Ammir Temurning harbiy yurushlari Mudarija Kirish – 5


Download 62.73 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi62.73 Kb.
#1612716
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ammir Temurning harbiy yurushlari (2)


Ammir Temurning harbiy yurushlari
Mudarija
Kirish………………………………………………………………………….2 – 5
I.Bob. Amir Temur shaxsiy fazilatlari haqida dastlabki manbalar.
I.1. Amir Temurning harbiy mahorati…………………………….………….6 – 13
I.2. Amir Temurning harbiy yurishlari………………………..…….………14 - 18
II.Bob. Amir Temurning qo’shinidagi o’ziga xoslik.
II.1. Amir Temurning qo’shin tuzilishi………………………………...……20 – 25
II.2.Amir Temurning jangdagi harakatlarda qo’llagan taktik qoidalari va harakatlari…………………………………………………….…….………..26 – 33
Xulosa……………………………………………………………………….33 – 34
Foydalanilgan adabiytlar……….………………………………………………35

Kirish
Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang,
Nasabi haqida gar surishtirsang.
Otadan otaga to Odam-ato,
Bori shohlik taxti uzra qo’ymish poy.
Sharafuddin Ali Yazdiy
Mavzuning dolzarbligi. Temurbek ibn Tarag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning go’zal shaharlaridan biri bo’lmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi. Temurbek yoshlik chog’idan harb ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori, amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) ma’lum darajada hissasi bor.
Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li-hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi1.
Temuriylar harbiy sanʼati — jahon gʻarbiy sanʼati rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qoʻshgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan gʻakli ravishda eʼtirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qushin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga gʻarbiy kuchlarni tezkorlik bilan yoʻllashga, mavjud toʻsiq va gʻovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qoʻshindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunar mandchilik, dehqonchilik bilan mashgʻul oʻtroq aholidan ham askar toʻplagan. Qoʻshinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan oshliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan boʻlib armiyaga oʻt sochar qurol — toʻp(raʼd)ni olib kirgan2. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va h.k.) keng yoyildi. Togʻli hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va boʻlinmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida 1boʻlib qoʻshinni jang maydonida anʼanaviy 5 boʻlakdan farqli ravishda 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik Toʻxtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan oʻzlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qoʻshinida ayollardan iborat boʻlinmalar boʻlib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini koʻrsatgan.

Download 62.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling