Turizm industriyasi va infratuzilmasi. Reja: Kirish
Download 44.82 Kb.
|
Turizm industriyasi va infratuzilmasi. Reja Kirish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar: Kirish
Turizm industriyasi va infratuzilmasi. Reja: Kirish Turizm industriyasi va infratuzilmasi. Reja: Kirish Turizm industriyasi, turizm infratuzilmasi tushunchalarining mohiyati va tarkibiy qismi. Turoperatorlar va turagentlar faoliyati. Turistlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish infratuzilmasi. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar: Kirish Soʻnggi yillarda turizm sohasi mamlakatimizda milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu borada sohani jadallik bilan rivojlantirishga qaratilgan 90 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 2021-yilning 15-mart holatiga koʻra, 90 ta xorijiy mamlakat uchun vizasiz rejim tatbiq etildi. 2018-yil 15-iyuldan elektron kirish vizalarini berish tizimi yoʻlga qoʻyildi va bu tizimdan 57 ta davlat fuqarolari foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. 2016-yilda 1,3 million nafar xorijiy davlat fuqarolari mamlakatimizga sayyoh sifatida tashrif buyurdi. Bu koʻrsatkich 2019-yilda 6,7 million nafarga yetdi. Tahlillarga koʻra, Oʻzbekistonga ziyorat maqsadida uzoq xorij davlatlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlarning sonida oʻsish kuzatilmoqda. Xususan, 2018-yilda uzoq xorij davlatlaridan 325 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan boʻlib, ularning 35 foizi, yaʼni 115 ming nafari musulmon sayyohlari hisoblanadi. 2020-yilda uzoq xorij mamlakatlaridan yurtimizga jami 83 ming nafar sayyohlar tashrif buyurgan boʻlib, bunda musulmon sayyohlarning soni 49 787 nafar (59 foiz) ni tashkil qildi. Mazkur tashriflar sonining ijobiy oʻsishi, oʻz navbatida, turizm xizmatlari eksportining ortishiga olib keldi. 2016-yilning koʻrsatkichlari bilan taqqoslanganda 2019-yilda turizm xizmatlarining eksporti 3 baravarga oshib, 2019-yilda 1,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash va muhofaza qilishga qaratilgan choralar natijasida, 2021-yilning 1-iyun holatiga turistik tashkilotlarning soni 2016-yilda 484 tadan 1 400 taga, joylashtirish vositalari 750 tadan 1 061taga (oilaviy mehmon uyi va xosteldan tashqari), oilaviy mehmon uylari 106 tadan (2018-yilda) 1 729 taga, xostellar esa 30 tadan 257 taga yetdi. Maʼlumotlarga koʻra, 2016-yilda 8,8 million nafar mahalliy sayyohlar sayohat qilgan. 2020-yilning 1-yanvar holatiga mahalliy tashriflar soni 14,7 millionga yetdi. Oʻrtacha ichki sayyohlar tashrif sonining yillik oʻsishi 18 foizni tashkil qilgan. Turizm infratuzilmasini tartibga keltirish, jumladan, turizm obyektlarida Wi-Fi nuqtalari va yoʻl koʻrsatkichlari tashkil qilinmoqda. 2020-yilda 1 480 ta yangi sanitariya-gigiyena shoxobchasi (SGSH) foydalanishga topshirildi. 2021-yilning 15-iyun holatiga koʻra, respublikadagi 4114 ta avtomobilga yoqilgʻi quyish stansiyalaridan 3491tasida SGSH tashkil qilindi va ularning SGSH bilan taʼminlanganlik darajasi 86,2 foizga yetdi. Sayyohlar uchun126 ta axborot markazlari barpo etildi, 440 ta yangi turizm obyektlari oʻrganilib, ushbu obyektlarning 250 tasi turizm marshrutlariga kiritildi. Oʻzbekiston «Nyu York Tayms» (AQSH) va «Gardian» (Buyuk Britaniya) nashrlarining reytinglarida Dunyoning turizm boʻyicha eng ommabop mamlakati, «Wegoplace» sayohatchilar portali tomonidan Dunyoning eng xavfsiz 5 mamlakatidan biri hamda «CrescentRating» (Singapur) va «Mastercard» tashkilotlari tomonidan Dunyoning ziyorat turizmi boʻyicha eng ommabop 10 mamlakatidan biri sifatida eʼtirof etildi. Ichki turizmni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi jadallashtiriladi, “Ichki turizm oyligi”, “Ichki turizm haftaligi”, “Ichki turizm kunlari” tashkillashtiriladi, “oilaviy sayohat taʼtili”tizimi orqali tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xodimlar sayohati tashkil qilinadi, avia va temiryoʻl chiptalari40 foizgacha subsidiyalanadi. Sayohatni ommalashtirish va sayohat qilishga qulaylik yaratish maqsadida 5 ta rasmiy bayram kunlarini (Mustaqillik kuni, Navroʻz umumxalq bayrami, Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlari)) nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar 3 kundankam boʻlmagan muddatga belgilandi. Mazkur chora-tadbirlar natijasida mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha (2019-yil yakuni boʻyicha — 2,6%) va 2026-yil yakuniga qadar xorijiy turistlar sonini 9 milliongacha yetkaziladi, shu jumladan, uzoq xorijdan — 2 million turist jalb qilinadi. Download 44.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling