Amudaryo va surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
AMUDARYO VA SURXONDARYO VOHASI V–VII ASRLARDA. SHAHAR JOYLASHGAN O’RNI VA TUZILISHI HAQIDA XITOY MANBALARI
Download 52.99 Kb.
|
UZBANIZATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. AMUDARYO VA SURXONDARYO VOHASI ARABLAR ISTILOSI DAVRIDA. CHAG’ONIYON (SAG’ONIYON-BUDRACH). SOMONIYLAR DAVRIDA TERMIZ, REJALASHTIRISH, ASOSIY QURILISHLAR. ARAB MUALLIFLARI MA’LUMOTLARI.
- Taro Maetha
- Drmat
- Madinat ur-rijol
1. AMUDARYO VA SURXONDARYO VOHASI V–VII ASRLARDA. SHAHAR JOYLASHGAN O’RNI VA TUZILISHI HAQIDA XITOY MANBALARI.
Bu jarayon shaharlarda aholi sonining oʻsib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo boʻla boshladi. U.jarayonining rivojlanishi shaharlarning oʻsishi va shahar axrlisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy oʻsishi, shahar atrofi hududlarining maʼmuriy jihatdan shaharga qoʻshilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bogʻliqdir. Shaharlarning oʻsishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, yaʼni U. jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo boʻlib, katta shaharlarga qoʻshilib boradi va shaharlar aglomeratsiyassh hosil boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qoʻshilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda. U.ning asosiy koʻrsatkichi shaharliklar sonining oʻsishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmogʻining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, yaʼin U. jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmogʻining ortib borishiga olib kelmokda. 1950 y. dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960 y. bu koʻrsatkich 33,9% ni, 1970 y. 37,4%, 1980 y. 41,1%, 1990 y. 45,8% va 2000 y. 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmogʻi rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000 yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% boʻlgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda U. jarayoni dunyoning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha past. 2000 yilda shahar aholisining salmogʻi Afgʻoniston va Efiopiyada 11 — 14% ni, Miyer va Turkiyada 45% ni tashkil etdi. U.ning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi konsentratsiyalashuvining oʻsishi kuzatilmoqda. Bu jarayonda millioner (1 mln. va undan ortiq aholi yashaydigan) shaharlar alohida oʻrin egallaydi. 1900 yilda dunyo boʻyicha millioner shaharlar soni oʻnta boʻlgan boʻlsa, 21-asrga kelib bu koʻrsatkich 200 dan oshdi. Dunyoda aholisi 10 mln.dan ortiq yirik shaharlar [Mexiko (25 mln.), Tokio (20 mln.), Seul (13 mln.), Pekin (11 mln.), Parij, Qohira, BuenosAyres va London (10 mln.)] mavjud. Oʻzbekistonda U. jarayoni oʻz tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi oʻlkaning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda eng qad. shaharlar bilan birga 20-asrning 2yarmida vujudga kelgan shaharlar xam mavjud. 1913—80 yillarda Oʻzbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmogʻi oʻsdi. Oʻzbekistonda 120 ta shahar boʻlib, ularda 8249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha boʻlgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha boʻlgan oʻrta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha boʻlgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. 19-asrning oxiridan boshlab Oʻzbekistonda U. jarayoni rivojlanib kelmokda. Oʻzbekistonda keyingi yillarda U. koʻlamiga, asosan, shahar aholisining tabiiy oʻsish jarayoni kamayib borishi taʼsir etmokda. 1991 y. Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tabiiy oʻsish 19,9 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2002 yilda bu koʻrsatkich 10,8 kishini tashkil etdi. Ahamoniylar davriga kelib Baqtriya shaharsozligida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lgan edi. Temir qurollarining yoyildashi, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilikning takomillashuvi, manzilgohlar sonining ortishi, ularni maydonining kengayishi, yangi belgilar qo’shilgan holda tuzilishining murakkablashuvi aynan mana shu davrga xosdir. Baqtrada juda balandlikda qal’a qurilib, shaharni pastda qalin devor o’rab turgan. Shuningdek qal’a, akropolda ham mavjud edi. Mil.avv. I ming yillik o’rtalari Baqtriyada 4 qismli ko’rinishdan iborat turli tipdagi shaharlar mavjud edi. Ushbu tuzilish qal’a, shaharning o’zi, shaharoldi hududi qishloqlari va alohida qo’rg’onlardan iborat shahar atrofi qismlari edi. Baqtriya shaharlari mahalliy an’analar asosida shakllangan bo’lib, ushbu jarayonning ildizlari bevosita bronza davri bilan bog’lanadi1. O’tgan asrning 50–60- yillaridan boshlab mil.avv. IV – milodiy IV asrlar O’rta Osiyo tarixini o’rganish jarayonida “antik” va “antik davr” jumlalari muomalaga kirgan edi. Antik davr butun madaniy hayotida bo’lgani kabi shaharlar hayotining o’ziga xos tomonlari mahalliy va ellinistik, ayrim hollarda hind shaharsozlik an’analarining o’zaro uyg’unlashuvi bilan izohlanadi. Makedoniyalik Iskandarning yurishlari, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholiklarining paydo bo’lishi, keyinroq Qang’, Davan va Kushonlar davlati ham shaharlar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi2. Termiz shahri haqidagi manbalarda Aleksandr Makedonskiygacha shahar hududi atroflarida odamlar yashaganligi, Makedonskiy o’limidan so’ng esa ko’chmanchi qabilalar tomonidan shahar vayron etilganligi, salavkiylar shohi miloddan avvalgi III asrda hukmronlik qilgan Antiox I shaharni qayta tiklagani va unga o’zining nomini bergani hamda u “Oks bo’yidagi Antioxiya” deb atala boshlagani qayd etilgan. Xaritada ushbu shahar Antioxiya-Tarmita deb nomlangan3. Mil.avv. 140–130 yillarda Baqtriya hududiga yuechji ko’chmanchi qabilalar bostirib kirib, bu yerda Kushon davlatiga asos soldi. Kushonlar davrida dehqonchilikning rivojlanishi tufayli keng hududlar o’troq aholi tomonidan o’zlashtirildi. Ma’lumotlarga ko’ra, birgina Shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi)da 120 dan ziyod kushonlar davriga oid shahar va qishloqlar aniqlangan. Surxondaryo viloyatining Sho’rchi tumanidagi Dalvarzintepa yodgorligi Kushonlar davlatining birinchi poytaxti hisoblanadi. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Manbalarda miloddan avvalgi I asr oxiri – milodning boshlarida Shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa yirik shahar bo’lgani qayd etilmagan. Milodiy III asr oxiri – IV asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgach, Dalvarzintepa vayron qilinib, hayot faqat uning bir qismidagina, hozirgi qal’a, ya’ni shoh saroyi o’rnida saqlanib qoladi. Arablar bosqinidan keyin shahar butunlay vayron bo’ladi va hayot Dalvazintepadan 10 kilometr sharqda joylashgan Budrachtepaga ko’chadi. Kushon davri shaharlarining kelib chiqishi va shakllanish jarayonini Dalvarzintepa nisbatan yaxshi aks ettiradi. Mil.avv. I asrning ikkinchi yarmi – milodiy I asr boshlarida dastlabki markaz o’rnida qalinligi 7 metrli devor va handaq bilan o’rab olingan mustahkam qal’a shakllanib, mustahkamlangan manzilgoh shaharga aylanadi. Ushbu shahar aniq to’g’ri burchakli rejasi va mustahkam devorlari bilan ajralib turadi. Kushonlar davrida ushbu joy shaharga aylanadi4. Kushonlar davrida Baqtriyada yuzlab yangi shahar va qishloqlarga asos solindi, eski shaharlar esa gullab-yashnadi. Ulardan biri Termiz edi. Mazkur shahar kushonlar hukmronligi davrida gullab-yashnagan bo’lib, natijada shimoliy Baqtriyaning eng katta shaharlaridan biriga va uning poytaxtiga aylandi. Shahar tez sur’atlar bilan kengayib bordi. Hunarmandchilikning turli tarmoqlari, ayniqsa, kulolchilik metallsozlik, toshtaroshlik tez rivojlandi. Termizlik kulollar tayyorlagan ko’za, qadah, likopcha, tog’ora va boshqa ko’pgina uy-ro’zg’or buyumlari o’zining sifati, bejirim shakli va turli naqshlari bilan alohida ajralib turardi. Mazkur buyumlar faqatgina shahar aholisining ehtiyojini qondiribgina qolmay, ma’lum qismini boshqa shaharlardan va qishloqlardan kelgan odamlar ham xarid qilgan. Kushonlar davrida Termizda savdo-sotiq ham avj olib, u asosan, tovar-pul muomalasi orqali olib borilgan. Shaharning Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashganligi uni iqtisodiy va madaniy jihatdan yanada yuksalishiga zamin yaratgan edi. Termizning madaniy va ma’naviy hayotida buddizm alohida o’rin egallagan. Shaharga ushbu din ilk bor miloddan avvalgi I asrning oxiri – milodning boshlarida kirib kela boshlagan. Shahar aholisining kattagina qismi va shahar hokimi hamda zodagonlar ham buddaviylik dinini qabul qilib, uning har tomonlama rivojlanishiga homiylik ko’rsatgan edi. Ular buddaviylik ibodatxonalari bunyod etgan. Bunday markaziy ibodatxonalardan ikkitasi hozirda Qoratepa va Fayoztepa nomi bilan mashhur. Ushbu yodgorliklar shahar tashqarisida joylashgan bo’lib, Shimoliy Baqtriyaning eng katta ibodatxonalaridan biri edi5. Kushon podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyaning qadimgi shahar madaniyati ancha ravnaq topdi. Ushbu davrda Termiz shahrining iqtisodiy, madaniy jihatdan rivojlanganligini hunarmandchilik buyumlari, uy qurish sohasidagi me’morchilik san’ati, sug’orish inshootlari va ishlab chiqargan mahsulotlari orqali ham bilib olish mumkin. Mazkur davrda Termiz shahrining maydoni 350 gektardan iborat bo’lib, Dunyotepa va Chingiztepa xarobalari o’rnida joylashgan. Chingiztepa va Qoratepa oralig’ida Amudaryoga qurilgan chig’iriqlar yordamida shahar markaziga ichimlik suvi chiqarilgan. Suv chiqarilgach, Qoratepa ibodatxonasida maxsus hovuzlar yordamida suv tindirilib, keyin shahar tashqi devorining shimoliy tomoni bo’ylab qurilgan ariqcha orqali shaharga taqsimlangan. Milodiy II asrda podsho Kanishka Qoratepa yodgorligi o’rnida Budda ibodatxonasini qurdiradi. Mamlakatda qishloq jamoalari ancha kengayadi. Ushbu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud bo’lib, bulardan biri: Amudaryo bo’yidag’i Tarmita (Termiz) bo’lsa, ikkinchisi Chag’onrud (Surxondaryo) bo’yidagi Dalvarzintepa shaharlari edi. Mazkur shaharlar Kushonlar imperiyasining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida alohida o’ringa ega bo’lgan. Bundan tashqari, Kampirtepa, Zartepa va Hayitobodtepa kabi shaharlar ham mavjud bo’lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o’rab olingan edi6. Yuqorida ta’kidlanganidek, Kushonlar davrida Baqtriyada yuzlab shahar va qishloqlarga asos solindi.Ulardan biri Shimoliy Baqtriya hududida Oks (Amudaryo) bo’yidagi qadimiy shaharlardan biri Kampirtepa hisoblanadi. Kampirtepa milloddan avvalgi III asrda asos solingan shahar hisoblanadi. U Amudaryoning o’ng sohilida Termizdan 30 kilometr g’arbda va shu yo’nalishdagi Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Sho’rob qishlog’idan 1,5 kilometr masofada joylashgan. XV asr muarrixi Hofizi Abro’ asarida Kampirtepa Jayhun bo’yidagi “Pandaxeyon” nomi ostida tilga olinadi. Kampirtepa 2 qism, qal’a, undan g’arb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan o’ralgan qismlardan iborat. Devorining umumiy uzunligi g’arbdan sharqqa tomon 750 metr, shimoldan janubga tomon esa 250 metrni tashkil etadi. Qal’a mustahkamlangan va mustahkamlanmagan qismlardan tashkil topgan bo’lib, umumiy maydoni 4 gektardan iborat edi. Uning tuzilishi arki a’lo, arki a’lo oralig’i hududi, tashqi qal’a devori, turar-joy hamda turli maqsadda foydalanilgan binolardan iborat. Arki a’lo Amudaryo tomon qaraganda baland terassa qirg’og’ida, qal’aning markazida joylashgan. G’arbdan sharqqa 150 metr, shimoldan janubga 100 metr uzunlikka cho’zilgan. Maydoni 1,5 gektar. Tashqi tomondan chuqurligi 10 metrli handaq, to’g’ri burchakli shinakli-burjlar va 5 metr qalinlikdagi devor bilan o’ralgan. Qal’aning mustahkamlanmagan qismi asosan dafn inshootlaridan iborat. Ushbu shahar Kushon podsholigi davrida, ya’ni I–II asrlarda gullab-yashnagan va 3 marta bosqinni boshdan kechirgan. 2. AMUDARYO VA SURXONDARYO VOHASI ARABLAR ISTILOSI DAVRIDA. CHAG’ONIYON (SAG’ONIYON-BUDRACH). SOMONIYLAR DAVRIDA TERMIZ, REJALASHTIRISH, ASOSIY QURILISHLAR. ARAB MUALLIFLARI MA’LUMOTLARI. Arxeologik tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Yunon-Baqtriya podsholigi davrida Kampirtepa nafaqat shahar, balki harbiy garnizon vazifasini ham bajargan. Kushon podsholigi davrida esa shaharning shahriston qismida turar-joylarni qurish qizg’in jonlanadi, galereya va ko’chalarga ajratiladi. Qazishmalar davomida moddiy va badiiy madaniyat buyumlari va tangalarning boy kolleksiyasi, shuningdek, yunon, baqtr, braxma va noma’lum xat namunalari topilgan. Ular orasida papirusga yozilgan qadimgi baqtr qo’lyozmalari Markaziy Osiyoda topilgan yozuvlar ichida eng qadimgi qo’lyozma ekanligi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, shaharchadan noyob san’at buyumlari, xususan, terrakotik haykalchalar, arxitektura bezaklari, fil suyagidan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metalllardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, kushon hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalar va boshqa ashyolar topilgan. Ushbu topilmalar Kampirtepa yodgorligida Kushon podsholigi davrida hunarmandchilik va savdo taraqqiy etganini bildiradi. Shaharlarning gullab-yashnashi va iqtisodiy rivojlanishida Buyuk ipak yo’li muhim rol o’ynagan. Buyuk Ipak yo’li keng savdo va madaniy magistral sifatida janubiy-sharqiy yevropa, Iroq, Kavkaz, Markaziy Osiyoni Mo’g’iliston va Xitoy davlatlari bilan bog’lab turgan hamda Baqtriya hududidagi shaharlarning taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, Kampirtepa aholisi ham savdo-sotiq bilan shug’ullangan, bu esa hunarmandchilikning yangi turlari va texnologiyalari rivoji, ishlab chiqarish va mahsulotlar hajmining ko’payishiga olib kelgan. Kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish kushonlar davrida yuqori nuqtaga yetadi. Sopol buyumlarda xilma-xillik ko’payadi. Turli bezakli va sifatli idishlar ishlab chiqariladi7. Termiz shahar qal’asiga mil. avv. I ming yillikning o’rtalarida asos solingan. Shaharning nomi qadimgi baqtr tilidagi “ Taro Maetha ” so’zidan olingan bo’lib, u ” daryoning narigi sohilidagi manzilgoh “ degan ma’noni bildiradi. Mil. avv. 327 – yilda Aleksandr Makedonskiy bu qal’aga Oks bo’yidagi Aleksandriya shahri deb nom berganligi olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Mil. avv III asrda shahar Antioksiya – Tarmita deb atalgan. Termiz IV-V asr arman manbalarida “Drmat”, VII asrga oid xitoy manbalarida “ Tami ” nomi bilan qayd qilingan. IX-XII asrlarga oid arab-fors manbalarida shaharning nomi “Tarmid”, “Tarmiz” va “Tirmiz” ko’rinishida yozilgan. Yunon – Baqtriya podshohligi hukmronligi davri ( mil. avv. III-II asrlar) da Termiz Baqtriyaning eng yirik shaharlaridan biri bo’lib, u o’lkaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o’rin egallagan. Bu davrda shahar 10 gektardan ortiq maydonni egallagan va u Shimoliy Baqtriyaning eng yirik markazlaridan biri hisoblangan. Kushonlar davrida Termiz Baqtriyaning ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotida muhim rol o’ynagan. Shaharda ko’plab mahobatli ma’muriy va ijtimoiy binolar barpo etilgan, hunarmandchilikning turli sohalari, savdo – sotiq ravnaq topgan. Shahar Amudaryo bo’yidagi asosiy port shahriga aylangan. Shahar portidan chiqqan katta qayiq va kemalar qadimgi Xarazm va undan Uzboy orqali Kaspiy dengizigacha suzib borgan. Kushonlar davrida Termiz shahri buddaviylik dini va madaniyatining O’rta Osiyodagi eng yirik markazi sanalgan. Termiz shahri Kushon saltanatining ilm – fan rivojlangan markazlaridan biri hisolangan. Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, shahar alohida hokimlik sifatida ma’lum vaqt sosoniylar, eftaliylar keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr boshlarida Termiz shahri arab xalifaligiga qo’shib olingan. IX asrda shahar somoniylar davlati, XI-XII asrlarda g’aznaviylar, qoroxoniylar, saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda Termiz shahri har tomonlama ravnaq topgan. Shahar uch tarkibiy qism – qal’a, shahriston va raboddan iborat bo’lib, 500 gektardan ortiq maydonni egallagan. Shaharda ko’plab yangi ma’muriy binolar, masjidlar bunyod etilib, keng ko’lamda obodonchilik ishlari olib borilgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari rivojlangan. Termiz hunarmandlari tayyyorlagan ko’plab maxsulotlar uzoq o’lkalarda ham juda xaridorgir bo’lgan. Xususan, Termiz sovunlari, attorlik buyumlari va qayiqlari Sharq mamlakatlarida g’oyatda qadrlangan. O’rta asr mualliflari Termizni Shimoliy Toharistonning iqtisodiy va madaniy markazi deb ta’kidlashgan. Bu davrda Termizda islom dunyosida mashhur ko’plab alloma va shoirlar yashab ijod etgan. 1220 – yil kuzida Termiz shahri Chingizxon qo’shinlari tomonidan zabt etilib vayron qilingan. Termiz aholisi bosqinchilarga mardona qarshilik ko’rsatganligi uchun shahar “Madinat ur-rijol ”, ya’ni “ erlar shahri ” deb ulug’langan. Temuriylar va Buxoro xonliklari davrida Termiz Amudaryo bo’yidagi muhim strategik qal’a sifatida faoliyat ko’rsatgan. Qal’ada kechuvni himoya qiluvchi kuchli harbiy garnizon joylashgan. Eski Termiz qal’asi devorining balandligi 18-20 metrni, qalinligi 7-8 metrni tashkil etib, har 20-25 metr oralig’ida burjlar bo’lgan. Eski Termiz qal’asining devori janubi-g’arbiy tomon 470 metrga va shimoli-g’arbiy tomon 230 metrga cho’zilgan va qal’aning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etgan. Ma’lumki, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 33-maqsadida qurilish sohasini texnik tartibga solish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish va boshqa shu kabi muhim vazifalar belgilangan. O‘zbekistonda aholi sonining barqaror o‘sib borayotganligi urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishiga va natijada sifatli turar joylarni barpo etish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaratish masalalarining dolzarbligini oshirmoqda. Shuningdek, aholi uchun mustahkam va qulay uy-joylarni qurish borasida ham bir qator normativ hujjatlar qabul qilingan. Yangi qurilgan uylarning belgilangan talablarga mosligi, ularning zamonaviy shaharsozlik normalariga uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, “Yuksalish” umummilliy harakati Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan birgalikda Surxondaryo viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan yangi obyektlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish maqsadida jamoatchilik monitoringi tashkil etildi. Jamoatchilik nazorati tadbirlari davomida viloyatning Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Termiz va Angor tumanlarida barpo etilgan 10 dan ortiq ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy muassasalarning bugungi kundagi holati o‘rganildi. Xususan, ko‘p kvartirali uylarning mustahkamligi, belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, atrofda zarur infratuzilma bilan ta’minlanganligi vizual monitoring qilindi hamda yangi uylarga ko‘chib o‘tgan aholining mavjud sharoitlar haqidagi fikri o‘rganildi. Mazkur jamoatchilik nazorati tadbirlariga jamoat faollaridan tashqari soha mutaxassislari ham taklif etilgan. Monitoring yakunlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, manfaatdor idoralarga taqdim etiladi. Eslatib o‘tamiz, “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan doimiy ravishda monitoring tadbirlari o‘tkazib boriladi. Bu boradagi takliflaringiz va fikr-mulohazalaringizni “Jamoatchilik.uz” platformasida qoldirishingiz mumkin. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shahar aholisining salmog‘i 10 foizga oshdi. Bunday o‘sish sur'atlariga, asosan ma'muriy o‘zgarishlar, 2009 yilda mingga yaqin qishloq aholi punktlarining shahar posyolkalariga aylantirilishi hisobiga erishilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tarqatgan bayonotga tayanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 1991 yil O‘zbekistonda shaharliklar umumiy aholining 40,3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu raqam 50,6 foizga o‘sdi. «Urbanizatsiya darajasi bo‘yicha O‘zbekistonning jahonda tutgan o‘rni past. BMT xalqaro reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston ushbu yo‘nalishda 233 mamlakat orasida 155-o‘rinni egalladi. Vaholanki, bu sohada dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich 55,3 foizdir», - deyiladi vazirlik axborotida. Eslatib o‘tamiz, urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish maqsadida Shavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatida urbanizatsiya darajasini 2030 yilgacha 60 foizga yetkazish vazifasini strategik maqsad sifatida belgilab berilgandi. Oʻzbekiston demografiyasi Oʻzbekiston demografiyasi Oʻzbekiston aholisining demografik koʻrsatkichlari boʻlib, aholining oʻsishi, zichligi, millati, taʼlim darajasi, sogʻligʻi, iqtisodiy ahvoli, diniy mansubligi va boshqa jihatlarini oʻz ichiga oladi. Ma'lumotlarning aksariyati taxmindir, chunki oxirgi aholi roʻyxati 1989-yilda Sovet davrida o'tkazilgan. Demografik rivojlanish tarixi Registonda suratga tushishmoqda. Oʻzbekiston aholisining toʻrtdan bir qismidan oshigʻi 14 yoshgachadir. Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga toʻgʻri keladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi. Eron shohi Doro I ning Behistun yozuvlarida oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlari xorazmiylar, sugʻ'iylar, saklar, baqtriyaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Yunon va rim tarixchilari Gerodot, Strabon, Arrian va Ptolemey hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan saklar haqida maʼlumotlar qoldirganlar. Oʻzbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq-yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda soʻzlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining oʻtroq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan. Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat „Qovunchi madaniyati“ nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashicha, aynan shu davrlarda Oʻrta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholining tashqi qiyofasida hoz. oʻzbek va voha tojikla riga xos Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi toʻliq shakllanadi. Oʻzbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib oʻtroqlashgan turkiy etnik komponentlar faol taʼsir koʻrsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xoʻjalik anʼanalar bilan jadal uygʻunlashuvi yuz beradi. 7-asrning 30-yillaridan boshlab oʻlkamiz „Turkiston“ nomi bilan atala boshlagan. 8-asrda arab va ajam xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi bilan mahalliy aholining etnik tarkibida maʼlum darajada oʻzgarishlar sodir boʻlgan boʻlsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli taʼsir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar. 911-asrlarda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, oʻz navbatida sugʻdiylar va b. mahalliy etnoslar bilan integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlib, bu qatlam asosining aksariyat koʻpchiligi oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslardan iborat boʻlgan. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan sodir boʻlgan etnik jarayonlar oʻzbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich boʻldi. Aynan shu davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hududiy, madaniy -maʼnaviy umumiylik, etnik oʻzlikni anglash maʼlum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllandi. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishi dagi muhim ahamiyatga molik aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi. Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda kechgan oʻta murakkab siyosiy vaziyatda muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida 1112-asr boshlarida oʻzbek xalqi shakllandi. Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlani shi 19-asrning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan soʻng keskin oʻzgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, koʻpayish surʻatlari, joylashish xususiyatlarida oʻz aksini topdi. Rossiyadan dehqonlar koʻchirilib, Mirzachoʻlga joylashtiril di, Sharqiy Turkistondan uygʻurlar koʻchirilib keltirilib, respublika sharqidagi togʻ vodiylarida ular uchun joy ajratildi. 1897-yilda oʻtkazilgan aholi roʻyxatiga muvofiq Oʻzbekiston hududida 3,9 mln. kishi yashagan, shundan 19 % shahar aholisi edi. Tub aholining migratsion harakatchanligi past boʻlgan. Aholining koʻchib keluvchilar hisobiga oʻsishi podsho hukumati mustamlakachilik siyosatining natijasi edi. Shu siyosat tufayli oʻlkada yangi-yangi qishloq va shaharchalar barpo etildi. Biroq shunga qaramay 18651900-yillarda aholi 0,6 % ga koʻpaydi. 20-asrning 1-choragida ham aholi oʻsishida sezilarli oʻzgarish boʻlmadi. 192440-yillar davomida Oʻzbekiston aholisi 2,3 mln. kishiga oshdi, aholining oʻsishi-yiliga 3 % ga teng boʻldi. Ikkinchi jahon urushi Oʻzbekiston aholisi ning soniga, uning tarkibi va joylashuviga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatdi. Urush natijasida respublika 1 mln.dan ortiq aholisini yoʻqotdi. Aholining umumiy soni 194045-yillarda 6,6 mln. kishidan 5,2 mln. kishigacha kamaydi. Urushdan keyingi davrda aholi oʻsish surʻatlarida ijobiy oʻzgarishlar boʻldi. Aholining soni 5,2 mln.dan 8,4 mln.gacha koʻpaydi. Bunda ham sof tabiiy koʻpayishdan koʻra chetdan koʻchirib keltiril gan aholining salmogʻi katta boʻldi. 20-asrning 6080-yillarida respublika aholisi tarkibida oʻzbeklarning soni muntazam ravishda yuqori surʻatlar bilan koʻpayib bordi. 1989-yilda oʻzbeklar salmogʻi respublika aholisining tarkibida 71,4 % ni tashkil etgan. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanish yoʻliga oʻtishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha bosqichga oʻtishni taqozo etdi. Respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoitlarning oʻzgarishi natijasida yangi demografik jarayon boshlandi: tugʻilish keskin kamaydi, mamlakatdagi slavyan xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va b. xalqlarning maʼlum qismi oʻz tarixiy yurtlari va b. xorijiy davlatlarga koʻchib ketdi. Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990-yilda kuzatilib, 181,2 ming kishini tashkil etdi. Mazkur demografik jarayonlar Oʻzbekiston aholisining oʻsish surʻatlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15-yil davomida respublika aholisi 4,8 mln.ga koʻpaydi, oʻsish surʻati 1,8 %ni, oʻrtacha yillik mutlaq koʻpayish soni 400 ming kishini tashkil qildi. Aholining joylashishi va zichligi Oʻzbekiston aholisining munitsipalitet boʻyicha zichligi, aholi hisob-kitoblariga koʻra 2020-yil Respublika aholisi, asosan, qadimdan oʻzlashtirilgan, sugʻorma dehqonchilik uchun sharoit qulay boʻlgan voha va vodiylarda zich joylashgan. Mirzachoʻl, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Fargʻona, Ellikqalʻa choʻllarini oʻzlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga oʻzgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta oʻzgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tugʻilib oʻsgan joyida istiqomat qiladi. Bundan choʻl mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu bilan birga shaharlar tarmogʻidagi oʻzgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta taʼsir qildi. Keyingi-yillarda ularda sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. 1990—2005-yillarda mamlakat aholisining oʻsish surʻati pasayib borayotgan davrda baʼzi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi. Oʻzbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi oʻsish surʻatlarining pasayib borishi; aholi tabiiy koʻpayish koʻrsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust oʻsishi va boshqalar. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan boʻlib, asosiy qismi Toshkent sh.ga toʻgʻri keladi. Biroq Toshkent sh. aholisi soʻnggi-yillarda deyarli oʻsmadi, natijada uning Oʻzbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 10,5 %dan 8,2 % ga tushib qoldi. Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining demografik salohiyati pasaydi, Jizzax viloyatida oʻzgarmadi, qolgan hududlarda esa oshdi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston aholisining 16,4 % Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ga toʻgʻri keladi. Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham biroz oʻsish boʻldi. 1991—2005-yillarda Oʻzbekiston viloyatlari boʻyicha shahar aholisining oʻsishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi. Bu-yillarda respublika shaharlari aholisining oʻsish surʻati 0,9 % boʻlib, bu koʻrsatkich Surxondaryoda 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi. Yuqoridagi oʻzgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Fargʻona va toshkent iqtisodiy rayonlarida yuqori. Fargʻona vodiysiga mamlakat aholisining 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % toʻgʻri keladi. Aholi zichligi 1 km2 ga 58 kishi boʻlib, bu koʻrsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Fargʻona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida zichlik koʻrsatkichi ancha past. Oʻzbekiston Respublikasi jami aholisining 36,3 % shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. Soʻnggi-yillarda urbanizatsiya darajasining pasayib borishi va qishloq aholisi hissasining oʻsishi kuzatilmoqda. Aholining tabiiy koʻpayishi Oʻzbekistonda aholi tabiiy koʻpayishiga oid mufassalroq maʼlumotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlab mavjud. Aholining tabiiy koʻpayishi 1-navbatda tugʻilishga bogʻliq. Respublikada 19-asr oxiri 20-asr boshlarida tugʻilish darajasi yuqori boʻlgan. 1865—1917-yillarda tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 ta kishiga nisbatan tugʻilganlar soni) 4550 %ni tashkil etgan. Tugʻilish fiziologik imkoniyat darajasida boʻlgan, oilada farzandlar tugʻilishi cheklanmagan. Buning asosiy omillari oʻzbek ayollarining ijtimoiy i.ch. da juda kam ishtiroki, maʼlumotlilik darajasi ning pastligi, tugʻilishni qoʻllab-quv vatlovchi urf-odat va qadriyatlar taʼsirining nisbatan yuqoriligi, goʻdaklar oʻlimining koʻpligidir. Oʻsha davrda aholi oʻrtasida oʻlim hollari ham yuqori boʻlgan. 1886—1900-yillarda Oʻzbekiston hududida 1000 ta aholiga nisbatan oʻrtacha 49,8 ta bola tugʻilgan boʻlsa, oʻlganlar soni (har 1000 kishi hisobiga) 44,8 ga teng edi. Demak, oʻsha davrda oʻzbek oilalarida tugʻilish yuqori boʻlishiga qaramay aholi oʻrtasida oʻlimning koʻpligi, oʻrtacha umr koʻrish davri juda qisqa boʻlgani (32 yosh) tufayli aholining tabiiy koʻpayishi sust kechgan. Boshqacha aytganda, yuqori tugʻilish yuqori tabiiy oʻsishni taʼminlay olmasdi, tugʻilishning „foydalilik“ darajasi past boʻlgan. Mazkur dalillar Oʻzbekiston aholisining tabiiy koʻpayishi 19-asr oxiri 20-asr boshlarida Yevropa xalqlaridan 3,5 barobar kam boʻlganini koʻrsatadi. Natijada aholi sonining oʻsishi juda sekin kechgan. 1885—1917-yillarda Oʻzbekiston aholisi 3320 mingdan 4052 mingga yetdi yoki aholining soni har-yili oʻrtacha 0,6 % atrofida oʻsdi. Bu koʻrsatkich hozirga qaraganda 3,1 marta kam, chunki 1991—2000-yillarda Oʻzbekiston aholisi-yiliga 1,9 % dan koʻpaydi. 1939—2004-yillar, yaʼni 65-yil mobaynida respublika aholisi 4,0 marta koʻpaygan boʻlsa, bu koʻrsatkich shahar joylarda 6,4 va qishloqlarda 3,3 martani tashkil etgan. Albatta, koʻrilayotgan davrning turli oraliqlarida va qishloq hamda shahar joylarda aholi sonining koʻpayish surʻati turlicha boʻlgan. Jumladan, 1939—1959-yillarda jami aholi 127,9 % ga, shahar aholisi 185,6 % va qishloq aholisi 108,5 %ga oʻsgan. 1959—1970-yillarda respublika jami aholisi 145,3 %ga, shahar aholisi 158,4 % va qishloq aholisi 141,3 %ga oʻsgan, oʻrtacha bir yillik koʻpayish 3,45, 4,25 va 3,20 %ni tashkil etgan. Aynan shu-yillar Oʻzbekiston oʻzining tarixiy demografik rivojlanishining eng yuqori koʻrsatkichlariga erishgan. Undan keyingi-yillarda aholi sonining oʻsishi biroz susaygan, biroq shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq koʻpayish jarayoni saqlanib qolgan. Masalan, 1970—1979-yillarda shahar aholisi 146,9 %ga, qishloq aholisi 120,9 % va jami aholi soni 130,4 %ga ortgan. 1979—1989-yillar mobaynida shahar aholisi 126,7 va qishloq aholisi 130,1 %ga oʻsgan. Koʻrinib turibdiki, bu davrdan respublika qishloq joylarining demografik rivojlanishi shahar va shaharchalarga qaraganda ustunroq boʻlgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday zaiflashuvi oʻtgan asrning 80-yillarining 2-yarmidan boshlangan, 1984-yilda shahar aholisining ulushi 42 %gacha koʻtarilgan va shundan soʻng u asta-sekin kamayib borgan. 3. AMUDARYO VA SURXONDARYO VOHASI G’AZNAVIYLAR, QORAXONIYLAR VA SALJUQIYLAR DAVRIDA. SHAHAR TUZILISHI VA UNING MAVZELARI, ZAMONAVIY YIRIK SHAHARGA AYLANISHI. TERMIZ MO’G’ULLAR ISTILOSIDAN SO’NG, SHAHAR HUDUDINING O’ZGARISHI. Soʻnggi-yillarda respublika umumiy aholisi koʻpayish surʻatining pasayishi va qishloq aholisining shaharlik larga nisbatan tezroq oʻsish jarayoni kuzatilmoqda. Ayni paytda shahar aholisining koʻpayish surʻati eng past darajaga tushib qolgan (1,05 %). 2000-05-yillarda aholining oʻrtacha oʻsish surʻati 1,2 % ni tashkil etdi va oʻrtacha yillik mutlaq sonining oʻsishi 310,4 ming kishiga tushdi. Mazkur davrda qishloq aholisi 4,4 mln.ga, shahar aholisi 1 mln.ga koʻpaygan. Buning natijasida shahar aholisining salmogʻi 40,4 % dan 35,9 % ga tushib qoldi. Tugʻilish va tabiiy koʻpayish koeffitsiyentlari boʻyicha respublika viloyatlarining qishloq aholisini mutanosib ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: birinchisiga tugʻilish darajasi (20-22 %) va tabiiy koʻpayish darajasi (14-17 %) oʻrtacha boʻlgan 8 ta viloyat (Buxoro, Andijon, Navoiy, namangan, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent) kiradi. Tugʻilish (23-24 %) va tabiiy koʻpayish darajasi (1819 %) nisbatan yuqori boʻlgan ikkinchi guruhga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi kiradi. Shahar aholisi ichida oʻrtacha tugʻilish darajasi (1620 %) 8 ta viloyatda kuzatil moqda. Namangan viloyatida shahar aholisining tugʻilishi nisbatan yuqori (20,2 %). Shahar aholisi ichida tugʻilish darajasi past boʻlgan (16 %) 4 viloyat mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlari. 1991-yilda Oʻzbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar sodir boʻldi va bu oʻzgarishlar 1-navbatda uning demografik vaziyati ga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Oʻzbekiston da tugʻilish jarayonining nisbatan yuqoriligining asosiy sabablaridan biri oila qadriyatlari hamda nikohdan oʻtish jarayonining yuqoriligidir. Mas., 2005-yil har 1000 kishiga shaharlarda 7,0 nikoh toʻgʻri kelgan boʻlsa, ajralish koʻrsatkichi 0,6 ga teng boʻldi. 19912004-yillarda Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tugʻilgan bolalar soni 34,5 dan 22,3 gacha yoki 1,2 punktga qisqardi. 2005-yilda aholi 292,1 ming kishiga yoki 2004-yildagiga nisbatan 1,1 % ga koʻpaydi. Oʻzbekistonda tugʻish yoshi koeffitsi yentlari ham qisqarmoqda. Tugʻilgan bolalarning asosiy qismi nisbatan yosh ayollarga toʻgʻri keladi. Bu holat soʻnggi-yillarda yanada barqarorlashdi. Respublikada 1980—1995-yillarda oʻlim koeffitsiyenti 7,5 promilledan 6,4 promillegacha qisqardi. Bu jarayon, asosan, goʻdaklar, bolalar va oʻrta yoshdagi kishilar oʻrtasida oʻlim darajasining kamayishi bilan bogʻliq. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sohalarining rivojlanishi 1-navbatda aholi oʻlimining keskin kamayishiga olib keldi. Agar 18861920-yillarda Oʻzbekistonda har 1000 kishi hisobiga oʻlganlar soni 4034 kishini tashkil etgan boʻlsa, 1920-yildan keyin bu koʻrsatkich 56 barobarga kamaygan. Respublika shahar hududlari da aholi oʻlimi qishloq joylarga nisbatan yuqoridir. Bunga sabab ekologik vaziyatdagi oʻzgarishlar, shahar turmush tarzidir. Sanoat rivojlangan Toshkent sh.da aholi oʻlimi eng yuqori. Oʻlganlar soni 2005-yilda 2004-yilga nisbatan 6,6 % ga yoki 8,6 ming kishiga oshdi. Goʻdaklar oʻlimi koeffitsiyenti esa 2004-yildagi 15,4 % dan 14,3 %ga kamaydi Institutsional islohotlar bo‘yicha ekspert Ildus Kamilov qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida QQSni hisoblash zanjirini mukammal tuzish yo‘li bilan aholining oziq-ovqat mahsulotlari harajatlarini qanday qisqartirish to‘g‘risida yozadi. O‘zbekiston urbanizatsiya, ya’ni rivojlanishdagi shaharlar rolini oshirish darajasini 2030 yilga kelib 60% ga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar ulushi qisqaradi va shaharlarda kambag‘allik o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida oziq-ovqat narhini odamlarning daromadlariga mos ravishda qisqartirgan holda soha ishlab chiqarishini oshirish lozim bo‘ladi, demakdir, deb hisoblaydi institutsional islohotlar bo‘yicha ekspert Ildus Kamilov. Oziq-ovqat mahsulotlari — QQS bu o‘rinda qanday rol o‘ynaydi va nega qishloq xo‘jaligida, qayta ishlash va chakana savdoda QQSni hisoblash bo‘yicha uzluksiz zanjirni yaratishga sharoit yaratish zarurligi haqida u Spot uchun maxsus yozad Ildus Kamilov Institutsional islohotlar va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ekspert, undan avval Iqtisodiy tadqiqotlar markazining katta muvofiqlashtiruvchisi bo‘lib ishlagan Mamlakatda amalga oshirilayotgan ko‘plab islohotlar aksariyat hollarda boshqa sohalardan ayricha qabul qilinadi va muhokama etiladi. Xususan, keyingi vaqtlarda soliq islohotlari bo‘yicha munozaralar QQS masalasiga ulandi, bank islohotlari esa konvertatsiya va kredit bo‘yicha stavkalarning qisqartilishi masalalarining to‘liq yechimi sifatida qabul qilindi va hokazo. Sir emaski, iqtisodiyotda va umuman hayotda ko‘p narsalar o‘zaro bog‘langan. To‘g‘ri bu bog‘liqlik har doim ham ochiq ko‘rinmaydi. Ushbu maqola ayni ana shunday — birinchi qarashda urbanizatsiya, qishloq xo‘jaligi va QQS kabi o‘zaro u qadar bog‘liq ko‘rinmaydigan narsalar haqida. Download 52.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling