Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif Mundarija Kirish Bob: Gidrologiyaga umumiy tarif
Download 1.1 Mb.
|
Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Bob: Amudaryoning gidrologik tavsifi 3.1. Suv resurslarining sarflanishi 3.2. Amudaryo havzasining gidroenergetika resurslari Xulosa
Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif Mundarija Kirish 1.Bob: Gidrologiyaga umumiy tarif. 1.1. Gidrologiya fanining maqsadi va vazifalari. 2.Bob: Amudaryo daryosiga umumiy tarif. 2.1. Amudaryo tarixi. 2.2. Amudaryo geografiyasi. 3.Bob: Amudaryoning gidrologik tavsifi 3.1. Suv resurslarining sarflanishi 3.2. Amudaryo havzasining gidroenergetika resurslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Ma’lumki, insonning yashash tarzi, hayoti suv bilan bog‘liq. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Yer yuzidagi qadimiy manzilgohlardan tortib, toki hozirgi kundagi zamonaviy qishlog‘u yirik shaharlargacha, hammasi suv manbalari buloqlar, soylar, daryolar, ko‘llarga yaqin yoki bevosita ular bo‘yida joylashgan. Shu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, suv ilmi - gidrologiya qadimiy fanlardan hisoblanadi. Boshqa fanlar kabi gidrologiya ham o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, yangi eraning XVII asridayoq alohida fan sifatida e’tirof etilgan. Hozirgi kunda “Gidrologiya” keng qamrovli fan bo‘lib, gidrosferani, aniqrog‘i, uning tarkibiy qismlari okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, yer osti suvlarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda har bir tashkil etuvchining o‘zaro va atrof tabiiy muhit bilan ta’sirlashuvi natijasida ro‘y beradigan hodisalar qonuniyatlarini o‘rganadi. Kurs ishining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda, kurs ishining asosiy qismi daryolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Bu qismga tegishli mavzularda daryolar gidrologiyasiga oid asosiy tushunchalarni ta’riflashga, daryolar suv rejimi elementlarini kuzatish, o‘lchash hamda natijalarni qayta ishlash va umumlashtirishga, eng muhimi, to‘plangan gidrologik ma’lumotlarning ilmiy hamda amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Amudaryo havzasida Oʻrta Osiyoning qadimgi davlatlari paydo boʻlgan: daryoning ogʻzida — Xorazm, oʻrta va yuqori oqimida — Soʻgʻdiyona va Baqtriya. Oʻrta asrlarda va keyinchalik Amudaryo boʻylab Rossiyadan Xorazm va Buxoroga – Astraxan va Emba orqali, keyin esa Orol dengizi boʻylab savdo yoʻli oʻtgan. Amudaryo orqali Osiyo va Hindiston mamlakatlari bilan savdo qilishga qiziqish bildirgan Buyuk Pyotr I davrida Amudaryoning Orolga quyilishi bilan xaritalar chizilgan. Biroq, daryoni tizimli o'rganish faqat 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida boshlangan. Agar Amudaryoning quyoshda kuygan mana shu yerlari bo‘lmaganida, bu yerda qadimiy davlatlar zo‘rg‘a vujudga kelmasdi, hozir esa yuz minglab odamlar yashab, dehqonchilik mavjud bo‘lardi. 2018-yilning 6-iyun kuni Toshkentda o‘z ishini boshlagan Markaziy Osiyo ekologiya forumida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqishni faollashtirishni taklif qildi. Uning fikricha, global isish sharoitida mintaqada suv resurslariga bog‘liqlik faqat chuqurlashib boradi. “Sa’y-harakatlar, bilimlar, resurslar kooperatsiyasisiz mazkur tahdidga qarshi mos javobni ishlab chiqa olmaymiz”, dedi hukumat vakili. U Markaziy Osiyodagi qishloq xo‘jaligi yerlarining 90 foizidan ziyodi bugun sun’iy sug‘orishni talab etayotgani, mintaqa aholisining qariyb 80 foizi, ya’ni agrar sohada band bo‘lgan 55 milliondan ziyod inson hayoti suvdan foydalanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligini ta’kidladi. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, 2050 yilga kelib mintaqada aholi soni 90 million kishiga yetadi. Mazkur demografik o‘sish fonida suv tanqisligi 25-30 foizni tashkil etadi. Boz ustiga, sug‘orma yerlarda foydalaniladigan suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj 2020 yilga kelib 30 foiz ortadi. BMT ekspertlari hisob-kitobiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanishdan olinadigan iqtisodiy foyda mintaqaviy ichki yalpi mahsulotning 5 foizi yoki taxminan 20 milliard AQSH dollarini tashkil etishi mumkin. “O‘zbekiston mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda BMTning Amudaryo va Sirdaryo daryolari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyasini birgalikda ishlab chiqish hamda ma’qullash ishlarini faollashtirishni taklif etadi”, dedi N.Otajonov. Bosh vazir o‘rinbosari Orol halokati nafaqat bizning umumiy ekologik kulfatimiz, balki amaliy harakatlar talab etadigan juda jiddiy vazifa ekanligini qayd etdi. U Orol halokati bilan bog‘liq dolzarb muammolarni yechish yo‘lida Markaziy Osiyo mamlakatlari harakatlarini faollashtirish va xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligiga urg‘u berdi. Nodir Otajonov O‘zbekiston maishiy chiqindilarni dunyo standartlari asosida boshqarishning mutlaqo yangi strategiyasini qabul qilmoqchi ekanligini ham bildirdi. Bugun dunyo bo‘yicha plastikdan foydalanish hajmi 300 million tonnadan oshdi. Mazkur muammoga javoban O‘zbekiston rahbariyati chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ichki siyosatni to‘liq qayta ko‘rib chiqdi. Bunda hosil bo‘lishdan tortib to to‘liq utilizatsiya qilish hamda qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha zanjirlar bo‘yicha chiqindilarni boshqarishga integrallashgan yondashuv qabul qilindi. N.Otajonov mamlakatda maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish bo‘yicha klasterlar yaratilayotgani va tartibga solishning yangi iqtisodiy mexanizmlari joriy etilayotganini e’tirof etdi. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy etish, energiya tejamkor asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlab chiqarishni kengaytirsh va mahalliylashtirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishda yoqilg‘i-energetika muvozanatini diversifikatsiya qilish chora-tadbirlarini qat’iy kuchaytirmoqchi ekanligiga ham alohida urg‘u bergan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling