Ana platalarning o'lchamlari (shakl omillari)


ishlarni deyarli bajarib bo‘lmaydi (aslida, monitorsiz ham kompyuterda ishlash mumkin


Download 0.49 Mb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1633238
1   2
Bog'liq
KOMPYUTER TASHKIL ETISH

ishlarni deyarli bajarib bo‘lmaydi (aslida, monitorsiz ham kompyuterda ishlash mumkin, faqat professional bo‘lish lozim ?). Demak, kompyuterning yaxshi va samarali faoliyati bir nechta qurilmalarning birgalikdagi ishlashidan hosil bo‘lar ekan. Xo‘sh, bu qurilmalar bir-biriga qanday ulanadi? Tasavvur qiling, sanab o‘tgan o‘nta qurilmamiz bir-biriga simlar yordamida, chuvalashtirib ulab qo‘yilgan bo‘lsa, bu juda qo‘pol ko‘ringan bo‘lardi. Informatika ustozingizdan so‘rab ko‘ring, avvalgi kompyuterlar qanday bo‘lgan ekan? Haqiqatan ham ilk kompyuterlar juda ham beso‘naqay (naq bitta xonadek keladigan) bo‘lgan. U qurilmalar bir-biri bilan tashqaridan ko‘rinib turadigan simlar va kabellar bilan ulab qo‘yilgan. Bugungi zamonaviy kompyuterlarda qurilmalar aynan tizim platasi orqali bir-biriga ulanadi. Yaxshilab nazar solinsa, ko‘rish mumkinki, plataning usti va tag tarafida son-sanoqsiz elektr «yo‘llar» chizilgan. Aynan mana shu chizilgan yo‘llar qurilmalarni bir-biri bilan bog‘lab beradi. Biz chiziq, yo‘l deb atayotganimiz aslida sim, kabel hisoblanadi. Faqat ular elektr sxema ko‘rinishida ixcham qilib plastmassa taglikka mis yoki kumush eritmasidan chizilgan bo‘ladi. Har bir qurilmaning o‘zi ulanadigan joyi bo‘ladi. Doimiy xotira (HDD) ATA yoki SATA kabellar orqali tizim platasining chekkasidagi portga ulanadi. CD yoki DVD disklarni o‘quvchi qurilmalar ham xuddi doimiy xotira singari ATA yoki SATA kabellar orqali tizim platasiga ulanadi. Tezkor xotira (DDR) «slot» deb ataladigan joyga kirgizib, qisib qo‘yiladi. Ba’zi tizim platalarida 2 ta, ba’zilarida 4 tagacha tezkor xotira qurilmasini joylashtirish mumkin bo‘lgan slotlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Protsessor (CPU) uchun alohida to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi, mayda teshikchalari bo‘lgan maxsus joy bor. Xarid qilingan protsessor o‘sha joyga o‘rnashtirilib, mahkamlab qo‘yiladi. BIOS ham tizim platasiga payvandlangan bo‘ladi. Agar modem yoki TV-karta kabi tashqi yordamchi qurilmalardan foydalanmoqchi bo‘lsak, ular uchun ham 3-4 ta maxsus slot (joy) o‘rnatilgan. Faqat bu slot DDR nikidan farq qiladi. Agar tashqi videokarta o‘rnatmoqchi bo‘lsak, xuddi DDR da bo‘lgani kabi, uning uchun ham maxsus slot bor. Shuningdek, tizim platasida klaviatura, sichqoncha, audio qurilmalar, USB-qurilmalarni ulash uchun port (ulanish joylari) o‘rnatilgan. Tizim platasi haqidagi umumiy xulosa shundayki, u barcha qurilmalarni bir-biriga ixcham va qulay tarzda ulab beradi. U misoli uyning poydevoriga o‘xshaydi. G‘isht yoki bloklar, plitalar shundayligicha yerning ustiga terib ketaverilmaydi-ku. Xuddi shu singari, tizim platasiga kerakli qurilmalar o‘rnatilib, kompyuter hosil qilinadi. Shuning uchun ham uni «asos (bosh)» plata deb ham ataydilar.
a) tashqi yuza paneli;
1 - kompakt-disklar yurituvchisi;
2 - egiluvchi disklarning disk yurituvchisi;
3 - "tarmoq" indikatori;
4 - "Vinchester" indikatori;
5 - ta’minotni ulash tugmachasi;
6 - RESET tugmachasi;
b) AT shakl-omilning orqa paneli;
7 - klaviaturani ulash porti:
8 - modemni yoki sichqonni ulash uchun COM portlar;
9 - monitorni ulash porti;
10 - tarmoq xaritasi;
11 - tovush xaritasi;
12 - monitorni ulash uchun rozetka;
13 - tarmoq rozetkasi;
14 - printer uchun parallel port;
v) ATX shakl omilining orqa paneli;
15 – PSG interfeysli sichqonni ulash porti;
16 – PSG interfeysli klaviaturani ulash porti;
17 - USB-uskunasini ulash porti;
18,20 - modem yoki sichqonni ulash uchun ketma-ket COM-portlar;
19 - printer uchun parallel port;
21 - mikrofonni ulash porti;
22 - chiziqli ovoz chiqish joyi;
23 - okustik tizimini ulash porti;
24 - joystikni ulash porti;
25 - monitorni ulash porti;
26 - ichki modemning xaritasi;
27 - USB-uskunalarini ulash uchun qo’shimcha portlar;
28 - tarmoq xaritasi;
29 - tarmoqni ajratish joyi;
30 - tarmoq viklyuchateli.
Zamonaviy kompyuterlarda ovozni apparat bilan qo’llab-quvvatlash quyidagi shakllardan birida amalga oshiriladi:
 PCI shinasining ajralish joyiga o’rnatilgan audio-adapter;
 Crystal, Analog Devices, Sigmatel, ESS va boshqa kompaniyalar ishlab chiqarayotgan tizimli platadagi mikrosxema;
 tizimli plata mikrosxemasining asosiy to’plamiga yig’ilgan ovoz uskunalari (ularga Intell, SIS va VIA Technologies kompaniyalarining uncha qimmat bo’lmagan kompyuterlar uchun yaratgan eng zamonaviy mikrosxemalar to’plamlari kiradi).
Asosiy uskunaning qayerda joylashganidan qatiy nazar, akustik tizim, mikrofon va boshqa ko’plab qo’shimcha audiouskunalar mavjuddir.
Ovoz platalarini qo’llash sohalari.
Ovoz platalari bir qancha qo’shimcha imkoniyatlar beradi, bular:
 ko’ngilochar (o’yin) dasturlariga stereoovoz qo’shish;
 ta’limiy dasturlarning samaradorligini oshirish;
 namoyish va ta’lim dasturlariga ovoz effektlarini qo’shish;
 MIDIning apparat va dasturiy vositalari yordami bilan musiqa yaratish;
 fayllarga ovozli shaklarni qo’shish;
 ovozli tarmoq konferensiyalarini amalga oshirish;
 amallar tizimi hodisalariga ovozli effektlarni qo’shish;
 matnni ovozli qayta tiklash;
matnni qayta tiklash;
 audiokompakt disklarni eshitish;
 MP3 formatli fayllarni eshitish;
 videokliplarni ko’rish va eshitish;
 DVD - filmlarni qayta tiklash;
 ovozli boshqarishni qo’llab-quvvatlash.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling