Ammir Temurning harbiy yurushlari Mudarija Kirish – 5
Download 62.73 Kb.
|
Ammir Temurning harbiy yurushlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi vazifa
Birinchi vazifa – O‘rta Osiyo hududini yagona markazlashgan davlatga
birlashtirish. Ikkinchi vazifa – Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdaning tormor etilishi bo‘lib, shundan keyin cho‘l davlati o‘zining avvalgi qudratini tiklay olmadi. Bu, o‘z navbatida, uning hokimiyatini rus knyazliklari ustidan kuchsizlanishiga va birlashgan Moskva Rusini mo‘g‘ullar zulmidan to‘lig‘icha ozod bo‘lishini tezlashtirdi. Uchinchi vazifa – Amir Temurning 1402 yilda Anqara yaqinida usmoniylar sultoni Boyazidning ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan bog‘liq. Usmoniylar davlati armiyasini tormor etib, Amir Temur shu bilan uni kichik davlatlarga bo‘lib tashladi. Bu davlatning yana yagona bir davlatga birlashishiga uzoq 50 yil talab qilindi. Mana shu yarim asrlik davr SHarqiy va Markaziy evropa xalqlari uchun juda muhim bo‘ldi. U usmoniylarning g‘arbga ekspansiyasini yarim asrga kechiktirdi. Mana shu vaqt mobaynida evropaning tarqoq davlatlari o‘z qudratlarini ancha mustahkamlab oldilar. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarning markaziymaydonlarida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), “Amir Temur” ordeni ta’si etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg’armasi tashkil qilindi (1995). Xulosa Shunday qilib, 1370-1407 yillar mobaynida, ya`ni 35 yil Samarqand taxtini boshqargan Sohibqiron Amir Temur Ko’ragoniy buyuk saltanatga asos soldi. U umri davomida 30 martadan ortiq harbiy yurishlar uyushtirdi va biror marta bo’lsada engilmadi, dunyodagi 27 mamlakatni egalladi. Amir Temur tuzgan salatanat sarxadlari janubda Arabiston yarim orollari va Hindiston erlaridan shimolga to Maskov knyazligiga qadar, sharqda Xitoy hududlaridan g’arbga tomon O’rta Er dengizi va Misr davlatlari erlarini ham o’z ichiga olgan hududlarga qadar cho’zilib ketgan. Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu-jadallarining oqibatlariga baho berar ekanmiz, shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning faoliayti qo’yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo’lida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo’lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliayti O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo’lida shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo’hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Amir Temur so’zlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo’lgan yerda qurol bilan harakat qilish noto’g’ridir. Urush boshlashdan avval dushman qo’shinlarining qurol ishlatish usullarini o’rganish, hujum va chekinish uchun qulay yo’llarni bilib olish, dushman qo’shinining ruhiyatiga hamda ularning hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga ta’sir etish vositalarini topish kerak. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zo’ravonlik, jabr-zulm kuchli bo’lsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday zo’ravon davlatga qarshi urush e’lon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining o’zi unga madadkor bo’ladi. Bosib olingan yerlarning kengayib borishi bilan Amir Temur qo’shinlari soni ham ortib boraverdi. Bosib olingan viloyatlardagi qurol ko’targan har bir kishi Amir Temur lashkariga qabul qilinar va amaliga qarab maosh olardi. Jasur jangchilarning farzandlariga ham nafaqa to’lanar, agarda ular jasorat ko’rsatsalar, yuqori mansablarga ko’tarilishlari ham mumkin edi.Dushman tomon qo’shinlari ham shu asosda xizmatga qabul qilinardilar. Download 62.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling