Analitik kimyo va fizik-kimyoviy taxlil
Mustaqil echish uchun topshiriqlar
Download 0.54 Mb.
|
Amaliy-AKvaFKT (Uslub Q)
Mustaqil echish uchun topshiriqlar.
KOMPLEKS BIRIKMALARGA OID SINOV TEST. 1. Eritmada Fe+2 ionini aniqlaydigan birikmalarni toping. 1) qizil qon tuzi; 2) sariq qon tuzi; 3) sulfat kislota; 4) CaCl2; 5) ammoniy rodonid; 6) Ca(OH)2. A) 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 6 D) 1, 6 2. Berlin lazuri Fe4[Fe(CN)6]3 kompleks birikmasida kompleks hosil qiluvchi va ligandni toping. A) Fe(CN)6; CN- B) Fe3+; CN- C) Fe2+; CN- D) [Fe(CN)6]; Fe2+; CN- 3. Koordinatsion birikmalar nazaryasini kim yaratgan? A)Verner B) Butlerov C) Berselius D) Kassel 4. Kompleks birikmalar necha turga bo’linadi? A)2 B) 4 C) 3 D) 5 5. Kompleks tuzni ko’rsating. A) KAlO2 B) NaH2PO4 C) [Al(OH)2]2CO3 D) K4[Fe(CN)6] 6. Qizil qon tuzidagi markaziy atomning valentligi va oksidlanish darajasini ko’rsating. A) IV; +3 B) V; +3 C) VI; +3 D) VI; +2 7. Turnbul ko’kidagi (Fe3[Fe(CN)6]2 temir ionlarning oksidlanish darajasini ko’rsating. A) +3; +3 B) +2; +3 C) +4; +3 D) +2; +2 8. Sariq qon tuzidagi markaziy atomning vatentligi va oksidlanish darajasini toping. A) IV; +3 B) V; +3 C) VI; +3 D) VI; +2 9. Berlin lazuridagi – Fe4[Fe(CN)6]3 temir ionlarning oksidlanish darajasini ko’rsating. A) +4; +3 B) +2; +3 C) +3; +2 D) +3; +4 10. Geksasiyanoferrum(II) ionida necha dona elektron mavjud? A) 100 B) 104 C) 107 D) 108 11. 11,04g sariq qon K4[Fe(CN)6] tuzi tarkibidagi barcha atomlar sonini aniqlang. A) 3,07· 1023 B) 1,02· 1023 C) 1,2· 1023 D) 10,2· 1023 12. 177,6 (gr) trunbul ko’kini olish uchun qanday massadagi (gr) qizil qon tuzi kerak bo’ladi. A) 593,2 B) 291,6 C) 595,8 D) 297,9 13. Suvli eritmada sariq qon tuzi necha xil ionga ajraladi? A)2 B) 4 C) 3 D) 5 14. Berlin zangorisini olish reaksiyasida 6,5 (gr) temir xloridi sarflansa, necha (gr) o’rta tuz hosil bo’ladi? A) 7,45 B) 14,9 C) 8,94 D) 2,98 15. [HgI3]– ionining gibridlanishini va geometrik shaklini ko’rsating. A) sp2 uchburchak B) sp2 trigonal bipiramida C) sp3d tetraedr D) sp3d trigonal bipiramida 16. Eritmada Fe+3 ionini aniqlaydigan birikmalarni toping. 1) qizil qon tuzi; 2) sariq qon tuzi; 3) sulfat kislota; 4) CaCl2; 5) ammoniy rodonid 6) Ca(OH)2. A) 3, 4 B) 1,2, 4 C) 2,5,6 D) 1, 6 17. Natriy tetragidroksokuprit molekulasidagi elektronlar sonini hisoblang. A) 76 B) 48 C) 54 D) 87 18. Uch valentli temir ionini aniqlashda temir (III) xlorid tuziga sariq qon tuzi eritmasi ta’sir etirilganda berlin zangorisi nomli kompleks birikma hosil bo’ldi. Ushbu reaksiyaning o’ng va chap tomondagi koeffitsentlarni nisbatini toping. A) 7:13 B) 5:4 C) 4:5 D) 13:7 19. Ikki valentli temir ionini aniqlashda temir tuzlariga qizil qon tuzi eritmasi ta’sir etirilganda trumbul ko’ki nomli kompleks birikma hosil bo’ladi. Ushbu reaksiyada xosil bo’lgan cho’kmaning rangini toping. A) Zangori rangli B) To’q qizil rangli C) Sariq rangli D) To’q ko’k rangli 15. Ikki valentli temir ionini aniqlashda temir sulfat tuziga qizil qon tuzi eritmasi ta’sir etirilganda trumbul ko’ki nomli kompleks birikma hosil bo’ldi. Ushbu reaksiyaning o’ng va chap tomondagi koeffitsentlar nisbatini toping. A) 4:5 B) 5:4 C) 5:6 D) 6:4
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling