Amudaryo deltasi Vikipediya, ochiq ensiklopediya Amudaryo deltasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
Sana21.12.2021
Hajmi1.66 Mb.
#182172
Bog'liq
Amudaryo deltasi



Amudaryo deltasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Amudaryo deltasi (Orol bo‘yi deltasi) – Janubiy Orol bo‘yidagi del-ta.  G‘arbda  Ustyurt  platosining  chinki,

shimolida  Orol  dengizining  1961  yil  gacha  bo‘lgan  qirg‘oq  chiziqlari,  sharqda  shimoli-g‘arbiy  Qizilqum,

Beltov balandligining g‘arbiy va janubi-g‘arbiy etaklari, Oqchadaryo deltasining shimoli-g‘arbiy chek-kalari,

janubi-sharqda Qizilqum, janubida Sariqamish bo‘yi deltasiga tutash. Maz-kur chegaradagi Amudaryo deltasi

maydoni  19  ming  km².  Daryoning  quyi  qismi  2  qadimgi  va  bir  hozirgi  deltadan  iborat.  Daryoning  qadimgi

deltalarida  chap  sohilda  Xorazm  vohasi  va  o‘ng  sohilda  Beruniy-To‘rtko‘l  vohasi  vujudga  kelgan.  Bu

vohalarda  O‘zbekistonning  Xorazm  viloyati,  Qoraqalpog‘iston  Re-spublikasining  To‘rtko‘l,  Ellikqal’a  va

Beruniy  tumanlari,  Turkmanistonning  Toshhovuz  shahri  atrofidagi  tumanlar  joy-lashgan.Amudaryoning

hozirgi  deltasida  Ali-ovul  qishlog‘idan  shimolida  daryo  ikki  qismga:  chap  sohilda  Qipchokdaryo  va  o‘ng

sohilda  Oqlaryo  tarmoqlariga  bo‘linadi.  Oqlaryo  asosiy  o‘zan  hisoblanadi  va  suvning  asosiy  qismi  ushbu

o‘zanda oqadi. Qipchoqlaryo Porlatov qishlog‘i yaqinida yana Oqlaryoga tutashadi.Daryoning hozirgi deltasi

esa  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  hududida  qumgil  oqindilaridan  tarkib  topgan  pasttekislik  bo‘lib,  daryo

bo‘yidagi Ta-xiatosh shahri yonidan boshlanadi. Rele-fi shimoliga qiya. Bosh qismi (Nukus shahri yaqinida,

mutlaq balandligi 73 m)dan Orol dengizining eski qirg‘oq chizig‘iga qadar (mutlaq balandligi 53 m) 200 km

masofada 20 m ga pasayadi. Amudaryo deltasi sathi qadimda va hozirda mavjud bo‘lgan daryo o‘zanlari va

ko‘l  botiqlari  bilan  parchalangan.  Deltaning  allyuvial  yotqiziqlari  (qalinligi  142  m  gacha)  yuqori  bo‘r  va

paleogen-neogenning tub jinslari ustida vujudga kel-gan. Mayda zarrali qumning qumoq hamda qumloq bilan

aralashmasi  keng  tarqalgan  (qayir  yotqiziqlari),  baland  qismlarida  qum  yoki  qumloq  ko‘proq.Amudaryo

deltasida  Beltov,  Qushxonatov,  Ki-ziljar,  Muynoqtov,  Porlatov,  Itkir,  Xo‘jayli  va  boshqa  qoldiq  tog‘lar

mavjud.  Amudaryo  deltasining  iqlimi  keskin  kontinental.  Qishi  sovuq  va  bulutsiz.  Yanvarning  o‘rtacha

temperaturasi janubida – 6,9° (Nukus)dan shimolida – 7,4° (Mo‘ynoq) gacha pasayadi. Yozi issiq va quruq.

Iyulning  o‘rtacha  temperaturasi  27,G  (Nukus)dan  26,3°  (Mo‘ynoq)  gacha  o‘zgaradi.  Yillik  yog‘in  kam

(Taxiatoshda  79  mm,  Mo‘ynoqda  105  mm),  asosan  qish  va  bahorda  yog‘adi.  Yil  davomida  shimoli-sharqiy

shamollar esadi. Orol dengizi va deltadagi daryo va ko‘llarning qurib borayotganligi tufayli havo temperaturasi

yezda odatdagidan 2 – 3°ga ortgan, qish ham 451sovuqroq, shamol harakati kuchaymoqda, havoning nisbiy

namligi  kamaymoqda.Orol  bo‘yida  1961  yildan  boshlangan  cho‘llashish  jarayoni  natijasida  Amudaryo

deltasida  tub  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lmoqda.  Orol  sathining  tezlik  bilan  pasayishi,  daryo  suvi  sho‘rligining

ortishi va unda tur-li kimyoviy moddalar va boshqalarning mavjud-ligi, suv tanqisligi, Orolning qurigan qismi

(Orolqum)dan  tuzli  changlarning  havoga  ko‘tarilishi  cho‘llashishni  tezlashtirmoqda.  Deltada  suv  tarti-bining

buzilishi  oqibatida  grunt  suvlarining  sathi  barcha  joylarda  keskin  pasaydi  (0  –  0,5  mdan  5  –10  m  gacha,

pastqamliklarda  –  1,3  m,  minerallashuv  darajasi  ayrim  joylarda  30  –  50  g/l  va  undan  ko‘p).Amudaryo

oqimining  deltada  tartibga  solinishi  tufayli  ko‘plab  o‘zanlar  (Katta  Jonsiz  va  Kichik  Jonsiz,  Er-kindaryo,

Ko‘hnadaryo,  Madalio‘zak,  Priyemo‘zak,  Oqboshli,  Injenero‘zak  va  boshqalar)  quridi.  Suv  faqat  Oqlaryo

orqali  dengizga  quyilmoqda.  Qipchoqlaryoda  vaqt-vaqti  bilan  suv  oqmoqda.  Ravshanda-ryo  va  Toldiqlaryo

o‘zanlari kanalga ay-lantiriddi. 100 ga yaqin ko‘l quridi, hozirda faqat Sudoche ko‘li, Moshanko‘l, Xo‘jako‘l,

Qorateren ko‘li, Keusir ko‘lida suv mavjud, minerallashuv darajasi 3 – 5 g/ldan 30 – 45 g/l gacha (Sudoche

ko‘lida).Deltada  grunt  suvlarining  bug‘lanishga  sarf  bo‘lishi  oqibatida  tuproqning  sho‘rlanishi  ortib  avval-gi

qayirli allyuvial, o‘tloqi, botqoq, botqoq-o‘tloqi tuproqlar o‘rnida o‘tloqi, o‘tloqi-taqir, sho‘rxok (tipik o‘tloqi),

taqir cho‘l qum tuproqlari tar-kib topdi. Cho‘llashish jarayonida avval-gi qamishzorlar o‘rnini (760 ming ga)

endilikda  sho‘razor,  yulg‘unzor,  turli  kserofit  (qo‘shbarg,  yantoq,  oqbosh),  ga-lofitlar  (qorabaroq,  shohilak,

kermak  va  boshqalar)  egalladi.  Qa-mishli  to‘qayzorlar  faqat  suv  bilan  muntazam  ta’minlana-digan

pastqamliklarda  oz  maydonda  saqlanib  qolgan  (Sudoche  ko‘li  va  uning  shim.,  shimoli-sharqida,  Shege,

Ko‘kko‘l  havzalarida).  Daryo  o‘zanlari  yoqalaridagi  261  ming  ga  noyob  Amudaryo  to‘qayzorlari  (turang‘il,

tol, jiyda) asosan qurimoqda.Suv taqchilligi tufayli baliq ham keskin kamaydi. Faqat ayrim ko‘llardagina oz




miqdorda ovlanadi. Ondatrachilik deyarli tutatildi. Su-zuvchi qushlar, to‘qayzorlarda yashovchi parrandalar va

boshqa  juda  kamayib  ketdi.  Amudaryo  deltasi  –da  vujudga  kelgan  noqulay  eko-logik  sharoitni  yumshatish

chora-tad-birlari ko‘rilmoqda. Shamol eroziya-sining oldini olish uchun ihotazorlar bunyod etilmoqda, har yili

imkoni bo-richa pastqamliklarga Amudaryodan suv jamg‘arib olinmoqda. Amudaryo deltasining janubiy qismi

sug‘oriladigan dehqonchilikda foydalaniladi. Qariyb 400 ming ga yerda sholi, paxta, don, yem-xashak ekinlari

ekiladi. Quvonishjarma, Suenli, Ke-geyli kabi yirik irrigatsiya tizimlari, Bosh chap sohil va boshqa magistral

kollektorlar mavjud. Amudaryo suvining sho‘rligi, tuproq sho‘rligini kamaytirish samara-dorligining nihoyatda

pastligi,  barcha  yerlar  zovurlar  bilan  to‘liq  ta’minlan-maganligi  va  boshqa  sababli  sug‘oriladigan  yerlarning

meliorativ  ahvoli  juda  og‘ir,  tuproqlarning  turli  darajada  sho‘rlanganligi  tufayli  ekinzorlarning  hosildorligi

ancha past.

O

ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Bu maqolada boshqa til bo

ʻlimlariga ishorat yoʻq.



Siz ularni topib va ushbu maqolaga qo

ʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.



Ushbu maqolada O

ʻzbekiston milliy



ensiklopediyasi (2000-2005) ma

ʼlumotlaridan



foydalanilgan.

Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.

php?title=Amudaryo_deltasi&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Amudaryo_deltasi&oldid=2021391" dan olindi 



Bu sahifa oxirgi marta 7-Sentabr 2018, 21:24 da tahrir qilingan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo

ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha

shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).



Adabiyotlar

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling