Reja: gematit haqida ma’lumot magnetit vyustitlar


Download 1.56 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1252213
Bog'liq
GEMATIT MAGNETIT VA VYUSTITLARNI TIKLANISHI

  • Gematit (yun. haima — qon), temir yaltirogʻi — temirning keng tarqalgan minerali. Kimyoviy formulasi Gʻe2O3. Tarkibida 70% gacha temir bor. Baʼzan titan (11% gacha TiO2 titanogematit), alyuminiy (14% gacha A12O, — alyumogematit), marganes (17% gacha — marganesgematit), suv (N,0 8% gacha gidrogematit) aralashmalari boʻladi. Trigonal singoniyali. Kristallari koʻpincha plastinkasimon, varaqsimon, buyrak shaklida, rangi poʻlatrang — kulrangdan qoragacha. Yarim metallsimon yaltiraydi. Chinniga chizilsa qizil iz qoldiradi. Qattiqligi 6—6,5. solishtirma og'irligi 5,3. Qizdirilganda magnitlanadi, 1594° temperaturada eriydi.
  • G. intruziv jinslarda, gidrotermal konlarda kvars, barit, magnetit, xlorit bilan birga va vulkan kraterlari devorlarida uchraydi. Nurash jarayonida temir gidroksidlarining suvsizlanishi natijasida ham G. hosil boʻladi. Regional metamorfizm jarayonida G.ning juda katta massalari vujudga keladi. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama togʻlaridagi temir konlarida (Surenota. Gʻova, Toʻrangli, Chaqadambuloq), koʻp metalli konlarda (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopkan, Konsoy) koʻp tarqalgan. Ukraina (Krivoy Rog), Rossiya Federatsiyasi (Kursk magnit anomaliyasi, Ural togʻlari, Sibirda), AQSH, Kanada, Braziliya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda yirik konlari bor. G. rudalari choʻyan va poʻlat olishda muhim xom ashyo hisoblanadi. Toza kukunsimon xillari boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi: G. — temir olinadigan ruda.
  • Magnetit (magnit temirtosh) — murakkab oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — FeFe2O4 Tarkibi va xususiyatlari oʻzgaruvchan boʻlib, vujudga kelish sharoitiga bogʻliq. Kub singoniyada kristallanadi, oktaedr kristallar va rombdodekaedr koʻrinishdagi yaxlit donador agregatlar hosil qiladi. Rangi qoʻngʻir qora, metalldek yaltiroq. Qattiqligi 5,5—6,0; zichligi 5200 kg/m3. Kuchli magnit xossasiga ega. Tarkibida titan (1U)-oksid (TYU2) boʻlsa titanmagnetit va xrom (Sh)-oksid (0,0,) boʻlsa xrommagnetit deb ataladi. Magmatik togʻ jinslarida, gidrotermal konlarda, baʼzan choʻkindi jinslarda uchraydi. M. temir olinadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. M.ning yirik konlari gabbro va gabbropiroksenit-dunitli formatsiyalarning magmatik jinslari, siyenitlar, oʻta asosli ishqorli jinslar va karbonatitlar, kontakt-metasomatik tuzilmalar, vulkanogen-choʻkindi jinslar bilan bogʻliq. M.ning eng katta konlari Rossiya (Kursk magnit anomaliyasi), Ukraina (Krivoy Rog, Kremenchug temir ruda konlari), Shvetsiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda bor
  • ZnS + 2ZnO = 3Zn + SO2 Yallig‘ eritish pechida rux jarayon mahsulotlarida quyidagicha taqsimlanadi: shteynga 45,5%; gaz va changga 5,55%, toshqolga 50 %. Mis boyitmasida ko‘pincha qo‘rg‘oshin sulfidi Pb uchraydi. Yallig‘ pechda eritish davrida qo‘rg‘oshin quyidagicha taqsimlanadi: shteynga 30%, toshqolga 59,6 %, chang va gazlarga 10,4 %. Mis boyitmasida ko‘pincha margimush, surma, vismut va kamyob metallar bo‘ladi. Ularning kimyoviy aylanishlarini batafsil o‘rganish uchun, birinchi navbatda, jarayon mahsulotlari ichra taqsimlanishlari ko‘rib chiqiladi,

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling