Analitik kimyo va fizik-kimyoviy taxlil


CHo‘kma tuzilishini uning hususiy hossalariga va cho‘ktirish


Download 0.54 Mb.
bet37/77
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#253997
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
Bog'liq
Amaliy-AKvaFKT (Uslub Q)

2. CHo‘kma tuzilishini uning hususiy hossalariga va cho‘ktirish

sharoitiga bog‘liqligi

Moddani eruvchanligi kam bo‘lib cho‘kmaga tushishi cho‘kma tarkibiga kirgan elementlarni hossalariga bog‘liq. Quyida birikma eruvchanligi bilan uni tashkil etuvchi ionlar hususiyatlari orasidagi bog‘lanish qonuniyatlarini ko‘rib chiqamiz.



Bir xil ishoralik ionlar birikmalarning qatorida eruvchanlik ion radiusi ortishi va elektromanfiylik kamayishi (yadro zaryadi kvadratini atom radiusiga nisbati) bilan kamaya boradi. Bu hol, ionlar qutblanuvchanligini va kimyoviy bog‘ kovaletligini ortishi bilan izohlanadi. Masalan, kalьsiy, strotsiy, bariy sul’fatlari qatorida kation radiusini ortishi va Z 2/r nisbatini kamayishi bilan eruvchanlik kamaya boradi.

Sul’fatlar

Ca SO4

Sr SO4

Ba SO4

Ion radiusi, nanometrda

0,104

0,120

0,138

Z 2/r

38,5

33,8

29

Eruvchanlik m/l

4 – 10–3

7 – 10–4

1 – 10–5

Bunday qonuniyat qator birikmalar guruxida: sulьfidlar, galogenitlar, selenitlar va boshqa, ion elektron konfiguratsiyasi o‘xshash, tuzlarda kuzatiladi. Elementni oksidlanish darajasi ortgan sari, hosil qilgan birikmalar eruvchanligi odatda kamayadi. Masalan, bunday qonuniyatni temir gidroksidlarida kuzatish mumkun.

Ayni vaqtda, qator hollarda ionlarning kimyoviy hossalari o‘zgarishi natijasida oksidlanish darajasini ortishi eruvchanlikni ortishiga olib kelgan hollar ham kuzatiladi. Kationni katta radiusli va oson qutblanuvchi anion bilan cho‘kma hosil qilish ehtimoli ko‘proq. Fikrimizni isboti sifatida tarkibida R-element bo‘lgan kislota qoldiqlarini yirik anionlari: karbonat, fosfat, silikat va arsenatlar ham cho‘kma hosil qilishini aytish kifoya. Anion elektron bulutini qutblanuvchanligi kimyoviy bog‘ kovalentligiga bog‘liq. CHo‘kmalar zarrasining, o‘lchami va shakliga ko‘ra kristall va amorf turlarga bo‘linsada ular orasida keskin farq yo‘q, chunki amorf cho‘kma zarralarini mikroskop ostida kuzatilganda uni tarkibida kristall zarrachalarni ko‘rish mumkin. CHo‘kmani hossasi uning tarkibi va granulometrik (donadorlik ) tavsifi, ya’ni o‘lchami va shakliga bog‘liq. CHo‘kmani hosil bo‘lish tezligi, etilishi, filьtrlanish tezligi kabi hossalar ana shu donadorlik o‘lchamlariga bog‘liq. Tahlilni gravimetrik usullarini ko‘pchiligi-cho‘kma hosil qilish, uni miqdoran, to‘liq ajratib olishga asoslangani uchun cho‘kmani 3 xil hususiyati, ya’ni tarkibi, zarrasini o‘lchami va shakli muhim ahamyatga ega. Tahlil tez va aniq bajarilishi uchun aniqlanuvchi modda to‘liq va yirik kristall yoki zich amorf cho‘kma holida cho‘ktirilishi kerak, ana shundagina cho‘kma tez filьtrlanib oson yuviladigan bo‘ladi. Agar cho‘kma juda mayda kristallar holida yoki amorf (iviq) holda bo‘lsa sekin cho‘kadi, filьtr teshiklarini qoplab olishi oqibatida sekin fil’trlanadi. Moddaning eruvchanligi uning va erituvchi molekulalarining qutbligiga bog‘liq. Qutbli molekulali moddalar dielektrik doimiysi katta, qutbli, erituvchilarda yaxshi eriydi va aksincha molekulasi qutbsiz bo‘lgan moddalar, masalan, uglevodorodlar, yog‘lar qutbsiz erituvchilarda, masalan, benzol, to‘rt xlorli uglerod kabi erituvchilarda yaxshi eriydi.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling