Amonboyev mahammadsidik


Bozor infratuzilmasi faoliyati uyg'unligini ta’minlash


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

5.4. Bozor infratuzilmasi faoliyati uyg'unligini ta’minlash 
va uni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyoti tajribasi shuni ko'rsatadiki, infratuzilma sohasi asosiy 
tarmoq va sohalarning to'laqonli faoliyat ko'rsatishlari uchun zarur
140


bo‘lgan shart-sharoitlar bilan ta’minlar ekan, ayni paytda mazkur 
sohaning o ‘zi ham «hayot kechirish» uchun m a’lum sharoitlar 
bo'lishini taqozo etadi. Shuningdek, bozor infratuzilmasi tarkibiy 
qismlarining zarur bo'lgan barcha ko'rinishlari ning tarkib topishi 
va talab darajasida xizmat ko'rsatishi uchun ushbu jarayonni 
m a’lum darajada davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish 
zarur bo'ladi.
O'zbekistonda bozor infratuzilmasini rivojlantirishning 
asosiy yo'nalishlari to'g'risida fikr yuritilar ekan, birinchi navbatda 
bu sohani davlat tomonidan qo'llab-quw atlash chora-tadbirlariga 
to'xtalish lozim. Zero, bu holat bozor infratuzilmasining iqtisodiy 
tabiatidan kelib chiqib, uni davlat tomonidan tartibga solishning 
obyektiv zarurligi umuman ishlab chiqarish infratuzilmasini 
rivojlantirishda davlat ishtirokining muhim omilga aylanishini 
taqozo etuvchi quyidagi qoidalar orqali izohlanadi:
—odatda ishlab chiqarish infratuzilmasi sohasidagi talab va 
taklifni tartibga solib turuvchi bozor mexanizmi tovarlar bozoridagi 
kabi juda samarali amal qilmaydi;
-ish lab chiqarish infratuzilmasi aksariyat obyektlari xizma­
tining narxlari moslashuvchan emas, shu boisdan ham ulami pasay- 
tirib, katta quvvatlardan foydalanishga erishib bo'lmaydi;
-ish lab chiqarish infratuzilmasi xizmatlari bozorining 
notekis tarkibiy tuzilishi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar bilan 
iste’molchilaming soni va miqdoriga nisbatan ana shunday tuzilish 
bozorda muvozanatni yuzaga keltirishni mushkullashtiradi. Faqat 
davlat aralashuvi bilan bozordagi muvozanat holatini ushlab turish 
mumkin;
-ish lab chiqarish infratuzilmasi, u ishlab chiqarishga 
nechog'li foyda bo'lishiga qarab rivojlanib boradi. Bu o'rinda 
rentabellik qoidasi boshqa bozorlardagi singari katta ahamiyatga 
ega emas. Mazkur qoidalar ko'pincha amaldagi chiqimlaming 
narxlardan ortib ketishiga olib keladi. Shuning uchun ham uni 
davlat ishtiroki bilangina amalga oshirish mumkin;
141


-ish lab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga kiruvchi 
ko'pgina tarmoqlar texnikaviy va iqtisodiy sabablarga ko'ra 
bozorning oligopoliya va monopoliya singari shakllaridagina 
ishlashi mumkin.
Ammo bozor va tadbirkorlik omillaridan foydalanilmay, 
infratuzilma obyektlariga faqat davlatning egalik qilishi kam 
samara berishi mumkin.
Agar bozor-raqobat omillaridan foydalanilsa, infratuzilma 
xizmatini takomillashtirish va investitsiyalar sifatini ko'tarish 
borasida katta imkoniyatlar ochiladi.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi tadbiriami amalga 
oshirish zarur:
—infratuzilmadan foydalanishning tijorat qoidalarini qo'llash;
- xususiy sektordagi firmalar tomonidan raqobatning 
rag'batlantirilishi;
- infratuzilma obyektlari faoliyatining zarur darajada tartibga 
solib turilishi;
- infratuzilma obyektlari xizmatidan foydalanuvchilar 
va boshqa manfaatdor shaxslaming rejalashtirish, infratuzilma 
xizmatlarini tashkil etish hamda shu xizmatlar ustidan nazorat 
o'matishdagi ishtirokini faollashtirish.
Bu chora-tadbirlar faqat siyosatni o'zgartirishnigina nazarda 
tutmay, balki infratuzilma ishi tizimini tubdan qayta tuzishni 
ham nazarda tutadi. Ilmiy manbalarda infratuzilma xizmatini 
takomillashtirish va bunday xizmat sifatini yaxshilashga, ulaming 
quw atini oshirishga qaratilgan o'zgarishlami amalga oshirishning 
to'rtta asosiy varianti ilgari suriladi:
1) davlat mulki va davlat tomonidan ishlatish;
2) davlat mulki va xususiy ishlatish;
3) xususiy mulk va xususiy ishlatish;
4) infratuzilma xizmatining hokimiyat mahalliy idoralari va 
foydalanuvchilar tomonidan uyushtirilishi.
Mamlakatimiz korxonalarining kooperatsion aloqalarini
142


kengaytirish bir necha vazifalami hal etish imkonini beradi (5.4.1- 
rasm).

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling