Amonboyev mahammadsidik


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

Bank depozitlari 
— jismoniy va yuridik shaxslaming bank 
muassasalariga m a’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida 
qo'yilgan bo'sh pul mablag'Iari.
Banklarning kredit portfeli 
- tijorat banklari tomonidan 
berilgan kreditlaming umumiy jamlanmasi bo'lib, ular quyidagicha 
tasniflanadi: A. yaxshi; B. standart; C. substandard D. shubhali; 
E. umidsiz. Tijorat banklarining m a’lum vaqtga qadar ssuda 
hisobvaraqalarida qolgan pul mablag'Iari majmuasi (qoldig'i).
Bank-moliya tizimining barqarorligi 
- banklaming va 
boshqa moliya muassasalarining o 'z majburiyatlari yuzasidan 
talablarga to'la javob bera olishi. Bu likvidlilik kapitalning 
yetarliligi, aktivlar sifati, rentabellik ko'rsatkichlari orqali 
aniqlanadi.
B a n k ro t-x o 'jalik sudi tomonidan e ’tirof etilgan, qarzdoming 
pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini to 'la hajmda 
qondirishga yoki majburiy to'lovlar bo'yicha o'z majburiyatini
158


bajarishga qodir emasligi.
Barqarorlik 
— narsa va hodisalaming amal qilishi va 
rivojlanishdagi o‘ziga xos muayyanlik holati.
Biznes 
-foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va muhtojlikni 
qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
Birja 
- barqaror va aniq sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan 
ommaviy ishlab chiqarish tovarlari ulgurji savdosi yoki valyuta, 
ishchi kuchi va qimmatbaho qog'ozlar savdosi bo'yicha muntazam 
operatsiyaning tashkiliy shakli. «Birja» so'zi lotincha “bursa” -
«hamyon» m a’nosini anglatadi. Birjalar XVI asrda tijoratchilaming 
savdo operatsiyalarini o'tkazish uchun to'planuvchi maxsus joyi 
shaklida vujudga keldi. Dastlabki birja 1531- yili Antverpenda
keyingilari 
Londonda (1566- yil) va Nyu-Yorkda (1792- yil) 
tashkil topdi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling