Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif Mundarija Kirish Bob: Gidrologiyaga umumiy tarif
Download 1.1 Mb.
|
Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif 1
3.1. Suv resurslarining sarflanishi
E.N.Minayevaning aniqlashicha, faqat Qoraqum kanalining o‘zidagina, uni 20 yil ekspluatatsiya qilish davomida, 21,7 km3 hajmdagi suv yer osti suvlari linzasi hosil bo‘lishiga sarf bo‘lgan. Xuddi shu ko‘rinishdagi sarflanish AmuBuxoro kanali zonasida 2,4 km3 ni, Sirdaryo havzasida esa 8 km3 ni tashkil etdi. Umuman, hisobga olinmagan antropogen omillar ta’siridagi yo‘qotish DGI ma’lumotiga ko‘ra 70yillarda Sirdaryo va Amudaryo havzasida, mos ravishda, yiliga 4,3 km3 va 15,5 km3 ga teng bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, suv resurslarining samarasiz sarflanishi ham juda katta. F.E.Rubinova ma’lumotlariga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: 20 yil (19601980 yillar) davomida irrigatsiya maqsadlarida sarflangan umumiy suv miqdori Sirdaryo havzasida yiliga 14,2 km3 dan 26,1 km3 yetgan bo‘lsa, Amudaryo havzasida 15,6 km3 dan 34,2 km3 ga ortdi, boshqacha qilib aytganda, har 1000 gektar yer hisobiga Sirdaryo havzasida 19,4 mln.m3 ni, Amudaryo havzasida esa 20,5 mln.m3 ni tashkil etdi. Hozirgi kunda ham asosiy ekin turi hisoblangan har gektar paxta maydonini sug‘orish uchun bir mavsumda o‘rtacha 810 ming m3 suv me’yor sifatida qabul qilinishini hisobga olsak, yuqoridagi raqamlar undan ikki marta katta ekanligini ko‘ramiz. Bu esa o‘lkamiz suv boyliklaridan samarali foydalanishning asosiy rezervidir. Amudaryo havzasida esa turli sug‘orish massivlarida 19611980 - yillar mobaynida qaytarma suvlar umumiy olingan suvning 19,2 foizidan 62,6 foizigacha o‘zgarib turdi. 70yillarning oxiriga kelib qaytarma suvlarning potensial qiymati Amudaryo havzasida yiliga 24,1 km3 ni (sug‘orishga olingan suvning 49,3 foizi), Sirdaryo havzasida esa 15,8 km3 ni tashkil etdi. Afsuski, qaytarma suvlarning juda katta qismi tabiiy botiqlarga oqiziladi, natijada, ular Sirdaryo va Amudaryoga kelib qo‘shilmaydi. Daryo suvi minerallashuvining ortishi Surxondaryoda 60yillardan, Amudaryo va Zarafshonda 60yillarning oxiridan sezilarli bo‘la boshladi. 70yillarning boshlarida Zarafshon va Surxondaryoning quyi qismida ularning oqim hosil bo‘ladigan oblastiga nisbatan minerallashuvi 2,93,9 marta o‘sdi. Keyingi yillarda daryolar suvining minerallashuvi ularning quyilishi tomon borgan sari ortib bormoqda. E.I.Chembarisov va B.A.Baxritdinovlarning ma’lumotlariga ko‘ra 1979 - yilda Norin daryosida (Uchqo‘rg‘on yaqinida) minerallashuv darajasi 0,26 g/l dan 0,34 g/l gacha o‘zgarib turdi. Qoradaryoda esa 0,340,54 g/l oralig‘ida bo‘ldi. Xuddi shu yili Bekobod yaqinida 0,97 g/l dan 1,48 g/l gacha, Qizilo‘rda yaqinida 1,2 g/l dan 2,1 g/l gacha, Kazalinsk shahri yaqinida esa 2,57 g/l dan 3,0 g/l gacha o‘zgardi. Daryo suvi minerallashuv darajasining ortishi bilan ularda zaharli ionlar (magniy, natriy, kaliy, sulfat va xlorid) miqdori ham daryo uzunligi va vaqt bo‘yicha hamda yilning suvliligiga bog‘liq holda o‘zgarmoqda. Natijada ko‘pgina daryolar, jumladan Amudaryo suvidan ularning quyi qismida ichimlik suvlari sifatida foydalanish imkoniyati yo‘qoldi. Amudaryo havzasida esa oqim hosil bo‘lish oblastidan yiliga 20,9 mln. tonna yoki Sirdaryoga nisbatan 2,7 marta ko‘p erigan tuzlar olib chiqib ketiladi. Albatta, bu qiymatlar daryoning suvliligiga bog‘liq holda yillararo o‘zgarib turadi. Yuqorida daryo suvining minerallashuv darajasi uning quyi qismiga qarab orta borishi qayd etildi. Tuz oqimi esa daryo suvi kamayishiga mos ravishda kamayib boradi. Masalan, Sirdaryo (TyumenAriqda) tuz oqimi miqdori uning yuqori qismiga nisbatan 1,7 marta ko‘p bo‘lsa, Kazalinsk shahri yaqinida 1,1 martaga tushib qoladi. Yoki Amudaryoda Kerki yaqinida yuqori qismiga nisbatan 1,4 marta ko‘p bo‘lsa, uning quyi qismida esa boshlang‘ich qiymatga nisbatan 90 foizni tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda respublikamizda eng dolzarb masalalardan biri suvni sifat jihatdan muhofaza qilishdir. Bu muammoni hal etishda ko‘pchilik olimlar qaytarma va oqava suvlarni tozalashni asosiy yo‘l deb qaramoqdalar. Lekin bu yo‘l juda murakkab bo‘lib, qimmatga tushadi. Ikkinchidan, eng takomillashgan sun’iy tozalash inshootlari ham suvni to‘la tozalashga imkon bermaydi. Suvni 8090 foiz tozalash yetarli darajada takomillashgan deb qabul qilinadi. Bu holda 1020 foiz o‘ta chidamli ifloslantiruvchi moddalar yana suv tarkibida qoladi. Ular daryo suvini ifloslantiradi. Demak, sun’iy tozalash asosiy masalani hal qilishning yordamchi usullaridan biridir. Amudaryo – Oʻrta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb ataganlar. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi. Geografiyasi Amudaryo yuqori qismi Tojikiston va Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan chegarasidan oqadi, uzunligi 2540 km (Vahjir – Vohondaryo bilan birga), havzasining maydoni qariyb 465 ming km², shundan 227,3 ming km² suv toʻplaydigan togʻli qismiga toʻgʻri keladi. Amudaryo Afgʻonistonda Hindukush togʻlarining shimoliy yonbagʻridan 4950 m balandlikdagi muzlikdan boshlanadi; Vohondaryo Pomirdagi Zoʻrkoʻ chiqib keladigan Pomir daryosi bilan qoʻshilgandan keyin Panj deb ataladi. Panjga oʻngdan Gʻunt, Bartang, Yazgʻulom, Vanj, Qizilsuv irmoqlari kelib qoʻshiladi, nihoyat, eng yirik va sersuv irmogʻi – Vaxsh daryosi qoʻshilgandan soʻng Amudaryo nomini oladi; bu qismida unga yana chapdan Qunduzdaryo, oʻngdan Kofarnixon, Surxondaryo qoʻshiladi. Sheroboddaryo suvi esa Amudaryoga ahyon-ahyonda yetib boradi, undan gʻarbdagi Koʻhitangdaryo suvi ham yoʻl-yoʻlakay sugʻorishga sarf boʻladi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga yetguncha 1200 kmdan ziyod masofada boshqa irmoq qoʻshilmaydi. Zarafshon bilan Qashqadaryo esa Amudaryoning qadimgi irmoqlari boʻlib, ularning suvi butunlay sugʻorishga sarflanadi. Amudaryoning asosiy suv rejimi uning yuqori, togʻli qismida shakllanadi. Bu joyda Amudaryo tor, ba’zan chuqur va nishabi katta oʻzandan oqadi. Oʻzan oʻrta hisobda har bir kmga 4 mdan (ayrim joylarda esa 10 mdan ham koʻp) pasayib boradi. Shu tufayli daryo juda tez oqadi, oqimning tezligi 4–6 m³/sek. Daryo vodiysi ham tor, u Pomir togʻ sistemasiga kiruvchi tik koʻtarilgan qoyali togʻlarni aylanib oʻtadi. Togʻ oralaridan joʻshqin irmoqlar kelib qoʻshiladi. Vodiy eni 3–4 kmdan oshmaydi, ba’zi joylardagina uchraydigan qayirlar koʻpincha toʻqayzor. Qizilsuv, Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo quyiladigan joylarda daryo vodiysi kengaygan va bu yerlarda oqindi jinslardan tarkib topgan terrasalarda dehqonchilik qilinadi, ba’zan terrasalar qalin toʻqayzorlardan iborat.Amudaryo Surxondaryo qoʻshilgandan soʻng tekislikdan oqa boshlaydi va taxminan Karkidan Pitnakkacha boʻlgan oraliqni daryoning oʻrta oqimi deb hisoblash mumkin. Daryo tekislikka chiqqach, Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan oʻtib, Orol dengiziga quyiladi. Oʻrta qismida oʻzanning oʻrtacha kengligi 1500 m. Daryoning tekislikdan oquvchi qismida nishabi kam (har bir kmga 0,2–0,3 m). Daryo oqimining tezligi kattaligidan (2–3 m/sek) oʻzan va qirgʻoqlarini muttasil yemiradi, shu sababli oʻzan doimo oʻzgarib turadi. Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida, ayniqsa, Xorazm vohasi va Qoraqalpogʻistonda (Urganch, Ellikqal’a) qirgʻoqlarning oʻpirilish hodisasi – deygish kuzatiladi. Keyingi davrda daryo oʻzanining yuvilishi ham kuzatilmoqda. 1990-yillardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamoʻyin suv ombori orqali boshqarilgach, bu yerlarda deygish hodisasining ta’siri biroz pasaydi. Qishda daryoning yuqori oqimida asosan qirgʻoqqa yaqin joylari muzlab, shovush hosil boʻladi va qisqa muddat muz oqadi, Karki shahri yaqinida qish qattiq kelgan yillari esa 10–15 kun davomida daryo yoppasiga muzlaydi. Chorjoʻy shahri va undan quyida daryoning yoppasiga muzlashi undan ham uzoqroq davom etadi. Nukus shahridan quyida esa daryo deyarli toʻrt oy davomida butunlay muzlaydi. Erta bahorda ayniqsa, oʻzan keskin burilgan va tor joylarda muz tiqilib suv sathi keskin koʻtariladi va ba’zan toshqinga sabab boʻladi. Tekislikda Amudaryo vodiysining eni 10– 15 km boʻlib, ayrim joylarda 20–25 kmga yetadi. Vodiy kengaygan joyda uchta terrasa vujudga kelgan. Daryoning past togʻlar orasidan oʻtgan joylarida vodiyning eni 350–380 mdan oshmaydi. Pitnak yaqinida Tuyamoʻyin, oʻrta oqimida Duldulhatlagan va Eljik qisiqlari bor. Tekislik qismida daryoning har ikkala sohilida qumgildan tarkib topgan, eni 2–3 km keladigan qayirlar uchraydi. Amudaryoning quyi oqimi Pitnak yaqinidagi Tuyamoʻyin qisigʻidan to Orol dengiziga qadar boradi, quyi oqimining uzunligi 500 km, shundan 325 km Nukus bilan Orol dengizi oraligʻiga – daryoning hozirgi deltasiga toʻgʻri keladi. Amudaryo sersuv daryo, muzlik va qorlardan suv oladi, havzasida 1000 ga yaqin muzlik (shu jumladan, Yer kurrasidagi eng katta togʻ-vodiy muzligi – Fedchenko muzligi) bor. Suv yigʻish havzasida katta maydonlarni qor dalalari egallagan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling