Analitik kimyo va fizik-kimyoviy taxlil
Kolloid eritmalarni kimyoviy tahlildagi ahamiyati
Download 0.54 Mb.
|
Amaliy-AKvaFKT (Uslub Q)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritma deb – erituvchi va erigan moddadan tashkil topgan hamda ular o’rtasida o’zaro fizik va kimyoviy jarayonlar bo’lib turadigan bir jinsli gomogen sistemaga aytiladi.
Kolloid eritmalarni kimyoviy tahlildagi ahamiyati.
Kolloid hosil bo‘lgan hollarda moddani cho‘ktirish qiyin bo‘lib qoladi. Masalan sulьfidlar, yomon eriydigan moddalarning kolloid zarrachalari to‘yingan eritmada muallaq holda mavjudligi sababli ularni na filьtr va nassentrifugada ajratib bo‘lmaydi. Bunday hollarda kolloid hosil bo‘lmaslik choralari yoki kolloid zarrachalarini buzish choralari ko‘riladi. Kolloid zarrachaning mohiyatiBiror moddani juda mayda zarrachalarini boshqa bir modda molekulalari orasida bir tekis tarqalishidan hosil bo‘lgan sistema dispers sistema deb ataladi. Bir tekkis tarqalgan zarrachalar dispersfaza, tarqalgan erituvchi molekulalari – dispers muhit deyiladi. Dispers sistemalar (tizimlar) bir-biridan disperslik (ya’ni zarralarni mayinligi) darajasi bilan farqlanadi. Dispers fazani tashkil etuvchi zarrachalar o‘lchami qancha kichik bo‘lsa disperslik darajasi shunchalik yuqori hisoblanadi. Disperslik darajasiga ko‘ra eritmalar quyidagi turlarga bo‘linadi. Dispers faza zarrasini o‘lchami nanometrda
CHin eritmalarda dispers zarra erigan moddani alohida molekulalaridan iborat bo‘ladi, tabiiyki ularni o‘lchami juda kichik bo‘lgani uchun mikroskop ostida ham ko‘rinmaydi. SHuning uchun chin eritmalar bir jinslidir. Aksincha suspenziya va emulьsiyalar bir jinsli emas, ya’ni tiniq emas, mikroskop ostida dispers faza zarrachalarni kuzatish mumkun. Filьtr teshiklaridan suspenziya zarralari yirikligi sababli o‘ta olmaydi, ammo kolloid zarrachalar o‘tib ketadi. SHuning uchun kolloid eritma dispers fazasini dispers muhitidan (sistemasidan) filьtrlash yo‘li bilan ajratib bo‘lmaydi. Kolloid zarracha – zaryadli (ishorali) zarrachalar hosil bo‘lishi sababli vujudga keladi. Masalan: {Aql . nl (n-x) K+} X- +XK+ Bu misolda Aql - yadro, nl - adsorbsion qavat: (n-x) K+ - diffuzion qavat, {Aql . nl- (n-x) K+} X- esa mitsella yoki kolloid zarracha deb ataladi. Agar kolloid eritmaga kuchli elektrolit eritmasidan bir oz qo‘shilsa, eritmani ion kuchi ortib, diffuzion qavat siqilishi natijasida mitsella yoki zolь-zarrasi zaryadsizlanishi, o‘zaro qo‘shilib yiriklashuvi KOAGULYASIYA deb ataladi: yiriklashgan zarralarni cho‘kmaga cho‘kishi sedimentatsiya deb ataladi. Bunday cho‘kmalar distillangan suv bilan yuvilsa, diffuzion qatlamdagi ionlar yuvilib ketadi, natijada zarrachalar yana zaryadlanib, o‘zaro itarilib, eritma yana kolloid holga o‘tadi. CHo‘kmani kolloid eritma hosil qilib erish jarayoni peptizatsiya deyiladi. Kolloid eritmalardagi cho‘kmani to‘liq ajratib olish mushkul bo‘lgani uchun tahlil vaqtida kolloid eritma hosil bo‘lmaslik choralari ko‘rinadi. Ular quydagilardan iborat: 1. Temperaturani oshirish. 2. Elektrolit (masalan NH4CL) eritmasidan qo‘shish. Elektrolit eritma kolloid eritmani koagulyasiyasi (yiriklashib cho‘kish) ga sabab bo‘ladi. Peptizatsiya xodisasini bartaraf etish uchun filьtrdagi cho‘kma distillangan suv bilan emas, balki elektrolit (ammoniy xlorid yoki xlorid kislota) eritmasi bilan yuviladi. Eritma deb – erituvchi va erigan moddadan tashkil topgan hamda ular o’rtasida o’zaro fizik va kimyoviy jarayonlar bo’lib turadigan bir jinsli gomogen sistemaga aytiladi. Eritma tarkibini tashkil etuvchi komponentlar (eruvchi va erituvchi)ning miqdoriy nisbatlari konsentratsiya deb ataladi. Eritmani quyidagi konsentrasiyalari mavjud: foiz, molyar, molyal, normal, titr. 1. 100 g eritmada erigan modda miqdorining % larda ifodalanishi - foiz konsentrasiya deyiladi. Uni topish formulasi quyidagicha bo’ladi: m1 - erigan modda massasi, m2 - erituvchi massasi 2. 1 litr eritmadagi erigan modda miqdorining g/mollar bilan ifodalanishiga molyar konsentrasiya deyiladi. U quyidagi formula bilan ifodalanadi. bunda: = molyar konsentrasiya; m – erigan modda massasi; M – erigan moddaning molekulyar massasi; V – eritmaning hajmi; 3. 1000 g erituvchida erigan modda miqdorini g/mollar bilan ifodalanishiga molyal konsentrasiya deyiladi. Uning formulasi: bunda, m – eruvchi moddaning massasi; m1 - erituvchining massasi; M – erigan moddaning molekulyar massasi; Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling