ati rivojiga qo’shgan ulkan xizmatlaridan yana biri-qo’shin qanotlarini jang chog’ida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha g’anim kuchlarini yon tomondan aylanib o’tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism-kunbulning joriy etilishidir. Bunday mutlaqo yangi harbiy qism, tarixning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudvig XIV, Buyuk Fridrix, CHingizxon kabi dongdor sarkardalar qo’shinida bo’lmagan. Faqat XIX asrning atoqli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida qo’shin qanotlarini himoyalovchi qism mavjudligini kuzatish mumkin. Harbiy mutaxassislarning, Napoleon Sharq mamlakatlariga harbiy safar qilishdan avval Temurbek armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yo’l-yo’riqlarini sinchiklab o’rgangan, zarur topgan taktik usullarni o’zlashtirgan degan mulohazasi, har qalay, haqiqatdan yiroq emas. Xo’sh, turk-mo’g’ul xalqlari armiyasining besh qismdan iborat an`anaviy jangovar tartibiga o’zgartirish qachon kiritildi, ya`ni yasolni etti qismga bo’lishga sohibqironni qanday zaruriyat majbur etdi, degan savolning tug’ilishi tabiiy. Ushbu savolga qoniqarli javob olish uchun Temurbekning Balx hokimi amir Xusayn (1370 yili o’ldirilgan) bilan ittfoqda 1365 yili Jata (Mo’g’uliston) xoni Ilyosxo’jaga qarshi qilgan, tarixga «loy jangi» nomi bilan kirgan muhorabada ittifoqdoshlar cherigi qanday yasolda joylashganligini kuzatish kerik bo’ladi. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va engil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan engil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilikchilik bilan shug’ullangan, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan. Yurishga jo’nashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog’da ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo’shin to’plash uchun maxsus buyrak-tunqal e`lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qo’mondonning ad`yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan etkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo’shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o’rni, jangovar tartib-yasolni hamda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi37. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga ko’ra, Temurbek Dashti Qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qo’shinni bir yilga etadigan oziq-ovqat, qurol-yarog’, kiyim-kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta`minlashni o’z noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o’q, bir sadoq, bir qalqon va bitta qo’shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har o’n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o’roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan. Abdurazzoq Samarqandiy har bir jangchining shuningdek, yarim man og’irligida arqon, bir dona pishiq teri va bitta qozon olib kelishi lozim bo’lganligini qayd etadi38. «Temur tuzuklari»da ta`kidlanishicha, safar chog’ida oddiy askarlarning har o’n sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Har bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich, juvoldiz, qop, o’nta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bo’lgan. Sara jangchilarning har beshtasi bir chodirga joylashgan. Ularning har bittasi dubulg’a, sovut, qilich, o’q-yoy, sadoq va buyruqda ko’rsatilgan miqdorda ot bilan ta`minlangan. O’nbegining alohida chodiri bo’lgan. U sovut, qilich, o’q-yoy, sadoq bilan qurollangan va beshta qo’shimcha ot olish huquqiga ega bo’lgan. Yuzbegining ham alohida chodiri bo’lgan. Uning qurol-yarog’i qilich, o’q-yoy, sovut, sadoq, gurzi, oyboltadan iborat bo’lgan. Unga o’nta qo’shimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham ta`min etilgan. Dubulg’a, zirih (chahoroyna), sovut, nayza, qilich, sadoq va o’q singari rang-barang qurol turlari bilan qurollangan. Piyoda askarlar asosan qilich, kamon va kerakli miqdorda o’q bilan safarga chiqqan. Miod erida oliy bosh qo’mondonning borgohi tikilgan va u turli rangdagi tug’ hamda bayroqlar bilan bezatilgan. Belgilangan vaqtda (miod vaqti) da lashkargohga etib kelgan askarlar qat`iy tartib va intizom bilan o’z bo’ljar (pozitsiya)larini egallagan hamda yurish oldidan o’tkazilajak an`anaviy harbiy ko’rikka puxta tayyorgarlik ko’raboshlagan39. Sohibqiron yurish paytida tajribali sipohiylarga katta ishonch bildirgan. Ko’p marotabali so’qishlarda suyagi qotgan, urushni o’zining bosh mashg’uloti deb sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam qilingan. Ular kirim-chiqim daftariga, shuningdek davlatdan maosh-ulufa, oziq-ovqat, em-hashak oluvchilar ro’yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko’ra Temurbek armiyasi turk-mo’g’ul xalqlari uchun an`anaviy bo’lgan o’n. Yuz, ming va tumanlarga taqsimlangan. Ularga o’nbegi, yuzbegi, mingbegi, tumanbegilar sardorlik qilgan. «Temur tuzuklari» da qayd qilinishicha, qo’shin qo’mondonlari safiga Temurbek oliyhimmat, oqil, mard, tadbirkor, sezgir, jur`atli, sabotli, harb ishiga jon-dilini bag’ishlagan iste`dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e`tibor bergan. Har bir bek yoki amir o’z noibi-o’rinbosariga ega bo’lgan. Biror bek yoki amir hayotdan ko’z yumgan taqdirda noibi uning o’rnini egallagan40. Rui Gonsales Klavixoning guvohlik berishicha, qo’shin to’plash to’g’risida farmoni oliy e`lon qilinishi bilan askarlar o’z oilasi, asbob-aslahasi, mol-mulki bilan miod eriga etib kelgan. O’rdagohdagi sohibqironning saropardasi atrofida har bir qism va bo’linmalar chodirlari tikilgan. Oddiy askardan yirik sarkardagacha har kim o’z joylashish o’rnini aniq bilgan. Barcha ishlar tartib-intizom bilan, shovqin-suronsiz bajarilgan. Qo’shin bilan birga qassoblar, bakovullar, qovurilgan va pishirilgan go’sht bilan savdo qiluvchilar, arpa va meva sotuvchilar, nonvoylar ham ko’chib yurgan. Turli kasb egalari askarlarga xizmat ko’rsatganlar. Hatto ko’chma hammomlar ham jangchilar xizmatida bo’lgan. Temurbek tanlab olgan sarkardalar o’zlarining harbiy mahoratlarini nafaqat urush kezlarida, balki tinch mehnat chog’ida ham namoyish etishga tinmay harakat qilar edilar41. Harbiy san`atning o’ziga xos sir-asrorlaridan to’la voqif bo’lgan, dushman saflarini parokanda qilish yo’l-yo’riqlarini yaxshi egallagan, mushkul vaziyatlarda dadil va tez harakat qiladigan, hech qanday to’siqlardan tap tortmaydigan, qo’shin safida sodir bo’lishi ehtimolidan holi topilmagan tartibsizliklarni o’z vaqtida bartaraf eta oladigan iste`dod egalarigina Temurbek tomonidan lashkarboshilikka qo’yilgan. Temurbekning farmoyishiga binoan atoqli lashkarboshilardan to’rttasi birinchi darajali sarkarda, ya`ni beklar begi mansabiga tayinlangan. Dongdor amirlardan biriga amir ul-umaro lavozimi berilgan va u oliy bosh qo’mondon, ya`ni Temurbekning noibi vazifasini ado etgan. Sohibqiron bevosita ishtirok etmagan urush va janglarda amir ul-umaro qo’shinga qo’mondonlik qilgan42. Zikr etilganlardan tashqari qo’shin qo’mondonligiga yana o’n ikki bek jalb etilgan ming kiishdan iborat suvoriylarga birinchi bek, ikki ming otliqlardan tashkil qilingan guruhga ikkinchi bek, uch ming otliqlifavjga uchinchi bek va shu tartibda o’n ikki ming otliq askarlardan tuzilgan qo’shinga o’n ikkinchi bek sardorlik qilgan. Quyi pog’onada turgan qo’mondon o’zidan yuqori lavozimni egallab turuvchi sarkadaga bo’ysungan. Temurbek armiyasining turli qism va bo’linmalariga uch yuz o’e uch bek boshchilik qilgan. Ularning dastlabki yuztasi o’nbegilik, ikkinchi yuztasi yuzbegilik, uchinchi yuztasi esa mingbegilik rutbalarini egallagan. Tumanlarga sohibqironning farzandlari, nabiralari hamda amir Shayx Nuriddin, amir Jahonshoh singari nomdor lashkarboshilar rahbarlik qilgan. Temurbek qo’mondonlar tarkibining harb ishidan talab darajasida mahorat va malakaga ega bo’lgan shaxslardan shakllanishiga alohida diqqat qilgan. Janglarda qahramonlik va mardlik namunalari ko’rsatgan sara jangchilar munosib ravishda taqdirlanib o’nbegi, takror jangovar xizmatlari evaziga yuzbegi va nihoyat mingbegi amaliga ko’tarilish imkoniyatiga ega bo’lgan43. Yovning askariy g’ururini tor-mor etgan mingbegi birinchi darajali amir unvoniga, yirik dushman qismini mag’lub etgan birinchi darajali amir o’z navbatida ikkinchi darajali amir mansabiga va shu yo’sinda o’zga bek hamda amirlar yuqoriroq harbiy martabaga ko’tarilib borgan. Janggohda mardlik va qahramonlik ko’rsatgan oddiy jangchilarning maoshi oshirilgan. Ba`zi sabablarga ko’ra jang maydonini tashlab qochgan askarlar o’lja taqsimotida ishtirok etishdan mahrum qilingan. Muhorabadan yarador bo’lib qaytgan shaxslarning izzat-xurmati joyiga qo’yilgan, ularga Onhazratning marhamati ko’rsatilgan44. Download 62.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling