Amonboyev mahammadsidik


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

715
800
700
600
500
400
300
200
100
0
224
276
/
/
2007 
y.
2008 
y.
378
2009 
y.
2010 y.
5.3.1-rasm. Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion birja 
ishtirokchilari o‘sishi dinamikasi.
2011- yilda 200 ga yaqin oldin import qilingan mahsulot 
turlarini o ‘zlashtirish bo‘yicha kelishib olindi. Ulaming jum lasiga 
GM, MAN, SAM avtomobil oilalariga mansub yangi modellar 
uchun butlovchi qismlar, avtomobil motorlari, KLAAS traktorlari, 
diodli va lyuminetsent lampalar va yoritgichlar, fermer x o ‘jaliklari 
uchun chorvachilik majmualari uskunalari (xonachali batareyalar), 
terini qayta ishlash mahsulotlarining katta assortimenti, qurilish 
mollari mahsulotlari va boshqalar kiradi.
2010- 
yilda yarmarka ishida 51 ta xorijiy mamlakatdan 750 
nafar xorijiy kompaniya va tashkilot ishtirok etib, umumiy qiymati
134


2,7 mlrd. dollar hajmidagi eksport shartnomalari tuzildi. Bu 2009- 
yil ko‘rsatkichlaridan 20% ga ko‘pdir.
Yarmarka 
ishtirokchilari 
uchun 
mo‘ljallangan 
0 ‘zbekistonning 600 korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan 
6 mingdan ortiq mahsulot turlarini qamrab oigan “0 ‘zbekiston 
sanoat mahsulotlari” katalogi nashr qilindi.
Hozirga paytda Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion 
birja uzluksiz asosda faoliyat ko‘rsatib, u ikki bosqichda o‘tkaziladi. 
Yilning birinchi yarmiga to‘g ‘ri keladigan ilk bosqichda hududiy 
va sanoat yarmarkalari o ‘tkaziladi. Bu yarmarkalarda, odatda, 
joriy yil uchun shartnomalar va sanoat mahsulotlarining yangi 
turlarini o‘zlashtirish bo ‘yicha dastlabki kelishuvlar tuziladi. 
Ikkinchi bosqichda - Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion 
birja o ‘tkazilishi paytida, yuqorida qayd etilgan kelishuvlar 
mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga aylanadi va 
ishlab chiqaruvchilarning keyingi yil uchun buyurtmalari portfelini 
shakllantiradi. Bu tadbirlar oralig‘ida korxonalar yangi mahsulot 
turlarini ishlab chiqarish masalalarini hal qiladi, tajriba partiyalari 
tayyorlanadi va buyurtmachilar bilan kelishib olinadi,
mahsulotning texnik parametrlari talab qilinadigan sifat 
darajasiga olib chiqiladi. Shu bilan birga, aytib o ‘tish joizki, 
maydonlaming cheklanganligini hisobga oigan holda, ikkinchi 
bosqichda ishtirok etuvchi korxonalami tanlab olish nomzodlarning 
birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirokidan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion 
birja ishtirokchilari tasarrufida tadbirni muvaffaqiyatli o ‘tkazish 
uchun barcha sharoitlar, shu jumladan, “O'zekspomarkaz” milliy 
ko‘rgazma markazining xalqaro darajadagi 4 ta paviloni, ikkita 
atriumi, 4 ta ochiq maydonchasi, konferens-zallarga ega Xalqaro 
savdo markazi, mehmonxona majmuasi, jamoat ovqatlanish 
joylaridan iborat yaxlit infratuzilmasi mavjud. Xalqaro savdo 
yarmarkasi va kooperatsion birja doirasida tuzilgan shartnomalar
135


yarmarka Direksiyasi tomonidan ro ‘yxatga olinib, monitoring qilib 
boriladi. Bu shartomalaming qat’iy bajarilishi uchun qo‘shimcha 
kafolat sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, Xalqaro savdo 
yarmarkasi va kooperatsion birja doirasida asbob-uskunalar, 
butlovchi qismlar, qayta ishlangan xomashyo va materiallar 
sotib olish to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri shartnomalar asosida, qo‘shimcha 
tenderlarsiz amalga oshiriladi (12.11.2007- yildagi PF-3937). 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish 
maqsadida Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion birja 
Direktiyasi tomonidan 2011- yildagi Xalqaro savdo yarmarkasi 
va kooperatsion biijaga tayyorgarlik ko ‘rish uchun metodik 
tavsiyanomalar ishlab chiqildi va tarqatildi.
Ushbu materiallar o ‘z ichiga normativ-huquqiy baza, 
prezentatsiyalami tayyorlash va o ‘tkazish, ko‘rgazmalarda ishtirok 
etish va mahsulotni katalogga qo‘shish uchun turli formalami 
to‘ldirishdan tortib, korxonalar o ‘rtasida barqaror kooperatsion 
aloqalarni o ‘matish, bu jarayonga kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarini faol jalb qilishgacha boMgan tavsiyalami 
qamrab oldi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling