Amonboyev mahammadsidik


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
- «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 
1997- yil 29- avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi «Ta’lim to‘g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 
qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning 
tahlili va ta’lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida 
tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, 
ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil 
ravishda mo'ljalni to 'g 'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, 
istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning 
yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgan.
Kapital qurilish 
- yangi qurilish, korxonalami kengaytirish, 
rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta 
jihozlash, asosiy vositalami mukammal ta ’mirlash, shu jumladan 
loyiha-qidiruv ishlarini bajarish.
Kapital qo‘yilmalar 
- quw atlam i takror ishlab chiqarish, 
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qurishga 
qaratilgan resurslar va jami ijtimoiy mehnatning qiymatini 
aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya. Davlat tomonidan (davlat 
buyurtmasi), turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar, 
banklar hamda xususiy shaxslar tomonidan ajratiladigan pul 
mablag'Iari kapital qo'yilmalaming manbalari bo'lishi mumkin. 
Kapital qo'yilmalar yangi korxonalar qurishga yoki amaldagi 
korxonalami qayta ta ’mirlashga yo'naltirilishi mumkin.
Kapital ta’mirlash 
- asosiy vositalami yirik ko'lam da butkul 
detal lari, qismlarini almashtirish bilan bog'liq qayta ta’mirlash 
tushuniladi.
Kapital xarajatlar-asosiy 
kapitalga kiritiladigan mablag'lar
167


va zaxiralaming o ‘sishi.
Kasanachilik 
- yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan 
shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki 
xizmat ko‘rsatish.
Kichik biznes 
- korxona ko‘lami, ishlab chiqarish hajmi, 
ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori va boshqa 
jihatlariga k o ‘ra imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi 
subyektlar. Mamlakatimizda kichik biznes subyektlari toifasiga 
yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar 
kiradi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling