Amonboyev mahammadsidik


— har bir bo‘g ‘inning ishida ixtisoslashuv va mehnat


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751


har bir bo‘g ‘inning ishida ixtisoslashuv va mehnat 
taqsimoti hisobiga erishiluvchi samaradorlik.
 
Aynan bozor in­
fratuzilmasi muassasalari tabiati uchun faoliyat yo'nalishlarining 
serqirraligi, yuqori darajadagi diversifikatsiya emas, balki ixtiso­
slashuv va mehnat taqsimoti tavsifli hisoblanadi. Bozor infratuz­
ilmasi asosiy soha uchun shug'ullanish noqulay yoki samarasiz 
bo'lgan «maydoncha»ni aniqlab, unga ixtisoslashuv orqali faoliyat 
ko'rsatishi asosiy qoida hisoblanadi;
- o ‘zini-o‘zi tartiblash.
 
Korxona belgilagan narx va uning 
chakana narxi o'rtasidagi farq hisobiga tashkil topuvchi, cheklangan 
daromadlar doirasida amal qilib, muntazam ravishda qayta mos- 
lashib turishga undovchi o'zini-o'zi tartiblash bozor infratuzilmas­
ining harakat mexanizmi hisoblanadi;
-ichki raqobatning mavjudligi
 
Iqtisodiyotning barcha jab- 
halari singari bozor infratuzilmasi sohasida ham uni kuchsizlantiru- 
vchi, taraqqiyotini sekinlashtiruvchi omil - yakkahukmronlik hi­
soblanadi. Shunga ko'ra, yakkahukmronlikning vujudga kelishi va 
rivojlanishiga qarshi kurashuvchi turli bo'g'inlar o'rtasidagi ichki 
raqobatning mavjudligi soha faoliyati samaradorligining asoslari- 
dan biri bo'lib xizmat qiladi.
20


Bozor infratuzilmasining iqtisodiy mohiyatini yanada 
chuqurroq ochib berish uning tarkibiy qismlarini aniqlash va 
rivojlanish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
1.3. Bozor infratuzilmasi nazariyasini o‘rganishdagi muhim
yondashuvlar
Yuqorida ta’kidlanganidek, bozor infratuzilmasi tarkibiy 
qismlarini turkumlarga ajratishda yana shu narsa m a’lum 
bo‘ladiki, ba’zi bir tuzilmalaming alohida bozor turlari bilan 
o ‘zaro aloqadorligi mavjud emas. Balki, ular barcha iqtisodiy 
munosabatlami, shu jumladan, bozor aloqalarini ham tartibga solib 
turadi yoki ulaming samarali amalga oshishi uchun ko'maklashadi. 
Jumladan, soliq idorasi, sug'urta muassasasining ba’zi turlari, 
bojxona, emissiya banki kabi tuzilmalar bevosita davlat tomonidan 
tashkil etilgan bo'lib, ular iqtisodiy faoliyatning zarur me’yor va 
tartiblarda olib borilishini ta ’minlashga xizmat qiladilar.
Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va 
rivojlanishi darajasi turli mamlakatlarda turlicha bo'lishi mumkin.
Bu esa:
-iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi;
-unda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning xususiyatlari;
-infratuzilma sohasining rivojlanishiga bo'lgan e ’tibor;
-davlat tomonidan qo'llab-quwatlashning mavjudligi kabi 
bir qator omillar ta ’siri ostida shakllanadi.
Shunga ko'ra, O'zbekistonda bozor infratuzilmasining 
rivojlanish xususiyatlarini o'rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotlarda bozor infratuzilmasini ta’riflashda, 
rivojlangan infratuzilmaga ega bo'lgan mamlakatlar tajribasini 
tahlil qilish va 0 ‘zbekistonning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga 
oigan holda quyidagi uslubiy yondashuvlar tavsiya etiladi:
- funksional;
- tarmoq;
- bozorlarga xizmat qilish;
21


-h u d u d iy faoliyati;
- mulk shakllari;
- rivojlanganlik darajasi.
Bozor infratuzilmasining funksional belgisi takror ishlab 
chiqarish jarayonining uzliksizligini ta ’minlashdagi rolini to‘liq 
ochib beradi, y a’ni: savdo vositachilik, moliya-kredit, iqtisodiy- 
axborot, iqtisodiy-huquqiy, tashqi iqtisodiy kabilami.
Tarmoq nuqtai nazaridan - savdo, ta ’minot, mahsulotni 
sotish, tayyorlov, moliyalash, kredit, sug‘urta, axborot-hisoblash, 
ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar va umumiy tijorat faoliyati bilan 
bogMiq boMgan infratuzilma.
Bozorlarga xizmat qilish belgisi bo‘yicha:
- turli bozorlarga xizmat qiluvchi universal xarakterga ega 
boMgan umumbozor infratuzilmasi (tijorat banklari, sug‘urta 
kompaniyalari, maslahat, auditorlik firmalari, axborot muassasalari 
va hokazolar);
- alohida bozorlarga xizmat qiluvchi infratuzilma (iste’mol 
bozori, ishlab chiqarish vositalari, moliya va ko‘chmas mulk 
bozorlari va hokazolar).
hududiy faoliyati bo‘yicha:
-xalqaro (xalqaro banklar, biijalar, sug‘urta kompaniyalari, chet 
el firmalari, vakolatxonalari, chet el banklari filiallari, tashqi savdo 
firmalari, bojxona tashkilotlari, xalqaro yarmarkalar va hokazolar);
- milliy ( 0 ‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Respublika fermer 
xo‘jaliklari uyushmasi, Tovar-xomashyo birjasi, Respublika fond 
biijasi, Agrobank va hokazo);
- hududlararo (hududiy tovar biijalari, hududlararo ulguiji savdo 
uyushmalari va hokazo);
- hududlar (viloyatlardagi ulguiji savdo, tijorat banklari, savdo 
uylari va hokazolar);
- shahar va tumanlardagi (ulguiji va kichik ulguiji, marketing, 
reklama firmalari, advokatlik idoralari, auditorlik firmalari va 
hokazolar).
22



Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling