Amondullayev Sanjar


Download 1.86 Mb.
Sana07.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1340789
Bog'liq
Amondullayev Sanjar.2

Amondullayev Sanjar

Zamonaviy Mehmonxonalarning Turlari


Zamonaviy mehmonxonalarning asosiy turlari.
«Yulduzli» otellar: mehmonxonalarning «yulduz»lari nimaga qarab beriladi?
Sayyohlik bo‘yicha tahlilchilarning birortasi ham sayyoramizda nechta mehmonxona borligini aniq aytib berolmaydi. Chunki ularning soni haddan ziyod ko‘p va ayni damda ham ko‘payishda davom etmoqda. Lekin hozir bu haqda yozmaymiz. Bugungi mavzu mehmonxonalarning «yulduz»lari haqida.
Dunyo bo‘yicha mehmonxonalar bir necha sinflarga bo‘linadi. Ularning orasida eng mashhurlari — «shvedcha kalit», «britancha toj», «hindcha ball» va nihoyat «yulduz»lar. Ularning ichida eng mashhuri, so‘zsiz, «yulduzli» otellardir. Ayniqsa, Yevropada bu jihatga yaxshigina e’tibor qaratishadi. Xo‘sh, mehmonxonalarning «yulduzlari» nimaga qarab beriladi? Besh yulduzli otel uchun qanday talablar mavjud?
Mehmonxonalar darajasini baholaydigan maxsus sertifikatga ega organlar bir necha talablarga qarab «yulduz»lar taqdim etishadi. Eng avvalo, taklif qilinayotgan qulaylik va xizmatlarning xilma-xilligiga e’tibor beriladi. Keyin esa xonalar hajmi va xizmat imkoniyatlari: restoran va barlar, sauna va cho‘milish havzalari, qo‘riqlanadigan avtoturargohlar va taksi chaqirish, xalqaro telefon va kuzatuv kameralari inobatga olinadi.
Shuningdek, mehmonxonalarning joylashuvi ham ularning «yulduzi»ga katta ta’sir ko‘rsatadi. Otellar shahar markazida yoki metro bekatiga yaqin yerda joylashishi maqsadga muvofiq. Yevropada esa, shaharning diqqatga sazovor joylariga yaqin joylashish mehmonxona «yulduz»iga ijobiy ta’sir qiluvchi asosiy omillardandir. Kurort otellari uchun talablar sal boshqacharoq: mehmonxona sohil bo‘yida joylashishi, o‘z sohiliga ega bo‘lishi, bepul krovat va soyabonlarning borligi ularning darajasini yaxshilaydi.
Xodimlarni baholash ham «yulduz» berishda alohida ahamiyatga ega. Masalan, bir yoki ikki yulduzli mehmonxona resepshenidagi xodim kamida bitta xorijiy tilni bilishi kerak. 4 yo 5 yulduzli otellarda esa 4 ta tilda bemalol gaplasha olish lozim.
Har bir «yulduz» uchun talablar bilan tanishib chiqsak.
* 1* — eng oddiy qulaylik. Joylashuvi unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Qoidaga ko‘ra, bunday mehmonxonalardagi nomerlar soni 10 tadan oshmaydi. Ovqatlari hisobga olinmaydi, lekin pulini to‘lasangiz, kamtarona nonushta olib kelishlari mumkin. Kechasi soat 1:00 dan keyin otelga kirish taqiqlanadi.
** 2*(sayyohlik klassi) — sayyohlar uchun uncha qimmat bo‘lmagan ekskursiya taklif qilinadi. Yevropa va amerikacha me’yorlarga ko‘ra, xonada hojatxona, hammom va televizor bo‘ladi, ammo TV pulti uchun alohida pul to‘lash lozim. Otelga kirish uchun cheklovlar yo‘q. Nonushtaga odatda kefir/yogurt, bulochka va qahva, sariyog‘, pishloq, murabbo, ba’zida sosiska va tuxum beriladi. Ayrimlarida restoran biror qavatning xollida joylashadi.
*** 3* — keng tarqalgan mehmonxona turlaridan biri. Hammomda sovun va shampun doimo topiladi, ba’zan fen ham. Telefon va televizor bor, ayrimlarida mini-bar va konditsioner. Amerikacha 3 yulduzli otel Yevropaning 4 yulduzlisiga deyarli teng hisoblanadi. Turkiya va Misrda esa xonada konditsioner bo‘lishi shart.
**** 4* — eng yuqori sifatga ega mehmonxona turlaridan sanaladi. Ushbu turdagi otellar shahar markazida yoki sohil bo‘yida joylashgan bo‘ladi. Shuningdek, qo‘riqlanadigan avtoturargoh, bepul trenajyor zallari, kort va hovuzlar, shou va diskotekalar ham uning darajasini aniqlab beradi. Xonada esa hojatxona-hammom (feni bilan), konditsioner, masofadan turib boshqariladigan rangli televizor, muzlatgich, mini-bar, mini-seyf hamda xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun telefon mavjudligi muhim hisoblanadi. Aslida bu turdagi mehmonxonalar 5 yulduzli otellardan deyarli farq qilmaydi, ammo xo‘jayinlar ortiqcha soliqlardan qochish uchun «yulduz» ketidan quvmaydilar.
***** 5* — barcha qulayliklari bor kichik shaharchaga o‘xshatish mumkin: yevropacha va milliy taomlarga ega bir nechta bar hamda restoranlar, tungi klublar, do‘konlar, sartaroshlik va kosmetika xonalari, maishiy texnika vositalari, fitnes-zal va biznes markazlar, cho‘milish havzalari xizmatingizda bo‘ladi. Xonalar bir yoki bir necha kishilar uchun mo‘ljallangan. Tadbirkorlar uchun «executive-suites» — ko‘ptarmoqli telefon aloqasi, kompyuter, faks xizmatlari va muzokaralar uchun alohida xona ham topiladi. Nomerda barcha sharoit muhayyo, bundan tashqari, hammomda jakuzi va dushxonalar ham mavjud. Mijozlarga ko‘p miqdorda kosmetika mahsulotlari va hammom xalati, xona uchun shippaklar taklif etiladi.

E’tiboringiz uchun Rahmat


Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling