Topshiriq 1
Xisobot quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:
Berilgan topshiriq raqami va undagi vazifa ko’chirib yozilishi kerak;
Dastur kodi va olingan natija.
1. (Ishorani aniqlang). Foydalanuvchi tomonidan butun son kiritilganda, mazkur son manfiy yoki musbat son ekanligini chop etuvchi dastur tuzing. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija chop etilishi shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumot
|
2
|
Musbat son
|
-3
|
Manfiy son
|
(Algebra: Kvadrat tenglamani hisoblang). Kvadrat tenglamaning
ax2 + bx + c = 0 ildizlari quyidagi formulalar orqali topiladi:
b2-4ac kvadrat tenglamaning diskriminanti hisoblanadi. Agarda diskriminant musbat bo’lsa tenglamaning 2 ta ildizi, diskriminant 0 bo’lganda 1 ta ildizi mavjud, diskriminant 0 dan kichik bo’lganda esa kvadrat tenglamaning haqiqiy ildizlari mavjud emas.
Foydalanuvchi tomonidan a, b, c ning qiymatlari kiritilganda kvadrat tenglamaning yechimini hisoblovchi dastur tuzing. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija chop etilishi shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
(Koordinata) OX va OY koordinata o'qlarida yotmaydigan nuqta berilgan. Nuqta joylashgan koordinata choragi aniqlansin.
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumot
|
X=4
Y=-5
|
IV
|
(Teskari son). 4 xonali son berilgan .Uning raqamlarini teskariga yozish dasturini tuzish lozim.
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumot
|
4567
|
7654
|
(Sanoq sistemasi). O‘nlik sanoq sistemasida berilgan son ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazilsin. 0<=n<=100
10 li sanoq sistemadan ixtiyoriy boshqa n sanoq sistemaga o’tish uchun:
- 10 lik sanoq sistemadagi berilgan son n soniga burchakli bo’lish usulida bo’linadi va qoldiq yozib olinadi.
- keyingi qadamda hosil bo’lgan bo’linma yana n soniga bo’linadi, . . .
- bunda bo’lish bo’linma n sonidan kichik bo’lguniga qadar davom ettiriladi.
- hosil bo’lgan bo’linma va qoldiqlar ohiridan boshga qarab (pastdan tepaga qarab) yozib olinadi.
- bu son biz izlagan javob bo’ladi!
4310 = 1010112
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumot
|
7
|
111
|
9
|
1001
|
Do'stlaringiz bilan baham: |