tuzilmalaming mavjud bo‘lish sharti hisoblangan tarkibiy qismidir.
So‘zma-so‘z ifodalaganda, infratuzilma - bu iqtisodiy tizimning
asosi, poydevori, ichki tuzilmasi demakdir.
«Infratuzilma» atamasi lotincha«infra»-quyi, osti; «structu
re» - tuzilma, joylashuv so‘zlaridan paydo boMgan. «Infratuzilma»
atamasining keng qo‘llanilishiga qaramay, bu tushunchani turlicha
talqin qilish hollari uchrab turadi. Bir guruh olimlar infratuzilman-
ing funksiyasini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatishda deb
qarab, uni xizmat ko'rsatishning yaxlit tizimi sifatida belgilaydilar.
Bu fan bozor infratuzilmasining rivojlanish bosqichlari,
hozirgi zamon bozor infratuzilmasining aralash iqtisodiyot tizimi
sifatida, mamlakatlar va xalqlaming madaniylashgan, ijtimoiy-
adolatli jamiyat sari harakat bosqichi sifatida tushuntirilib, uning
o‘ziga xos xususiyatlari haqida chuqur bilimlar beruvchi fan
hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining amal qilishi masalalariga,
0 ‘zbekiston
bozor
infratuzilmasini
o‘rganishga,
milliy
iqtisodiyotdagi infratuzilmaning
jahon xo‘jaligiga qo‘shiIish
masalalariga katta ahamiyat beriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotda
infratuzilma
sohasi
tarkibiga kiruvchi tuzilmalardan foydalanish amalda ancha ilgari
boshlanganligiga qaramay, unga mukammal tizimga ega boMgan
mustaqil soha sifatida e’tibor qaratish nisbatan kech ro‘y berdi.
Zero, “infratuzilma” atamasi fanga kiritilishining aniq sanasi
ma’lum bo‘lmay, ko‘pchilik tadqiqotlarda ushbu tushuncha XX
asr 40-yillarining oxirida paydo bo‘lgan deyilsa, ba’zilarida esa
amerikalik iqtisodchi P.Rozenshteyn-Rodan tomonidan 1955-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |