Аmplituda modulyatsiya modulyatorini tadqiq etish
Download 0.78 Mb.
|
3-amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir taktli diodli АM modulyator
Аmplituda modulyatsiya modulyatorini tadqiq etishАnalog tizimlar toʼgʼrisida gapirilganda ularning turli tizimlarini ustida toʼxtalish mumkin. Ularning ishlash tamoyillari analog signallarga asoslangan boʼladi. Ishov tartibi xam analog signallarning ishlov berish qonun qoida va usullariga asoslanadi. Quyida oʼzaro aralashtirilgan modulyatsalovchi va modulyatsiyalangan analog signallar tizimini koʼrib chiqamiz. АM signallar odatda yarim oʼtkazgich diod, tranzistor yoki elektron lampalardan NE sifatida foydalanilib modulyator sxemasi olinadi. Bir taktli diodli АM modulyatorDiod-(yunon. di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektr od) – bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodi asbob. Еlektrvakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor. Radiotexnika, еlektronika, еnergetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni almashlab ulashda ishlatiladi. Amplituda modulyatsiya (AM) a modulyatsiya elektron aloqada ishlatiladigan texnika, ko'pincha a bilan xabarlarni uzatish uchun radio tashuvchi to'lqin. Amplituda modulyatsiyada amplituda (signal kuchi) tashuvchisi to'lqinning signal signaliga mutanosib ravishda o'zgaradi, masalan audio signal. Ushbu uslub bilan qarama-qarshilik mavjud burchak modulyatsiyasi, unda yoki ning chastotasi tashuvchi to'lqin kabi o'zgarib turadi chastota modulyatsiyasi yoki uning bosqich, kabi o'zgarishlar modulyatsiyasi. Modulyator (radiotexnika va aloqada) — modulyasiyalovchi qurilma (qarang Modulyasiya). Asosan, elektr aloqa va radioeshittirishdagi uzatuvchi qurilmalarning tarkibiy kismi. M.da = 104— 1015 gs chastotali toʻlqinlar yoki garmonik tebranishlar axborot eltuvchi hisoblanadi. Garmonik tebranishlar yoki toʻlqinlarning qanday parametri oʻzgartirilishiga qarab, tebranishlar modu-lyasiyasi amplitudali, chastotali, fazali yoki aralash xillarga boʻlinadi. M.lar ham shunga yarasha har xil boʻladi. Har qanday M.ning asosiy kismi — boshqaruvchi element (tranzistor, elektron lampa, klistron va boshqalar); uning yordamida signal modulyasiyalanadigan tebranishlar yoki toʻlqinlarga taʼsir qiladi. Elektron lampalar — elektronlar oqimi maxsus elektrodlar (toʻrlar) yordamida boshqariladigan elektr vakuum asboblar; ikki, uch va koʻp elektrodli xillari bor. Ikki elektrodli oddiy Elektron lampalar — diod bir tomonlama oʻtkazuvchanlikka ega; undan detektor va kenotron sifatida foydalaniladi. Uch elektrodli Elektron lampalar — triodt boshqaruvchi toʻrning potensiali bir oz oʻzgarsa, anod tok kuchi anchagina oʻzgaradi. Koʻp elektrodli Elektron lampalar (mas, pentod) yordamida chastotasi bir necha oʻn MGs gacha boʻlgan elektr tebranishlar generatsiyalanadi (hosil qilinadi) hamda ularning kuchlanish va quvvati kuchaytiriladi. Elektron lampalar signallarni qabul qiluvchikuchaytiruvchi yoki tebranishlarni generatsiyalovchi (generatorliE.l.) turlarga boʻlinadi. Elektron lampalar radiotexnika, elektrotexnika, elektronikala, fan va texnikaning boshqa koʻp sohalarida qoʻllanadi. Tranzistorli amplituda modulyatori АM signallarni olishda tranzistorli modulyatorlar modulyatsiyalovchi signal aktiv elementlarning qaysi uchlari orasiga berilganiga qarab farqlanadilar. 1. Tashuvchi signal uω(t) va modulyatsiyalovchi signal um(t) bipolyar tranzistorning baza-emitter oraligʼiga berilgan boʼlsa, baza modulyatsiyasi deb ataladi. 2. Tashuvchi signal uω(t) baza-emitter oraligʼiga va modulyatsiyalovchi signal um(t) kollektor-emitter oraligʼiga berilgan boʼlsa kollektor modulyatori deb ataladi. 3. Tashuvchi signal uω(t) baza-emitter oraligʼiga, modulyatsiyalovchi signal bir vaqtning oʼzida baza-emitter va kollektor-emitter oraligʼiga berilsa bunday modulyator murakkab modulyatsiya turi hisoblanadi. Maydon tranzistorlari va elektron lampalardagi modulyatorlar ham yuqoridagilarga oʼxshash nomlanadilar. Masalan: zatvor orqali modulyatsiya, stok orqali modulyatsiya, boshqarish turi orqali modulyatsiya va anod orqali modulyatsiya. Misol tariqasida maydon tranzistoridan foydalanib АM signal olish jarayoni bilan tanishamiz. Maydon tranzistorli modulyatorning nisbatan soddalashtirilgan elektr sxemasi 6.6-rasmda keltirilgan. Birlamchi signal «x(t)» parametri kattaligining oʼzgarishi uzatilayotgan maʼlumotni bir xil tarzda aks ettiradi. Ushbu birlamchi signal parametrini taqdim etiluvchi parametr yoki axborot parametri deyiladi. Garmonik elektr signalning amplitudasi, chatotasi yoki fazasi; impulьslar davriy ketma-ketligining amplitudasi, davomiyligi yoki fazasi; kod kombinatsiyalarining tuzilishi va razryadi va b. bunday parametrlarga misol boʼla oladi. Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari (TKTT) tuzilishidagi birlamchi signal eltish obʼekti hisoblanadi, shuning uchun u uzatkichdan qabul qilgichga kanal orqali uzatilishi kerak. Telekommunikatsiya tizimlari signalni bir joydan boshqa joyga eltib qoʼyish texnikasini, telekommunikatsiya tarmoqlari esa oʼziga xos eltish tarmogʼini ifodalaydi. Shu sababli birlamchi signallarning parametrlari va tavsiflari bilan uzatish kanallarining xossalari oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarni oʼrnatish uchun birlamchi signallarning shunday parametrlari va tavsiflari olinadiki, ularni oʼlchash oson hamda ularga uzatilayotgan signallarning minimal buzilishlarini va maksimal mumkin boʼlgan himoyalanganligini taʼminlaydigan shartlarni aniqlash mumkin. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling