Birja savdosi va uning bitimlarining roli va mohiyati By Bekzodjon Rahmatov Birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovari savdolaridir


Download 3.93 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi3.93 Kb.
#1543166
Bog'liq
Birja savdosi va uning bitimlarining roli va mohiyati By Bekzodj-fayllar.org


Birja savdosi va uning bitimlarining roli va mohiyati By Bekzodjon Rahmatov Birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovari savdolaridir

Birja savdosi va uning bitimlarining roli va mohiyati
By Bekzodjon Rahmatov
Birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovari savdolaridir.
Birja savdolari birjada birja a’zolarining barchasiga ushbu savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda, markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda o‘tkaziladi.
Birja bitimi birja tomonidan ro‘yxatga olingan, birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi bo‘yicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdi shartnomasidir.

Birjada birja bitimlari shu jumladan:


  • Birja tovarlarining ularni kechiktirmasdan yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari (spot);

  • Birja tovarlarining ularni kechiktirib yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari (forvardlar);

  • Birja tovarini yetkazib berishni (yetkazib berish fyuchersi) yoki birja tovarini yetkazib bermagan holda bitim taraflari o‘rtasida pul hisob-kitoblari amalga oshirilishini (hisob-kitob fyuchersi) nazarda tutadigan, kelgusida bajarish majburiyati bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-sotdi bitimlari (fyucherslar);


Davomi bor...

Birjada birja bitimlari shu jumladan:


  • Birja tovarlarini yoki hosila moliyaviy vositalarni (derivativlarni) kelgusida sotib olish yoxud sotish huquqi bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-sotdi bitimlari (opsionlar);

  • Valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni muayyan muddat o‘tgach, avvaldan belgilangan valyuta kursi bo‘yicha amalga oshirish sharti bilan tuziladigan valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar (valyuta svoplari);

  • Qimmatli qog‘ozlarni muayyan muddat o‘tgach, avvaldan belgilangan narx bo‘yicha qayta sotib olish sharti bilan tuziladigan qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari (repo) tuzilishi mumkin.


Birja bitimi to‘g‘risidagi axborot (birja tovarining nomi, soni, kotirovkasi (narxi), birja bitimi tuzilgan sana bundan mustasno) uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin emas. Birja bitimi to‘g‘risidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, surishtiruv va tergov organlariga esa, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda taqdim etiladi
Birja bitimining mazmuni haqidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Birja bitimi to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga qonunchilikka muvofiq o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.
Birja bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish birja savdolari natijalari bo‘yicha yozma yoki elektron shaklda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarga doir birja bitimlarini yozma ravishda rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Birja bitimlari notarial tartibda tasdiqlanmaydi.
Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun qonunchilikka muvofiq boshqa shart-sharoitlarni ham yaratishi mumkin.
http://fayllar.org
Download 3.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling