Amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi


Download 16.51 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi16.51 Kb.
#1475309
  1   2
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi


Amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi.
Banklarda erdan boshqa barcha asosiy vositalar foydalanishning ma'lum bir muddatiga ega bo'ladilar. Bu asosiy vositalarning eskirish qiymati xizmati vaqti chegaralangan boʻlganligi uchun, jami foydali xizmat qilish muddati davrida bankning xarajatlarida eskirish ajratmalari turida taqsimlanishi kerak. Asosiy vositaning foydali xizmat qilish muddati 2 ta asosiy sabab bilan chegaralanadi: jismoniy eskirish (foydalanish natijasi, aktivdan foydalanish shuningdek tabiiy omillarning ta'siri). Asosiy vosita bo'yicha eskirish ajratmalari ularning foydalanishga topshirilgandan keyingi oyidan boshlab, to uni hisobdan chiqarish davrigacha davom etadi. Eskirish harajatlari foydali xizmat qilish davrida har oy muntazam ravishda aks ettiriladi.
Aktivning foydali xizmat qilish muddati bu aktivdan bank uchun taxmin qilingan foydani baholash orqali aniqlanadi. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning yillik me'yorlari O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasida belgilangan.
- Binolar, imoratlar va inshootlar - 5%
- Uzatuvchi qurilmalar - 8%
- Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar - 8%
- Faoliyat turlari bo'yicha ish mashinalari va uskunalar – 15%
- Harakatlanuvchan transport - 8-20%
- Kompyuter, periferiya qurilmalari - 20%
- Boshqa aktivlar 10-15%.
Aktivning foydali xizmat qilish muddati yillarda bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar hajmida, yurish ko'rsatgichida (agar avtomobil nazarda tutilgan bo'lsa) o'lchanishi mumkin. Aktivning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashda quyidagi omillarning barchasi hisobga olinishi lozim:

1)bank tomonidan aktivdan kutilayotgan foydalanish hajmi aktivning taxminiy quvvati yoki jismoniy unumdorligi bo'yicha baholanadi;


2) taxmin qilinayotgan jismoniy eskirish,
3)aktivning ma'naviy eskirishi ushbu aktiv turini ishlab chiqarish jarayonini oʻzgarishi yoki takomillashtirilishi natijasida aniqlanadi;
4)aktivdan foydalanishda yuridik yoki shunga o'xshash cheklashlar - bu aktivdan foydalanish yoki ijara muddatlarini cheklashdir.
Asosiy vositalarning foydali xizmat ko'rsatish muddatini uzaytirishga olib keladigan xarajatlarni, shuningdek, ushbu muddatni qisqartiradigan texnologik oʻzgarishlarni hisobga olgan holda, banklar tomonidarı foydali xizmat qilish muddati qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
Banklar hech bo'lmaganda har yilning oxirida asosiy vositalarning likvidatsiya qiymati va foydali xizmat qilish muddatini ko'rib chiqadi.
Asosiy vositaning foydali xizmat qilish muddati, uning dastlabki ko'rsatkichlarini yaxshilaydigan keyingi xarajatlar natijasida (kapital ta'mirlash, takomillashtirish va boshqa hollarda) uzaytirilishi mumkin. Va aksincha, texnologik o'zgarishlar yoki xizmat koʻrsatish bozoridagi o'zgarishlar aktivning foydali xizmat qilish muddatini qisqartirishi mumkin. Bunday hollarda foydali xizmat qilish muddati va shundan kelib chiqib, amortizatsiya me'yori joriy va kelgusi davrlar uchun hisob-kitob siyosati va buxgalteriya baholanishidagi oʻzgarishlar bo'yicha MHXS – 16 talablariga muvofiq toʻgʻrilanadi.
Ahamiyatga ega bo'lgan likvidatsiya qiymati aktivlarni sotib olish sanasiga yoki oldingi har qanday baholash sanasiga aniqlanadi. Likvidatsiya qiymati aktivning foydali xizmat qilish muddati oxirida likvidatsiya bo'yicha kutilayotgan xarajatlarga kamayishi kerak. Quyidagi omillar amortizatsiya (eskirish)ni aniqlashga ta'sir ko'rsatadi:
- boshlang'ich qiymat;
- likvidatsiya qiymati;
- taxmin qilingan foydali xizmat muddati;
- amortizatsiya (eskirish) hisoblash usuli.
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo'llash yo'li bilan hisoblanadi:
1) bir tekisda (to'g'ri chiziqli) hisoblash usuli;
2) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli,
3) tezlashtirilgan (jadallashtirilgan) usullar
a) yillar yig'indisi usuli (kumulyativ usul);
b) kamayadigan qoldiq usuli.
Asosiy vositalaring tegishli usullar boʻyicha amortizatsiya (eskirish) summalarini hisoblashni mos misollar asosida tushuntirishga xarakat qilamiz.
Qo'llanilayotgan amortizatsiya usuli bankka aktivdan kelayotgan iqtisodiy foydaning olinish jadvalini aks ettirishi lozim. Har xil turdagi aktivlarga har xil amortizatsiya hisoblash usullarini qo'llash mumkin. Bunda bir turdagi asosiy vositalarga faqat bitta tegishli usulni qo'llash lozim.
Eskirishni hisoblash bo'yicha tanlangan usul hisob siyosatidan kelib chiqib, belgilanishi va ketma-ket tartibda bir hisobot davridan keyingi hisobot davriga qoʻllanilishi hamda tanlangan usul yil davomida o'zgarmasligi lozim. Amortizatsiya usulini tanlashda foydalanilayotgan obyektning nimaga mo'ljallanganligidan va ushbu usulni mazkur obyektga nisbatan qoʻllashning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqish lozim.
Bir tekisda (to'g'ri chiziqli) hisoblash usuli doimiy eskirish (amortizatsiya) summasini asosiy vositalarning qiymatidan kelib chiqqan holda ulaming foydali xizmat qilish muddati davomida teng qismga taqsimlashdan iborat. Bunda, quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

Bu erda: YES - yillik eskirish summasi


AQ - aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati
AXQM - aktivning xizmat qilish muddati
EM- eskirish me'yori
OES oylik eskirish summasi.
Ushbu usul amortizatsiya faqat foydali xizmat qilish muddatiga bog'liqligi to'g'risidagi taxminga asoslangan

Download 16.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling