Amudaryo tumani 16-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilot bayonnoma №3
Download 17.11 Kb.
|
korrupsiya bayonnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengash qaror qiladi
AMUDARYO tumani 16-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilot BAYONNOMA №3 09.12.2022 yil Choykul OFY Kengash raisi: N.Jumaniyazova Kengash kotibi: S.Artiqova Kengashda tashkil etilgan barcha pedagog xodimlar qatnashdi. Kun tartibida: 9-dekabr Korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Mas’ul: DMTT direktori Eshitildi: MTT direktori N.Jumaniyazova kengashni ochiq deb e’lon qildi va kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi va ushbu masala yuzasidan quydagilarni bayon qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab"9 -dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" (International Day Against Corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda. 2003-yil 9-dekabr kuni Merida (Meksika) shahrida Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan. Bosh Assambleya rezolutsiyasida aytilishicha, bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili o‘rtacha 1 trillion dollar mablag‘ korrupsion maqsadlarda sarflanadi. Har yili dunyo iqtisodiyoti korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar miqdorida zarar ko‘radi. Ayni paytda butun dunyoda korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Har yili turli-tuman dasturlar, loyihalar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016-yilda ana shu maqsadda ISO Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilindi. “Transparency International” xalqaro tashkilotining 2021-yil uchun chiqargan Korrupsiya indeksidan ma’lum bo’lishicha, dunyo mamlakatlarining 86 foizi oxirgi 10 yilda korrupsiyaga qarshi kurashda biror ijobiy siljishga erishmagan. Korrupsiya chuqur ildiz otgan mamlakatlar ayni paytda inson huquqlarini poymol etishda ham yetakchi ekani qayd etilgan. Huquqlar poymol etilishi natijasida demokratiya zaiflashar ekan, mamlakatlarda avtoritarizm kuchayadi; bu esa korrupsiyaning yanada chuqur ildiz otishiga sabab bo’ladi, deyiladi xalqaro hisobotda. Korrupsiyaning global o’rtacha ko’rsatkichi 100 balli tizimda 43 ballni tashkil etgan. Jami davlatlarning uchdan ikki qismida bu raqam 50 dan past. Raqam qancha past bo’lsa, korrupsiya yanada keng tomir yozganini anglatadi. So’zga chiqdi tarbiyachi: N.Babajanova : Ish faoliyatida tarbiyachilarni, barcha ishchi xodimlarni korrupsiyaga yo’l qo’ymaslikka chaqirdi. Agar ish vaqtida korrupsion holatlar uchrab qolgudek bo’lsa tegishli ishonch telefonlariga telefon qilishga chaqirdi. Kengash qaror qiladi: Har bir ishchi xodim ish faoliyati davrida korrupsiya xolatlariga yo’l qo’ymasin. N. Jumaniyazovaning korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Kengash raisi: N. Jumaniyazova Kengash kotibi: S. Artiqova Download 17.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling