Amudaryo tumanida ertamiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizning har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yoshlarimizga barcha sohalarda yangi imkoniyatlarni yaratib berish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda


Download 13.5 Kb.
Sana27.12.2022
Hajmi13.5 Kb.
#1069740
Bog'liq
senator ma\'lumotlari


Amudaryo tumanida ertamiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizning har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yoshlarimizga barcha sohalarda yangi imkoniyatlarni yaratib berish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda tadbirkorlik sohasiga qaratilayotgan e’tibor hamda shart-sharoitlardan oqilona foydalangan holda yoshlarnni tadbirkorlik keng jalb qilish, ularni ish bilan ta’minlash bilan bugungi ko’zi undagi eng ustuvor vazifaga aylangan.
Shirin O’rinboyeva tumanimizdagi tashabbuskor yoshlardan biri bo’lib, o’zi yashayotgan Do’rman ovulidagi yoshlarning sport bilan shug’ullanishlari uchun xayrli ishga qo’l urdi. Ya’ni tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan Shirin O’rinboyening tashabbusi hamda sport maydonchasi qurish loyihasi “Yoshlar kelajagimiz” jamg’armasi tuman bo’limi tomonidan qo’llab-quvvatlandi hamda yosh tadbirkorga jamg’arma tomonidan 250 mln kredit mablag’i ajratildi. Tumanimizning Do’rman ovulida yosh tadbirkor tashabbusi bilan yangi sport maydonchasi bunyod etildi. Sport maydonchasini ochilish marosimi o’tkazilgan kunning o’zidayoq ovul yoshlaridan tuzilgan jamoalar ishtirokida sport musobaqalari boshlanib ketdi. Hozirda mazkur yangi sport maydonchasi ovul yoshlarining sport bilan muntazam shug’ullanishlri hamda sog’lom va barkamol avlod shakllanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
“Men ishga joylashdim” shiori doirasida ham tumanda yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali ko’plab yoshlarni ish bilan ta’minlayotgan yosh tadbirkorlar ham talaygina. Xususan, “Yoshlar kelajagimiz” jamg’armasi tuman bo’limi qo’llab-quvvatlashi evaziga Tamara Yusupovaning yangi tadbirkorlik loyihasi uchun 350 mln imtiyozli kredit ajratilgan. Natijada tikuvchilikka ixtisoslashgan yangi Tamara-Tekstil mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil qilindi. Ushbu jamiyat tashkil qilinishi bilan tumandagi 15 nafar yoshlar doimiy ish o’rniga joylashtirilib, bandligi ta’minlandi. Hozirda ushbu tikuvchilik sexida turli xildagi, mavsumga xos bo’lgan, sifatli kiyinlar ishlab chiqarilmoqda.
Download 13.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling