Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif Mundarija Kirish Bob: Gidrologiyaga umumiy tarif


Gidrologiya fanining maqsadi va vazifalari


Download 1.1 Mb.
bet3/9
Sana07.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1441103
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif 1

1.1. Gidrologiya fanining maqsadi va vazifalari.
Gidrografiya - ma’lum hududdagi suv obyektlari, jumladan, daryolar, ko‘llar, suv omborlari, muzliklar, botqoqliklar, ularning joylashish o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlarini shu joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Bir so‘z bilan aytganda, gidrografiya suv obyektlariga ularning gidrologik va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati nuqtai nazaridan yondashgan holda, yozma tavsif beradi. Gidrometriya - gidrologiyaning o‘lchov qismidir. Hozirgi kunda uning daryolar gidrometriyasi, ko‘llar va suv omborlar gidrometriyasi, okean va dengizlar gidrometriyasi kabi alohida yo‘nalishlari shakllandi. Daryolar gidrometriyasi daryolarning gidrologik rejimi elementlarini, jumladan, suv sathi, suv sarfi, suvning oqish tezligi, suv yuzasi nishabligini o‘lchash, kuzatish usullarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Gidrologik hisoblashlar va gidrologik prognozlar (muhandislik gidrologiyasi) - suv obyektlarining, shu jumldan, daryolarning ham turli gidrologik ko‘rsatkichlarini hisoblash va prognozlash usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bu usullar suv havzalarining tabiiy holatini o‘zgartirish yoki, aniqrog‘i, ulardan foydalanish, shuningdek, daryolarda gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish, suv rejimi elementlarini prognozlashda qo‘llaniladi. Bizga ma’lumki, tabiiy suvlar - buloqlar, soylar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, yer osti suvlari geografik muhitning asosiy komponentlaridan hisoblanadi. Ma’lum bir hududda mavjud bo‘lgan barcha turdagi suvlar shu hududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri - suv resurslarini tashkil etadi. O‘tgan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, sayyoramizning ko‘p joylarida qishloq xo‘jaligi, sanoat, aholi iste’moli uchun daryolardan olinadigan suv miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. Ayni paytda, ularga qayta tashlanadigan oqava hamda chiqindi suvlarning ko‘lami ham shu darajaga yetdiki, daryolardagi suv hajmi va ularning sifati tabiiy holda tiklana olmayapti. Mazkur muammo tufayli “Daryolar gidrologiyasi” fani 8 oldida suv resurslari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli bo‘lgan quyidagi yangi vazifalar paydo bo‘ldi: 1) daryolar va ular quyiladigan suv obyektlari – ko‘llar, suv omborlari suv resurslarini miqdoran tejash va sifat jihatdan muhofaza qilish; 2) daryolar suv rejimining tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganish; 3) daryolar suv resurslarini hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash, shuningdek, ichimlik suv ta’mionti, irrigatsiya, melioratsiya, gidroenergetika kabi maqsadlarda amalga oshiriladigan suv xo‘jaligi tadbirlarini iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan asoslash uchun zarur bo‘lgan gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash va boshqalar. Shu tarzda o‘tgan XX asrning oxirgi choragida gidrologiyaning yangi yo‘nalishi - gidroekologiya alohida fan sifatida shakllandi.
Daryolar gidrologiyasining asosiy bo‘limlari sifatida: daryolar gidrografiyasi, daryo oqimi haqidagi ta’limot va o‘zan jarayonlari haqidagi ta’limotni qayd etish mumkin. Ma’lumki, daryolarni o‘rganishda foydalaniladigan eng muhim gidrologik kattaliklar va atamalarga daryolarning suv sathi, ulardagi suv, loyqa oqiziqlar va erigan moddalar oqimi miqdori, suvning oqish tezligi, 9 muzlash hodisalari, o‘zan jarayonlari va boshqalar kiradi. Mana shu kattaliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi nafaqat har bir daryo, balki birgina daryoning ayrim qismlari uchun ham o‘ziga xos bo‘lib, uning gidrologik rejimini ifodalaydi. Daryolar gidrologik rejimining shakllanishiga ta’sir etadigan asosiy tabiiy omillar orasida iqlim muhim ahamiyat kasb etadit. Shu o‘rinda iqlimshunos olim A.I.Voeykovning: “Daryolar - iqlimning mahsulidir”, (1884-yil) degan fikrini eslatib o‘tish o‘rinlidir. Daryolarning suv rejimiga, iqlimdan tashqari, ular suv to‘playdigan havzaning geologik tuzilishi, tuproq va o‘simlik qoplami, relyefi, o‘zan tarmoqlari, ularning shakli va boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham daryolarni o‘rganishda o‘zanda harakatlanayotgan suv oqimining holati bilan bir qatorda, uning havzasida kechadigan gidrometeorologik hodisalar va jarayonlarni ham tadqiq etish lozim. Ularga atmosfera yog‘inlari, ularning turlari, yer sirtiga tushish jadalligi, bir qismining tuproqqa shimilishi, bug‘lanishi, qolgan qismidangina yuza oqim hosil bo‘lishi va boshqa ko‘plab murakkab jarayonlar kiradi. Ko‘rinib turibdiki, “Daryolar gidrologiyasi” fanining vazifasi daryo havzasida uning iqlim sharoiti va boshqa tabiiy geografik omillar ta’sirida shakllangan oqimning daryo o‘zaniga quyilishi, o‘zanda suvning harakatlanishi va daryoning gidrologik rejimi qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Mana shu qonuniyatlarni bilish daryolar va ularning suv resurslaridan inson manfaatlari yo‘lida yanada samarali foydalanishga imkon beradi. Daryolar – Yer sayyorasidagidagi hayotning manbaidir.
Daryolar va ularning suvidan, avvalo, barcha tirik jonzotlarning, shu jumladan, insoniyatning ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda, ekin maydonlarini sug‘orishda, gidroenergetika, suv transporti va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Shu jihatdan qaraganda, daryolar – bebaho boylik manbaidir. Lekin daryolar ayrim hollarda ularda kuzatiladigan sel oqimlari va toshqinlar oqibatida, insoniyatga, uning hayot tarziga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadigan juda katta ofatlar, falokatlarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi holatlarni hisobga olsak, insoniyat daryolarni asrashi, tabiat in’om etgan ushbu boylikdan oqilona foydalanishi va, ayni paytda, ular keltirishi mumkin bo‘lgan turli xil ofat va falokatlardan o‘zini muhofaza qila bilishi ham zarur. Hozirgi kunda insoniyat daryolar suv resurslaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish bilangina cheklanib qolmayapti. Daryolar yer sirtida notekis taqsimlanganligi sababli mavjud bo‘lgan muammolarni suv omborlari 10 qurish, daryo oqimini boshqarish va uni hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash kabi tadbirlar buning yorqin misolidir. Bunday tadbirlar, ayniqsa, sobiq Ittifoq davrida keng tus olgan edi. Oqibati hisobga olinmay amalga oshirilgan ana shunday tadbirlar natijasida Amudaryo va Sirdaryoning gidrologik rejimi keskin o‘zgardi. Orol va Orolbo‘yi ekologik inqirozi yuza keldi. Bunday misollarni dunyo miqyosida ham ko‘plab keltirish mumkin. Kelajakda insonning daryolarda kechadigan gidrologik jarayonlarga ta’siri yanada kuchayib borishi aniq. Shu masalalar bilan bog‘liq holda, inson xo‘jalik faoliyatining daryolar gidrologik rejimiga, ularning suv va loyqa oqiziqlari oqimi miqdoriga, daryolar suvining tabiiy, kimyoviy va biologik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish “Daryolar gidrologiyasi” fanining hozirgi kundagi muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, daryolar suv resurslarining uzoq va o‘ta uzoq muddatli prognozlash usullarining nazariy asoslarini yanada takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling