Voleybol o‘ynash texnikasini takomillashtirish metodologiyasi Mundarija: Kirish asosiy qism


Download 0.59 Mb.
bet1/11
Sana13.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1194567
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Voleybol o\'ynash texnikasini takomillashtirish metodologiyasi


Voleybol o‘ynash texnikasini takomillashtirish metodologiyasi
Mundarija:


Kirish………………………………………………………………………………3
ASOSIY QISM

    1. Voleybolda individual yoki yakka tartibda o’ynash texnikasini o‘rgatish…………………………………………………………………....7
    2. Voleybolda o‘yin texnikasi va taktikasini o‘rgatish metodologiyasi….11

    3. O‘yin vaqtida hujum, himoya va to‘pni uzatish taktikasini takomillashtirish metodologiyasi…………………………………….....20


Xulosa va takliflar……………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35







Kirish


O’zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to’g’risida”gi, “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo’yicha sportchilar zahirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari mamlakatimiz sportini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Shuningdek, sohada yosh va tajribali mutaxassislarni tayyorlash, ularning mamlakat, Osiyo hamda xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirokini ta’minlashda dasturilamal va huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Buning uchun kadrlar salohiyatini yanada oshirish, sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo’lgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, yangicha fikrlaydigan mutaxasis hamda murabbiylarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanish, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlari faoliyatini qiyosiy tahlil qilish lozim.Natijada so’ngi yillarda ushbu sohada to’planib qolgan muammolarni bartaraf etish orqali o’zbek sportining jahondagi nufuzini yanada oshirish, barcha aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlarning sog’lom turmush tarziga intilishlarini ta’minlash, ularni mardlik, sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga keng imkoniyatlar yaratiladi.
Mamlakatimiz qudratini belgilaydigan omillar ko’p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga etayotgan yuksak ma’naviyatli, jismoniy sog’lom, har tomonlama barkamol avloddir. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan yoshlar qo’lida.
Shahar va qishloqlarimizda bolalar sportini yanada rivojlantirish maqsadida o’nlab zamonaviy sport majmualari va stadionlar bunyod etildi.2011yilda manzilli qurilish dasturida bolalar sporti ob’ektlari, musiqa va san’at maktablari barpo etish, rekonstrukstiya qilish va kapital ta’mirlash bo’yicha belgilangan topshiriqlar to’la bajarilda.Sport yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib borayotgani, minglab yigit-qizlar sport bilan shug’ullanishni kundalik vazifasiga aylantirgani ularning jismoniy holatiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Jumladan 2017 yillarda mutlaq sog’lom bolalar mamlakat bo’yicha 96 gacha o’sdi, surunkali kasalliklarga chalingan bolalar soni esa keskin kamaydi.
O’g’il va qiz bolalarning o’rtacha bo’yi va vazni oshmoqda. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar orasida xizmatga loyiq deb topilganlar sezilarli darajada ortgani ham bu boradagi ishlarning amaliy natijasidir.Haqiqattan ham sog’lom avlod tarbiyasini keng jamoatchilikning ishtirokisiz amalga oshirib bo’lmaydi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling