subyektlariga investorlaming moliyaviy resurslarini jamlab, biznes
maqsadiga
ishlatishga, investorlarga mablag‘larini orttirishga,
davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Umuman olganda, moliya bozori investitsiyalarga muhtoj va
resurslarga ega bo ‘ lgan qatnashchilami bir-birlari bilan uchrashtirish
asosida moliyaviy aktivlar almashinuviga ko‘maklashadigan
mexanizm sifatida namoyon bo‘luvchi tizimdir.
Moliya bozori bir qator funksiyalami bajaradi. Ulami to‘rt
guruhga:
makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus (ixtisoslashgan)
va globallashtirish (meta, ya’ni xalqaro darajada moliyaviy
globallashtirish) funksiyalariga ajratish mumkin.
M akroiqtisodiy funksiya
jam g‘armalami investitsiyalarga
samarali transformatsiyasini ta’minlab berishdan iborat.
Umumbozor funksiyasi,
odatda,
har bir milliy bozorga
mansub. Maxsus funksiya esa uni boshqa turdagi bozorlardan
farqlaydi.
Umumbozor funksiyasiga quyidagilar kiradi:
- tijoratni rivojlantirish funksiyasi (bu funksiya bozor
qatnashchilarining o‘zaro raqobat
asosida daromad olishini
ta ’minlovchi funksiya);
- narx-navoni belgilash funksiyasi, ya’ni bozorda moliyaviy
instrumentlaming bozor narxlari (kurslari) shakllanishi va ta ’siri
jarayonini, ulami bozor konyunkturasiga bog‘liq tarzda uzluksiz
harakatini (o‘zgarishini) ta ’minlaydi (bozor
kurslari qanchalik
tez shakllanib barqarorlashsa, moliya bozorida bu instrumentlar
shunchalik samara bilan joy lashtiriladi va likvidliligi ta’minlanadi);
- axborot bilan ta ’minlash funksiyasi, ya’ni bozor savdo
obyektlari va savdo ishtirokchilari to ‘g ‘risidagi axborotni
shakllantiradi va o ‘z qatnashchilariga havola qiladi;
- tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi)
funksiya, ya’ni bozor o ‘zidagi
savdo va unda ishtirok etish,
qatnashchilar o ‘rtasidagi munosabatlar m e’yorlarini va nizolami
hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor yo‘nalishlami aniqlaydi,
40
nazorat organlarini
va tartiblarini belgilaydi, bozor qatnashchilari
tomonidan bu m e’yor va tartib-qoidalarga rioya qilinishini nazorat
qiladi va h.k.
Moliya bozorining
Do'stlaringiz bilan baham: