Analitik kimyo va fizik-kimyoviy taxlil


Download 0.54 Mb.
bet1/77
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#253997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Amaliy-AKvaFKT (Uslub Q)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI


«KIMYO» KAFEDRASI

ANALITIK KIMYO VA FIZIK-KIMYOVIY TAXLIL”



Fanidan amaliy mashg‘ulotlarga oid




600000 – “Xizmatlar soxasi

630000-“Atrof muhit muhofazasi”

5630100 - "Ekologiya va atrof-muxit muxofazasi" yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.



Jizzax – 2020




K I R I SH

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirish ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish tarmoqlariga malakali kadrlar etishtirib chiqarish jarayonida ta’lim mazmunini milliy istiqlol g‘oyalari bilan to‘ldirib borish lozim bo‘ladi.

Talabalarning fanni o‘rganishidan olgan nazariy bilimlari, ularning amaliy ishlarini mustaqil bajarishi orqali yanada chuqurlashtiriladi.

Talabalarni bilimlari sistematik ravishda joriy, oraliq va yakuniy reyting nazoratlarida, tajriba va amaliy ishlarni bajarishlarida nazorat qilinadi. Reyting nazorati bosqichlari uchun savol va masalalar to‘plamini tayyorlash va talabalarga etkazish orqali o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga erishish mumkin.

Shundan kelib chiqib, tuzilgan ushbu uslubiy qo‘llanmada talabalarning fan bo‘yicha bilimlarini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor beriladi. Chunki aynan shu mashg‘ulotlarda talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

Analitik kimyo va fizik-kimyoviy taxlil fanidan amaliy mashg’ulotlari uchun mo‘ljallangan ushbu uslubiy qo‘llanma Jizzax politexnika institutining Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo’nalishida o‘qitiladigan talabalarining analitik kimyoga oid mavzularni o‘rganishda olgan bilimlarini mustahkamlashga asoslangan. Analitik kimyodan amaliy mashg’ulotlari, misol va masalalarning echimlari bu fanni ijodiy o‘zlashtirishni ta’minlaydi, natijada kadrlar tayyorlash sifati ortadi.



Qo‘llanmada tasdiqlangan dasturga muvofiq mavzular tanlangan. Talabalarni o‘zlashtirishlarini osonlashtirish maqsadida har bir mavzu yuzasidan qisqacha nazariy ma’lumot berilib, ayni mavzu yuzasidan etarli hajmda amaliy mashg’ulotlari, mashq va masalalar echimi ko‘rsatilgan, har bir mavzu oxirida esa shu mavzuga oid nazorat savollari keltirilgan.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling