Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz


· Axborot mA‘lum darajada qimmatli


Download 67.74 Kb.
bet2/2
Sana06.08.2020
Hajmi67.74 Kb.
#125650
1   2
Bog'liq
Umumiy


· Axborot mA‘lum darajada qimmatli bo‘lishi kerak, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, “30 sentabr kuni tantana o‘tkaziladi” degan axborot 1 noyabrda o‘z qimmatini yo‘qotadi.

· Axborot to‘liqlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim, ya‘ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda noto‘g‘ri tushunishga yoki xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, sinf rahbaringizning “Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig‘ilsin”, – degan axboroti to‘liq emas. Chunki qaysi teatr, qaysi yakshanba, soat nechadaligi nomA‘lum.

· Axborot ishonchli bo‘lishi lozim. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning “matematikadan bo‘ladigan nazorat ishi qoldirildi”, – degan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilishingiz qiyin emas.

Biror-bir axborotda shu xususiyatlardan birortasining yo‘qligi undan foydalanib bo‘lmasligiga olib keladi. Yana sharoitdan kelib chiqib axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta‘kidlab o‘tish joiz.



Multipleksorlar

Ishlash jaryoni va vazifasi. Bir nechta kirishlardan bittasini tanlashni amalga oshiradigan va uni o‘zining chiqishiga ulaydigan qurilma multipleksor deb ataladi.



Demultipleksor

Demultipleksor bitta axborot kirishiga va bir nechta chiqishlarga ega bo‘lib, berilgan manzil (nomer)ga ega bo‘lgan chiqishlardan bittasiga kommutatsiyani amalga oshiradi.



Shifratorlar (koder ham deyiladi) o‘nli sonlarni ikkilik sanoq tizimiga o‘tkazadi

Ikkilik sonlarni qiymati bo‘yicha uncha katta bo‘lmagan o‘nli sonlarga o‘tkazish uchun deshifratorlardan (dekoderalar ham deb ataluvchi) foydalaniladi.



Hisoblagich — bu, uning kirish qismida biror aniq mantiqiy daraja qancha marta paydo bo‘lganligini aniqlaydigan raqamli qurilma.

Summatorlar

Bir razryadli ikkilik summatori

Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘p razryadli ikkilik sonlarni qo‘shish tamoyiliga asosan, har bir razryadda bir turdagi amallar bajariladi: qo‘shiluvchilar raqamlarini, 2 modul bo‘yicha qo‘shish usuli bilan yig‘indining raqamlari va shu razryadga uzatilayotgan ko‘chirish aniqlaydi, va keyingi razryadga uzatilayotgan ko‘chirish hosil qilinadi. Bu amallar bir razryadli ikkilik summator orqali amalga oshiriladi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»

2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoni, 2003-yil 11-dekabrda

qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Elektron

raqamli imzo haqida”gi hamda 2004-yil 29-aprelda qabul

qilingan “Elektron hujjat yuritish haqida”gi Qonunlar fikrimizning

dalilidir.

Iqtisodiy axborotlaming quyidagi tasnifini keltirish mumkin (yakun sifatida).


t/n

klassiflkatsiya belgilari

klassiflkatsiya guruhlari

1.

Boshqaruv funktsiyalariga ko'ra

Hisob, rejali, statistika, prognoztika, moliyaviy

2.

Yuzaga kelish joyiga ko'ra

ichki axborotlar, tashqi axborotlar.

3.

Vujudga kelish bosqichiga ko'ra

Birlamchi, ikkilamchi va natijaviy axborotlar.

4.

Kelib chiqish davri bo'yicha

Kundalik, operativ va uzoq muddatli axborotlar

5.

Barqarorligi bo'yicha

Doimiy(o'zgarmas), shartli doimiy o'zgaruvchilar.

6.

Tasvirlanish usuliga ko'ra

Belgili, raqamli va tasvirli axborotlar

Klassijikatorlar - umumdavlat, tarmoqli, regional va lokal klassijikatorlarga bo'linadi. Umumdavlat klassifikatori xalq xo'jaligi masshtabidagi barcha rekvizitlar va ko'rsatkichlar belgilashlarining ma'nosini qamrab oladigan klassifikatorlar to'plamidir.

Tarmoq klassifikatori shu tarmoq masshtabida (vazirlik, idora, boshqarma) regional-biron bir katta hudud chegarasida (respublika, viloyat, shahar, tuman), lokal klassifikatori esa korxona va muassasa ramkasida olib boriladi.

Hozirgi paytda bir qancha umumdavlat va tarmoqli klassifikatorlar ishlab chiqarilgan. Misol uchun xalq xo'jalik tarmoqlari, korxona va tashkilotlar, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari, shaharlar klassifikatori va boshqa ko'p klassifikatorlarni aytish mumkin.

"Kod" deganda ma'lum qoidalarga ko'ra ob'ektga raqamli yoki raqamli-harfli simvollar yordamida berilgan shartli belgi tushuniladi. Iqtisodiy axborot elementlarini kodlashtirish qoidalarining yig'indisi "kodlashtirish sistemasi" deyiladi. Kodlashtirish sistemalari, odatda, tasniflash sistemalari bilan birgalikda ishlatiladi. Amalda quyidagi kodlashtirish sistemalaridan: tartibli, takrorlash, seriyali, razryadli va aralash sistemalardan keng foydalaniladi.

Takrorlash sistemasi eng oddiy hisoblanadi. Bu sistemada kodlashtirishda predmet yoki ulaming xarakteristikalariga berilgan raqamli belgilar ma'lum tartibda takrorlanadi.

Takrorlash kodiga oylarning raqamli belgilari, ish razryadlari, ishchilar razryadlari, ishlab chiqarish xarajatlari shifrlari, balans hisobi nomerlari, materiallar nomenklatura nomerlari, sortlar, razmerlardan takroriy foydalanish, avtomashinalarning nomerlaridan foydalanib kodlashtirishlar misol bo'la oladi.

Kodlashtirishning tartibli sistemasida har bir ob'ektning shifii ortib borish tartibidagi joylashgan ob'ektlar ruyxatidagi tartib nomeriga mos keladi. Bu sistema bir belgilik yoki ikki belgilik, sodda va o'zgarmas nomenklaturalami kodlashtirish uchun qo'llaniladi.

Kodlashtirishning tartibli sistemasidan uncha katta bo'lmagan, oddiy va turg'un nomenklaturalar uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Bu sistema bo'yicha uchastkalar, tsexlar, brigadalar, o'lchov birliklari, kategoriyalar, xalq xo'jaligi tarmoqlari va boshqalarni kodlashtirish mumkin.

Kodlashtirishning seriyali sistemasi ma'lum gruppalash belgisiga ko'ra gruppalarga ajratilgan ob'ektlarga nomerlar seriyasini berishni ko'zda tutadi. Har bir seriya chegarasida ob'ektlarga tartib bo'yicha nomerlar beriladi. Bunda har bir seriyaga albatta extiyot kodlar kiritiladi, ular keltirilgan nomenklaturaning yangi ob'ektlariga berilishi mumkin. Ehtiyot nomerlar har bir seriyaning boshida yoki oxirida ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin. Seriyali kodning asosiy afzalligi uning oddiy tuzilganligi va kam xonaligidadir.

Bu sistema bo'yicha korxona bo'linmalari quyidagicha kodlashtirilishi mumkin. Bunda asosiy ishlab chiqarish tsexlariga 20-39, nosanoat xo'jaliklariga 40-49, omborlarga 50-59 va shunga nomerlar seriyalari ajratilishi mumkin. Keyin har bir tsexga zavod bo'limiga ajratilgan seriya nomerlaridan beriladi Masalan, quyuv tsexi-01, temirchilik tsexi-02, mexanika tsexi-04 va boshqalar.

Kodlashtirishning razryadli sistemasi ko'p belgili murakkab nomenklaturalami kodlashtirish uchun qo'llaniladi. Har bir tasnif belgisiga ma'lum razryadlar soni ajratiladi.

Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.

Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum.

Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.

Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari tеxnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, tеxnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).

Qo‘llanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:

ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;

loyihalashtirishni avtomatlashtirish;

tashkiliy jarayonlarni boshqarish;

tеxnologik jarayonlarni boshqarish.

Axborot ta'minoti — axborot tizimlarida ma'lumotlar omborini yaratish, hujjatlashtirishning bir hil tartibga kеltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.

Dasturiy ta'minot — kompyutеr tеxnikasi vositasida ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi (MKIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta'minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy maxsulotlar kiradi.



Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyutеrning o‘zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protsеduralarni tashkil

etish, MKIT tеxnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat qiladi.

Amaliy dasturiy ta'minot axborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy maxsulotlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Ular univеrsal vositalar (matn muharrirlari, elеktron jadvallar, ma'lumotlar bazasini bosqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli hil ob'еktlar (iqtisodiy, muxandislik, tеxnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Tеxnik ta'minot ma'lumotlarni qayta ishlash tizimining faoliyat ko‘rsatishi uchun qo‘llaniluvchi tеxnik vositalar komplеksidir. Ushbu ta'minot ma'lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy opеratsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyutеrlardan tashqari, atrof (pеrifеriya) tеxnik vositalari, turli hil tashkiliy tеxnika, tеlеkommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.

Huquqiy ta'minot axborot tizimini yaratish va faoliyat ko‘rsatishini tartibga soluvchi xuquqiy mе'yorlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi.

Lingvistik ta'minot inson va kompyutеr muloqotini ishlab chiqish va ta'minlash samaradorligini oshirish uchun MKITni yaratish va foydalanishning turli bos-qichlarida ishlatilgan til vositalari yig‘indisidan iborat.

Kompyuter grafikasi uch turga bo`linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o`rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o`tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo`ylab bir marta chopib o`tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.

Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.

Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jixozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya`ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko`riladi. Fraktal grafika odatda o`yin dasturlarida qo`llaniladi.



Ekran imkoniyati monitor, videoqurilma va operatsion sistema imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, piksellarda o`lchanadi va ekranda to`lig`icha joylashadigan tasvir o`lchamini aniqlaydi.

Tasvir imkoniyati – bu tasvirning xususiyati bo`lib, bird yum uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati – haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi.

Tasvirning haqiqiy o`lchami piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi.

Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan ranglar miqdoridir. Ya`ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: oq-qora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari) indekslangan rangli, to`liq rangli.



Oq-qora shtrixli tasvir. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:oq va qora rang. Tasvirning bunday turi Bitmap deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir bit bo`ladi.

Nimrang tasvir. Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi, ya`ni uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul qilishi mumkin. Bu qiymatlar kulrang shkala deyiladi. Bu shkala kulrangning 256 gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun etarlidir.

Hozirgi kunda tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud bo`lib, ular yordamida kulrangning 256 xil emas, balki 65536 xil tusi ishtirok etgan tasvirlar hosil qilish mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi 8 bitliga nisbatan 2 marta katta bo`ladi.



Uchburchakli rastr – rasm uchburchaklardan tashkil topgan

Geksagonal rastr – rasim olti burchaklardan tashkil topgan

Dastlabki fraktal geometriyasi g’oyalari XIX asrlarda vujudga kelgan. Kantor oddiy rekursiv (qaytariladigan) funktsiya orqali chiziqni chiziqlar to’plamiga olib keldi, keyinchalik esa Benua Mandel’brot fraktal geometriyasiga asos soldi va fraktal iborasini kiritdi.



Fraktal – lat. fractal bo’lingan (qismlarga ajratilgan) ma’nosini bildiradi

Fraktal grafikasi fayllari asosan *.fif kengaytmasiga ega bo’lib, kompyuter xotirasida juda kam joy egallaydi. Ya’ni ular xotirada faqat formula yozuvlari ko’rinishida saqlanadi.

Fraktal grafikasining keng tarqalgan formatlari: *.frp; *.frs; *.fri; *.fro; *.fr3, *.fr4 va h.

Vektor grafikasida primitivlar deb nomlanuvchi ob’ektlar bilan ishlanadi. Primitivlarga ikki va uch o’lchamli oddiy geometrik figuralar kiradi. Ikki o’lchamli geometrik figuralarga – nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq, aylana, ko’pburchak kabi tekis shakllar kirsa, uch o’lchamli geometrik figuralarga – kub, prizma, piramida, sfera, konus, tsilindr kabi jismlar kiradi

Vektorli grafika odatda ob’ektga qaratilgan grafika yoki chizma grafikasi deb ham nomlanadi.

Avtomatlashtirilgan Loyihalash Tizimlarin (ALT) deganda kompyuter va inson muloqoti asosida loyiha yaratish tushuniladi.

Avtomatlashtirilgan Loyihalash Tizimlarini uch bosqichdan iborat tizim sifatida o’rganishni va ishlab chiqarish jarayonida ham uch bosqichni qo’llashni taqozo etadi. Bu bosqichlar ingliz tilida CAD (computer aided design), CAM (computer aided manufacturing) va CAE (computer aided engineering) deb nomlanadi.

CAD tizimlari (somputer-aided design – kompyuterda chizmani loyihalash) asosan kompyuterda chizma g’oyalarini loyihalash va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishga mo’ljallangan. Odatda hozirgi zamon CAD tizimlari moduliga uch o’lchamli konstruktsiyalar (detallar)ni yaratish (loyihalash) va chizma konstruktorlik yozma hujjatlarini (spetsifikatsiya, qaydnomalar va h.)ni rasmiylashtirish kiradi.

CAM tizimlari (computer-aided manufacturing kompyuterda ishlab chiqarishni loyihalash) maxsulot ishlab chiqarish jarayonini raqamli dasturiy boshqaruv (RDB) dastgohlarda loyihalashga qaratilgan va ushbu dastgohlar uchun dasturlar yozishga mo’ljallangan, ya’ni – frezerlash, parmalash, jilvirlash, tokarlik va shu kabi dastgohlar. CAM tizimlarini yana texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish tizimlari deb ham tushunish mumkin. Bugungi kun amaliyotida ular murakkab profilli detallarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonini qisqartirishda yagona tizim hisoblanadi. CAM tizimlaridaCAD tizimlari asosida loyihalangan maxsulotning uch o’lchamli modellaridan foydalaniladi.

CAE tizimlari (computer-aided engineering – muhandislik hisob-kitoblarni loyihalash) keng qamrovli tizim bo’lib, ushbu tizimlarda aniq muhandislik hisoblash ishlari, ya’ni: mustahkamlik va bikrlikni hisoblash, issiqlik jarayonlarini analiz qilish va modellashtirish, gidravlik tizimlar va mashinalarni hisoblash ishlarini loyihalash, quyma jarayonlarini loyihalash kabi hisoblash ishlari olib boriladi. CAE tizimlarida ham CAD tizimlari asosida yaratilgan maxsulotning uch o’lchamli modellaridan foydalaniladi. CAE tizimlarini yana muhandislik tahlil tizimlari deb ham yuritiladi.

Dastlabki ALTning vujudga kelishi o’tgan asrning 60 yillariga borib taqaladi. 1955-1959 yillarda MTI (Massachusets texnologiya instituti)da Ross boshchiligida ART (Automatical program tool – avtomatlashgan dastgoh dasturi) dasturlash tizimi yaratilgan.



Web-sahifa – o’zining unikal adrеsiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzеr) ko’riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, vidеo yoki animatsiya ma'lumotlar birlashmasi - multimеdiyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipеrmurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web- sеrvеr – tarmoqqa ulangan kompyutеr yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy

rеsurslarni kliеntga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Internet tarmog’ini foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan web- serverlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan.


Internet tarmog’ining ishlash prinsipi TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol - ma'lumotlarni uzatish qaydnomasi/ Internet qaydnomasi) kompyutеr tarmog’ida ma'lumotlarni uzatish qaydnomalari majmuining nomidir
TCP/IP barcha kompyutеr ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning moslamaviy va dasturiy ta'minot xamkorligini ta'minlaydi. Bu qoida jumladan, TCP/IP pakеti bilan ishlovchi Digital Equipment firmasi kompyutеrlaridan PC kompyutеrlariga murojat qilishni kafolatlaydi. TCP/IP ochiq qaydnoma, bu shuni bildiradiki, qaydnoma xaqidagi barcha ma'lumotlar chop etilgan va undan barcha ochiq foydalanadi.
TCP (Transmission Control Protocol). Qabul qiluvchi va uzatuvchi kompyutеrlarning mantiqiy bog’lanishga asoslangan ma'lumotlar uzatishini qo’llab - quvvatlovchi qaydnoma.

IP (Internet Protocol)- Ma'lumotlar uzatishni ta'minlaydi
Intеrnеtning paydo bo’lishi tarixi 60-yillarning oxirida Amеrika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet (Advanced Research Projects Agency tashkiloti) hisoblash tarmog’iga borib taqaladi. Tarmoq harbiy tashkilotlarga xizmat qilgan.

1980 yillar boshlarida ma'lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet Protocol) ga asos solindi. Taxminan shu vaqtda ma'lum bo’ldiki, TCP/IP dan turli milliy va xalqaro darajadagi kompyutеr tarmoqlarini bog’lashda foydalanish mumkin. 1989 yilning oxirida ARPANet mukammal holga еtib kеldi, lеkin bu vaqtga kеlib ko’pgina univеtsitеtlar va ilmiy muassasalar Intеrnеtga ulangan edilar. 1990 yillar boshlarida korporatsiyalar ham

Intеrnеtdan elеktron pochta orqali ma'lumotlar almashishda aktiv ishtirok etardilar. U vaqtlarda Milliy Ilmiy fond tijorat maqsadida Intеrnеtdan foydalanishni ta'qiqlagan edi. 1991 yilda bu chеklash bеkor qilinadi va Intеrnеtdan tashkilot, muassasa, nohukumat tashkilotlarining foydalanish darajasi ortdi, shuningdеk, tijorat maqsadida Intеrnеtdan kеng foydalanila boshlandi (Intеrnеt magazinlar, Intеrnеt rеklamalar va h.k.).
1993 yilda birinchi wеb-brauzеr Mosaic paydo bo’ldi.
World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgimchak to’ri) – bu kliеnt-sеrvеr tеxnologiyasi asosida tashkil etilgan, kеng tarqalgan Internet xizmatidir.
Web-tehnologiyani asosini quyidagi ikkita tushuncha tashkil qiladi:

1. Axborotni statik tasvirlash;

2. Interfaol o’zaro aloqa.



Axborotni statik tasvirlash. Ma'lumotlar segmentida joylashgan ma'lumotlar statik ma'lumotlar deb ataladi. Bunga asosiy sabab, ular uchun xotira ishlash jarayoni davomida ajratib qo'yiladi. Ishlash davomida esa bu xotira o'zgarmay qoladi. To'plamdagi xotira esa ishlash davomida to'ldirib boriladi va zarur bo'lgan paytda bu xotira bo'shatib qo'yilishi mumkin.

Razmеtkali tillar. Bu til yordamida matnlar, grafik ma'lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyutеrda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmеtkali tillar dеb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma'lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipеrsaloqalar) ta'minlashdan iborat.
XML (eXtensible Markup Language).

XML tili ham HTML tiliga o’xshash til xisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o’zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma'lumotlar joylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.


XHTML

XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida yozilgan hujjatning tashqi ko’rinishi platformaga bog’liq (Windows, Mac yoki Unix) ravishda o’zgarib kеtmaydi. Shunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi.

Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab chiqilgan bo’lib, u WML (Wireless Markup Language) dеb ataladi; CDF (Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzеrlarda push-kanal hosil qilishda qo’llaniladi.
JavaScript

JavaScript – bu til Netscape va Sun Microsystems tomonidan yaratilgan bo’lib, Web-sahifaning funksional imkoniyatlarini orttirish maqsadida qo’llaniladi.

JavaScript yordamida odatda ma'lumotli va muloqot oynalarini chiqarish, animatsiyalarni ko’rsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-ssеnariy ba'zan o’zi ishlab turgan brauzеr va

platforma tipini aniqlash mumkin. JavaScript-ssеnariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma'lumotlarni to’g’riligini tеkshirishda ham qulay hisoblanadi.



VBScript

VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va Microsoft Internet Information Server (IIS) lar bilan ishlashga mo’ljallangan tildir


PHP

PHP – bu sеrvеrda qayta ishlanuvchi ssеnariylar tilidir. ASP kabi PHP kodlar ham bеvosita HTMLhujjatni tarkibiga qo’shiladi. Ushbu tilning nomi Personal Home Page Tools so’zlarining qisqartmasidan olingan. PHP da C va Perl tillarida uchragan bir qator muammolar hal etilgan, bundan tashqari, PHP

ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun juda qulay vositadir. Umuman olganda Perl, PHP – ochiq tizimli tillar hisoblanadi va ularni dasturchilar modеrnizatsiyalashtira oladi.
HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi

britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.


Ikki xil SQL mavjud: Interaktiv va Joylashtirilgan
Interaktiv SQL: MB o’zida faoliyat ko’rsatadi va buyurtmachi foydalanishi uchun chiqish hosil qilish uchun ishlatiladi.
Joylashtirilgan SQL: boshqa tilda yaratilgan dasturga joylashtirilgan SQL komandalaridan iborat
CREATE TABLE – Jadval yaratish
DROP TABLE – Jadvalni o’chirish (Faqat bo’sh jadvalni o’chirish mumkin. Qatorlarga ega bo’lgan to’ldirilgan jadvalni o’chirish mumkin emas. O’chirishdan oldin jadval tozalangan bo’lishi kerak)
ALTER TABLE – Jadvalni o’zgartirish (Bu komanda jadvalga yangi ustunlar qo’shish, ustunlarni o’chirish, ustunlar kattaligini o’zgartirish hamda cheklanishlarni qo’shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega.)
Cheklanishlarning asosiy ikki turi mavjud: ustun va jadval cheklanishlari.
Maydonga bo’sh (NULL) qiymatlar kiritishning oldini olish uchun CREATE TABLE komandasida NOT NULL cheklanishi ishlatiladi.
UNIQUE cheklanishi – bu ustunga mavjud qiymatni kiritishga urinish rad etiladi.
PRIMARE KEY – birlamchi kalit cheklanishi (jadval yoki ustunlarni cheklashi mumkin)
CHECK cheklanish – jadvalga kiritilayotgan ma’lumot qbul qilinishidan oldin mos kelishi lozim bo’lgan shart kiritishga imkon beradi.
DEFAULT – ko’zda tutilmagan qiymatlarni o’rnatish (biror bir maydon uchun qiymat ko’rsatmagan holda jadvalga satr qo’shish)
FOREIGN KEY – SQL ilovali yaxlitlikni ta’minlaydi.

INSERT – qiymatlarni kiritish (Hamma satrlar shu orqali kiritiladi)
DELET – satrlarni o’chirish
UPDATE – maydon qiymatlarini o’zgartirish (ustun o’zgarishi)
SELECT – natijaviy to’plam olish uchun ishlatiladigan ifoda (bu ifoda o’z ichiga albatta FROM ifodasini olishi kerak)
FROM ifodasidan so’ng so’rovni bajarish uchun jadvallar nomi yoziladi
WHERE ifodasidan so’ng agar ma’lum satrlarni qytarish lozim bo’lsa, izlash sharti yoziladi
GROUP BY ifodasi guruharga ajratilgan natijaviy so’rov yaratishga imkon beradi
HAVING ifodasidan guruhlarni qaytarish sharti yoziladi va GROUP BY ifodasi bilan birga ishlatiladi
ORDER BY ifodasi ma’lumotlar natijaviy to’plamini tartiblash yo’nalishini aniqlaydi
OFFICES jadvaldagi hamma yozuvlarni qaytaruvchi soda so’rov
MANTIQIY OPERATORLAR
BETWEEN – bu qiymatlar diapozoniga tegishlilikni tekshirishirishdir.
IN ifoda to’plamga tegishlilikni tekshiradi
LIKE bu filtirlash (masalan: “%n” n harfi bilan tugaydigan hamma yozuvni ko’rsatadi)
IS operatori yordamida ifodani rost, yolg’on yoki aniqlanmaganligini tekshirish mumkin
EXISTS bu true yoki false qaytaruvchi operatordir.
ANY, ALL, SOME ostki so’rovlar bilan ishlashda foydalaniladi
UNION ifodasi bir yoki bir nechta SQL so’rovlar natijasini birlashtirishga imkon beradi

AVG() ustundagi hamma qiymatlarning o’rta arfmetigi
COUNT() ustundagi qiymatlar sonini hisoblaydi
COUNT(*) so’rov natijalari jadvaldagi satrlar sonini hisoblaydi
HAVING shart bo’yicha guruhlarni ajratish
ALL jadvalda hamma imtiyozlarni berish uchun ishlatiladi
REVOKI imtiyozlarni rad etish

PHP
IZOHLAR:
//, # - bir qatorli
/*…*/ - ko’p qatorli
O’zgaruvchilar $ belgisi bilan boshlanadi
define() – konstantalarni e’lon qilish
defined() – konstantalar aniqlanganligini tekshirish
sort() – massivni o’sish bo’yicha tartiblaydi

rsort() – massivni kamayish bo’yicha tartiblaydi

asort() – massivlarni alifbo tartibida (sonlarni o’sish tartibida) tartiblaydi

ksort() – massivlarni kalit o’sishi bo’yicha tartiblaydi

krsort() – indekslar kamayishi bo’yicha massivlarni tartiblash

shuffle() – massiv elementlarini tasodifiy joylashtirish

function – funksiyani e’lon qilish

Rekursiya – bu funksiya o’zini o’zi chaqirishi

fopen – fayillarni server fayl tizimidan ochish

fpassthur – fayillarni akslantirish

readfile – matnli fayllarni akslantirish

fclose – fayllarni yopish

fread, fgets – ochiq fayllarni o’qish

fputs, fwrite – fayllarni yozish

copy – fayldan nusxa olish

rename – fayl nomini o’zgartirish

unlink – faylni o’chirish

chdir – joriy katologni o’rnatish
Download 67.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling