Javob: Eritmadagi ishqorning foizi 19,1 ga teng.
2-masala. 6 litr 8% li zichligi 1,055 g/ml bo’lgan H2SO4 eritmasidan 20% li eritma xosil qilish uchun qancha suvni bug’latish kerak.
Yechish: 1) 6 l eritmadagi erigan H2SO4 masasi aniqlanadi:
m = ρ · V · ω = 1,055 · 6000 · 0,08 = 506,4 g
2) Suv massasi: 6330 – 506,4 = 5823,6 g
3) 20% li eritma tarkibidagi suv massasi topiladi: bunda 20 g tuzga 80 g suv to’g’ri kelsa, 506,4 g tuzga – X g suv to’g’ri keladi.
20 —— 80
506,4 —— X │ X = 2025,6
4) bug’latish lozim bo’lgan suv massasi topiladi:
5823,6 – 2025,6 = 3798 g H2O
Javob: 3798 g suvni bug’latish kerak.
3-masala. 275 g suvda 50 g mis kuporosi eritilishi natijasida hosil bo’lgan eritmaning konsentrasiyasini (foizda) toping.
Yechish: 1) Mis kuporosi eritilishidan tuzi eritmasi hosil bo’lgani uchun, dastlab uning massasini mis kuporosi bo’yicha topiladi:
250 (CuSO4·5H2O) —— 160 (CuSO4)
50 (CuSO4·5H2O)—— X (CuSO4) │ X = 32 g CuSO4
2) 275+50=325 g hosil bo’lgan eritmani konsentrasiyasini toping.
325 —— 100 %
32 —— X │ X = 9,85 %
Do'stlaringiz bilan baham: |