Amonboyev mahammadsidik


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

103


5.1.1-jadvaI
Qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatish 
huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan investitsiya 
muassasalari soni28
Faoliyat turi
yillar
1992-
1993
1994-
1995
1996-
1999
1998-
1999
2000
ham-
masi
Investitsiya
vositachilari
35
47
192
26
12
312
Investitsiya
maslahatchilari
-
1
26
8
10
45
Investitsiya
kompaniyalari
1
21
38
2
5
67
XIFlari
-
-
83
5
-
88
Investitsiya
fondlari
-
2
2
3
-
7
Boshqaruvchi
kompaniyalar
-
-
82
8
6
96
Hisob-kliring
kompaniyalari
-
-
1
2
-
3
Depozitariylar
-
3
10
11
11
35
Reestr yurituvchilar
-
-
28
35
1
64
Qimmatli
qog‘ozlaming nominal 
yurituvchilari
-
-
1
5
-
6
Birja faoliyati
-
-
2
-
-
2
Faoliyatning boshqa 
turlari
6
6
2
-
4
18
Faoliyatning 
aralash 
turlari
-
13
13
4
4
34
JAMI
42
93
480
101
53
777
28 
Узбекистан: десять лет по 
пути 
формирования рыночной экономики/ 
П од ред. А.Х.Хикматова.-Т.: «О ‘zbekiston», 2001, 212-Ь.
104


Shu bilan birga bozor infratuzilmasining asosiy bo‘g‘ini 
bo‘lgan fond bozorlarida banklaming qimmatli qog‘ozlarini sav­
do aylanmasi ham sezilarli darajada oshgan (5.1.2-rasm). Unga 
ko‘ra banklaming biijadagi qimmatli qog‘ozlar savdo aylanmasi 
birlamchi bozorga nisbatan sezilarli o‘sgan bo‘lib, 2007- yildagi 
67,6 foizdan 2011- yil 9 oylik natijalariga ko ‘ra 72,9 foizga yetgan. 
Birlamchi bozorlar qimmatli qog‘ozlaming umumiy emissiya salo­
hiyatini ko‘rsatsa, ikkilamchi bozorning shakllanishi iqtisodiyotda 
ulaming harakatini hamda nechog‘li likvidli ekanligini ifodalovchi 
ko‘rsatkich ham hisoblanadi. Respublikamizda bu borada, ya’ni ik­
kilamchi bozomi shakllantirish maqsadida qo‘shimcha chora-tad­
birlar izchil amalga oshirilmoqda.
2007 у 
2008y 
2009)' 
2010y. 
2011 yilning? oyi
3® quumatliqos'ozlamijoylastnridibirlamchi bozon 
a
muomaladagi quimiatli qotfozlar ikkilamchi bozori
5.1.2-rasm. Toshkent respublika fond birjasida ikkilamchi 
bozorning ulushi.
Umuman zamonaviy fond bozorining eng assosiy xususiyati 
hamda umumiy savdo hajmining ko ‘p qismini asosan listingga
105


kirgan korxona va kompaniyalaming qimmatli qog'ozlari tashkil 
etishi kerak. Listing - bu aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli 
qog‘ozlarining fond bozoriga kirishi uchun maxsus tartib hisoblanib, 
mazkur jarayon investorlarni fond bozorining holati, shuningdek, 
undagi ishonchli qimmatli qog‘oz!ar haqida axborot berish 
samaradorligini oshirish maqsadida yuritiladi. Listingdan o ‘tish 
aksiyadorlik jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur 
jamiyatning obro'sini hamda uning qimmatli qog‘ozlarining qadrini 
oshiradi. Listingga kirgan korxona kredit yoki zayomga ehtiyoj 
tug‘ilgan paytda banklar yoki boshqa moliyaviy institutlaming 
ishonchiga oson kira olishi mumkin. Bundan tashqari tashqi moliya 
bozoriga chiqish imkoniyatiga ham ega boMadi. Chunki, xorijiy 
kompaniyalar listing kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini afzal 
bilishadi. Chet el fond birjalari esa mahalliy fond biijasi listingida 
turgan emitentlaming qimmatli qog‘ozlarigagina joy berishadi.
Shu bilan ta’kidlash kerakki, aksiyadorlik jamiyatlarining 
barchasi ham birja listingiga kira olmaydi. Toshkent respublika fond 
birjasi listing talablari yetarlicha qat’iy hamda xalqaro standartlar 
darajasida o ‘matilgan. 0 ‘tgan yillar davomida birja listing 
talablaridan ayrim kompaniyalargina muvaffaqiyatli o ‘tishgan. 
2010- yilda Toshkent respublika fond birjasi listing ro‘yxatida 19 ta 
kompaniya qayd etilgan bo‘Isa 2011- yilda ulaming soni 100 taga 
etdi. Bunday kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarining fond bozorida 
paydo boMishi investorlar qiziqishini tobora kuchaytirmoqda.
Fond birjasining asosiy infratuzilmalaridan sanalgan listing 
jarayonidagi eng muhim jihat emitent faoliyatining samaradorligi, 
qadrlilik koeffitsienti, balans bo‘yicha qoplash darajasi, ustav 
kapitalidagi o'zgarishlar, qimmatli qog‘ozlar muomalasining 
koMami hamda davomiylik ko'rsatkichlari tahlili negizidagi 
qimmatli qog‘ozlarning ekspertizasi 
hisoblanadi. Qimmatli 
qog‘ozlaming bunday sinchkovlik asosida tanlab olinishi ulaming 
ishonchliligini ta ’minlaydi. Fond biijasi listingida joylashgan 
emitent ahborotlami ma’lum qilish bo‘yicha yuqori talablarga
106


rioya qilishi kerak boiadi. Emitent tomonidan axborotlaming 
oshkor qilinishi investorga aksiyadorlik jamiyati rivoji hamda 
uning qimmatli qog'ozlari sifatini baholash imkoniyatini beradi. 
Fond birjasi savdo qoidalariga binoan listing kompaniyalarining 
qimmatli qog'ozlari majburiy kotirovka qilinadi. Bu listingdagi 
qimmatli 
qog'ozlar 
savdosining 
tashkilotchilariga 
haqiqiy 
qiymatni aniqlanishni ta’minlovchi bahoni belgilashning bozor 
mexanizmini qo'llashga imkoniyat beradi. Bundan tashqari, 
qimmatli qog'ozlaming muomala jarayoni biija nazorati ostida 
o'tib, bu savdolaming suiiste’molchilik hamda qalloblikdan xoli 
bo'lishni ta ’minlaydi.
Fond bozori haqida gapirganda REPO birja operatsiyalarini 
ham aytish kerak bo'ladi. Hozirgi kunda bizning fond bozorimizda 
bunday imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti. REPO - bu 
birja operatsiyasi jarayoni, moliyaviy mablag'ga ehtiyojmand bir 
kompaniya o'z qimmatli qog'ozini boshqa bir kompaniyaga sotishi 
bilan belgilanadi. Bunda qimmatli qog'ozni sotib oigan kompaniya 
boshlang'ich narxidan ancha yuqori narxda qaytarib sotadi. Sotish 
va qayta sotib olish o'rtasidagi farq REPO bitimi bo'yicha foizni 
tashkil etadi. Umuman birinchi kompaniya o 'z qimmatli qog'ozini 
garovga qo'yib, qarz olgandek va yuqori narxda qaytib sotib olish 
hisobidan foiz to'lagan ikkinchi kompaniya esa kreditor sifatida 
namoyon bo'ladi.
REPO tizimi shunisi bilan qiziqki, ham kredit, ham nokredit 
tashkilotlariga kreditlash imkoniyatini taqdim etadi. Uning zayom 
oluvchi uchun afzalligi esa qarzni hech qanday rasmiyatchiliksiz 
olishida namoyon bo'ladi. Agar ushbu kredit banklardan olinadigan 
bo'lsa, tabiiyki, bir qator hujjatlar yig'ishga to 'g 'ri keladi. Bu 
boradagi barcha ovaragarchiliklar REPO bitimida umuman 
bo'lmaydi. Bunda zayom oluvchilar jismoniy yoki yuridik shaxs 
bo'lishi mumkinligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlami o'ziga 
jalb qilishi tabiiydir. Asosiy shart likvidli qimmatli qog'ozlarga 
egalik qilishdan iborat.
107


0 ‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimining 
rivojlanish tendensiyasi (mlrd. so‘m)

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling