- Mustamlakachi ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini ko’rdilar. Ular ustidan nazorat o’rnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarni buzib tashlar, kitob do’konlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo’llagan zo’ravonlik choralari ularni ma'naviy-ma'rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko’rsatish darajasiga ko’tarilishga olib keldi.
Milliy g'oya va milliy mafkura - Jadidlar boy tarixiy merosida milliy g'oya va milliy mafkura alohida o’rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo’lib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o’z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo’lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.
- XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan Jadidchilik madaniy-ma'rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o’sib mustamlakachilarga qarshi ko’tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.
XIX asrda xonliklardagi ahvol - Xulosa qilib aytganda, XIX asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi o’zaro notinchlik va mahalliychilik yurtimizni jahongir davlatlar iskanjasiga soldi. Bosqinchilar uchun qulay zamin yaratdi. Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi. U o’lkani siyosiy-hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma'naviy-ruhiy bo’ysundirishga erishdi.
- Rossiya imperiyasi o’lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga bo’lib, tub aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish yo’lida barcha vositalardan foydalandi.
Turkiston xalqining milliy g`ururi - Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga to’g'anoq bo’lsa, ularni ozodlik uchun kurashdan chalg'itsa, hammasini qo’llab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar. Rossiya mustamlakachilarining og'ir asorati sharoitida ham xalqimiz o’zligini, milliy qadriyatlarini, ma'naviyatini, madaniyatini, urf odatlari va turmush tarzini saqlab qola oldi.
Abdurauf Fitrat
Is'hoqxon To`ra
Do'stlaringiz bilan baham: |