sifatida shakllanmoqda. Shu bilan birga, bozor infratuzilmasi
nazariyasi fani menejment, marketing,biznes, tarmoqlar iqtisodiyoti
va boshqa shu kabi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog'liqlikda
o ‘rganiladi.
Boshqa iqtisodiy fanlarda fanning iqtisodiy qonuniyatlari,
modellari,uslublari va o‘rganishdagi o‘ziga xoslikka e ’tibor berilsa,
shu bilan birga bozor infratuzilmasi nazariyasi fani ulaming bozorga
moslashuvchanligi va infratuzilmalarining qanday amal qilishini va
rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni yoritishga e’tibor qaratadi.
1.2. B ozor infratuzilm asining m aqsadi, asosiy vazifa va
tam oyillari
Bozor infratuzilmasi infratuzilmaning nisbatan yangi turi
bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining rivojlanib
borishi bilan alohida bozorlarning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha
faoliyatning maxsus turini yaratish zaruriyati vujudga keladi.
Bozorning paydo bo‘lishi uning madaniylashgan ko‘rinishda
amal qilishini ta’minlovchi yangi tashkilotlar, muassasalaming
shakllanishini taqozo etadi.
Mustaqil tizim sifatidagi bozorga nisbatan olganda,
12
infratuzilma - bu tovar va xizmatlarning harakatini, oldi-sotdi
jarayoniga vosita bo‘lib xizmat qiluvchi tashkiliy-huquqiy
shakllaming yig‘indisi yoki bozorga xizmat ko‘rsatuvchi hamda
uning amal qilishining normal sharoitini ta’minlash bo‘yicha
ma’lum funksiyalami bajaruvchi muassasalar, tizimlar, xizmatlar,
korxonalaming majmuidir.
Infratuzilmaning quyida keltirilgan turli ko‘rinishlari va
ular faoliyati yo‘naltirilgan soha hamda tarmoqlar o‘rtasidagi
o‘zaro aloqalarni yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |