Talabalar kimyoviy laboratoriyada yong’inni o’chirish vositalari va usullarini bilishlari lozim. - Talabalar kimyoviy laboratoriyada yong’inni o’chirish vositalari va usullarini bilishlari lozim.
- Yong’in chiqqanda suv bilan o’chirish mumkin emas, chunki ko’p hollarda (agar modda suv bilan reaktsiyaga kirishib issiqlik ajralib chiqsa yoki yonuvchan birikmalar hosil bo’lsa) suv yong’inni kuchaytirishga olib keladi.
- Suvda erimaydigan va suvdan engil bo’lgan (benzol, kerosin, benzin, to’yingan uglevodorodlar) moddalar yonganda ham ularni suv bilan o’chirish mumkin emas.
- Kuchlanish ostida turgan elektr qurulmalarini va elektr asboblarini ham suv bilan o’chirish taqiqlanadi.
- Agar kiyim yonayotgan bo’lsa, tezda kiyimlarini echish, yonish yana davom etsa, asbest odeyal yoki yonmaydigan suyuqlik shimdirilgan namat bilan o’rab o’chirish lozim.
Issiqlik ta’sirida kuyganda darhol kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi, etil spirtda latta yoki paxtani namlab, kuygan joyga bosish kerak. - Issiqlik ta’sirida kuyganda darhol kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi, etil spirtda latta yoki paxtani namlab, kuygan joyga bosish kerak.
- Agar teriga kislota to’kilsa joyni tezlik bilan suv oqimida yuvib, keyin natriy gidrokarbonatning 3 protsentli eritmasi bilan artiladi.
- O’yuvchi ishqorlar to’kilib kuygan joy suv oqimida yuvilib, so’ngra suyultirilgan sirka kislota bilan eritiladi va yana suv oqimida uzoq vaqt yuviladi.
- Ko’zga kislota yoki ishqor sachraganda ko’zni 3-5 minut davomida suv bilan yuvish kerak. Kislota sachragan holda gidrokarbonat eritmasi bilan, ishqor sachragan bo’lsa borat kislota eritmasi bilan yuviladi, shundan so’ng, tezlik bilan shifokorga murojat qilish kerak.
- Fenol ta’sirida kuyganda zaharlangan joyni spirt bilan artish lozim.
- Brom ta’sirida kuygan joyni darhol spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi bilan yuvib, keyin yana spirt bilan artiladi, shundan keyin kuygan joyga maxsus moy dori surtiladi. Brom hidi bilan zaharlanganda spirt bug’idan chuqur nafas olib, sut ichib, ochiq havoga chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |