Natriy metali suv va galloid tutgan birikmalarga tegmasligi lozim. - Natriy metali suv va galloid tutgan birikmalarga tegmasligi lozim.
- Natriy metalini qalin devorli, shisha yoki tunuka idishlarda suvsizlantirilgan kerosin yoki yuqori haroratda qaynaydigan uglevodorodlar tagida saqlanadi.
- Natriy metalini qisqich yoki pichoqcha bilan olinadi va darhol kerosinli stakanga solinadi.
- Natriy metalini filtr qog’oz ustida kesib olib kerosinli stakanga solinadi, oksidlangan qismi kesib tashlanadi. Filtr qog’ozi bilan kerosin shimdirib olinib, darhol reaktsiyaga kiritiladi. Natriyning kichik bo’lakchalarini alohida kerosinli idishga solib, uni tiqin bilan berkitiladi. Natriy bilan olib boriladigan barcha idishlarni ximoya ko’zoynagi taqib suvsiz joyda olib boriladi.
- Tajriba tugugach natriy qoldiqlari yig’ilib, kerosinli idishga solinadi, natriy kesilgan qog’oz va reaktsiya o’tkazilgan idishga texnik etil yoki metil spirti quyiladi.
Bromni qalin devorli shisha idishlarda og’zi holatda saqlanadi. - Bromni qalin devorli shisha idishlarda og’zi holatda saqlanadi.
- Brom tuzining shilliq pardasiga ta’sir qiladi. Agar teriga tushsa tuzalishi qiyin bo’lgan yara hosil bo’ladi.
- Brom bilan ishlashdan oldin tomizgich voronkaning kranlarini efir bilan tekshirish kerak.
- Brom bilan qilinadigan barcha ishlar mo’rili shkafda olib borish kerak
Simob metali juda zaharli bo’lgani uchun u bilan qilinadigan ishlarni oz miqdorda qalin devorli idishlarda maxsus solib olib boriladi. - Simob metali juda zaharli bo’lgani uchun u bilan qilinadigan ishlarni oz miqdorda qalin devorli idishlarda maxsus solib olib boriladi.
- Simob bilan qilinadigan barcha ishlar mo’rili shkafda olib boriladi.
- Agar termometr sinib qolsa talaba bu holat to’g’risida darhol o’qituvchiga yoki laboratoriyaga xodimlariga bildirishi, to’kilgan simobni yig’ib olishi va qoldiqni temir xloridning 20 protsentli eritmasi bilan yo’qotishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |