Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif Mundarija Kirish Bob: Gidrologiyaga umumiy tarif
Bob: Amudaryoning gidrologik tavsifi
Download 1.1 Mb.
|
Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif 1
3.Bob: Amudaryoning gidrologik tavsifi
O‘rta Osiyoning yuza suvlari resurslari o‘lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog‘liq holda g‘oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Tog‘lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko‘pchilik daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qo‘shilmaydi. O‘lkamiz tog‘larida sertarmoq daryolar, kattakichik soy va jilg‘alar juda ko‘p. Tog‘larni o‘rab olgan tog‘oldi tekisliklarida ancha zich bo‘lgan sun’iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarakatrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya kanallaridan, ariqlardan va, shuningdek, zovur hamda kollektorlardan iborat. Tekisliklarda va ayniqsa, tog‘oldi tekisliklarida bug‘lanish jarayoni juda kuchli bo‘ladi. Chunki tog‘larda hosil bo‘lgan suvlar bu yerda sertarmoq irrigatsiya kanallari va ariqlari orqali keng dala maydonlariga yoyilib, ularning katta qismi bevosita suv yuzasidan, tuproq yuzasidan va o‘simliklar orqali atmosferaga bug‘lanadi. O‘rta Osiyo hududidan oqib o‘tuvchi daryolar suvlarining yillik zaxirasi 129,7 km3 ga teng bo‘lib, ularning daryolar havzalari bo‘yicha taqsimlanishi 27jadvalda keltirilgan. Orol havzasi va umuman, O‘rta Osiyoning eng yirik daryolari - Amudaryo va Sirdaryodir. Mazkur daryolar va ularning Norin, Qoradaryo, So‘x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Sheroboddaryo kabi yirik irmoqlari respublikamiz hududida o‘zlarining o‘rta va quyi oqimlari chegarasida oqadilar. Quyida o‘lkamizda mavjud bo‘lgan yuza suv resurslarining ana shu daryolar havzalari bo‘yicha qisqacha so‘z yuritiladi. O‘zbekistondagi yirik daryolarning suv zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham jadvalda keltirilgan. Bu jadval ma’lumotlaridan foydalanib va ularni tahlil qilib, Orol havzasining eng yirik daryolari Amudaryo, Sirdaryo hamda ularga quyuluvchi ayrim irmoqlar oqimining daryolar uzunligi bo‘yicha o‘zgarishini ham aniqlash mumkin. Umuman, O‘rta Osiyo daryolarining suv resurslari turli manbalarda turlicha baholangan (22.2jadval). Ular orasida O‘OGMITI (O‘rta Osiyo Gidrometeorologiya ilmiytadqiqot instituti) ma’lumotlari aniqligi bilan ajralib turadi. Chunki unda oxirgi yillardagi kuzatish ma’lumotlari ham hisobga olingan. Izoh: SMI–O‘zR FA Suv muammolari instituti, DGI – Davlat gidrologiya instituti (Rossiya), O‘zMU - O‘zbekiston Milliy universiteti. O‘OGMITI O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiytadqiqot instituti. Yuqoridagi kabi O‘rta Osiyo daryolari suv resurslarining ayrim mustaqil davlatlar hududlari bo‘yicha taqsimlanishi ham turli manbalarda turlicha miqdorda baholanadi (22.3jadval). Ushbu jadvaldagi O‘zbekistonga tegishli ma’lumotlarni 60yillarda V.L.Shuls tomonidan aniqlangan miqdor bilan solishtirsak, farqning uncha katta emasligiga ishonch hosil qilamiz. V.L.Shulsning baholashi bo‘yicha respublikaning yillik yuza suv resurslari 99,5 km3 ga teng bo‘lib, uning faqat 12,2 km3 qismi O‘zbekiston hududida hosil bo‘ladi. Izoh: 1 - «Suv resruslari to‘plami», 1967 - yil; 2 – M.I.Lvovich va boshqalar,1969 - yil; 3 – «Suv resurslari to‘plami», 1987 - yil. Hozirgi kunda yuqorida keltirilgan barcha ma’lumotlar, albatta, ma’lum aniqliklar kiritishni talab qiladi. Buning uchun daryolardagi suv miqdorini o‘lchash va kuzatish ishlarini amalga oshiradigan gidrologik stansiyalar ishini yanada takomillashtirish, aniqrog‘i, davr talabi darajasida tashkil etish lozim. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling