Analitik kimyoda organic reagentlarning qo'llanilishi reja: Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat


Atom emission alangali fotometriya usuli


Download 0.64 Mb.
bet10/45
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1053713
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
ANALITIK KIMYODA ORGANIC REAGENTLARNING QO\'LLANILISHI

8.Atom emission alangali fotometriya usuli
Atom – emission alangali fotometriya metodi emission spektral analizning variantlaridan biri hisoblanadi va uning asosida analiz qilinadigan modda tarkibiga kiruvchi atomlarning nur chiqarish spektrlari yotadi.
Analiz qilinadigan modda biror bir qulay erituvchi yordamida eritiladi, o’lchov kolbasiga solingan va toza erituvchi yordamida o’lchov kolbasining belgi chizig’igacha suyultiriladi. Hosil bo’lgan eritma purkagich (ijektor) yordamida doimiy ravishda ya‘ni uzluksiz va bir maromda gaz gorelkasi alangasiga purkaladi. Bunda gaz gorelkasining alangasi ham doimiy ravishda bir maromda yonib turishi shart. Alanganing yuqori temperaturasi ta‘sirida erituvchi bir pasda bug’lanib ketadi va tuzning mayda zarrachalari qoladi va bu zarrachalar atomlargacha parchalanadi. Bunda atomlarning bir qismi yuqori kvant energetik holatigacha qo’zg’aladi. Qo’zg’algan atomlar normal holatga o’tib har bir elementning o’zi uchun alohida xarakterli ma‘lum to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurni chiqaradi.
Monoxromator yoki rug’lik filtri yordamida umumiy yorug’lik oqimidan aniqlanadigan element uchun xarakterli ma‘lum to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurlar ajraladi. Ajratilgan monoxromatik nurning intensivligi fotoelement yoki fotoko’paytirgich yordamida o’lchanadi. Alanganing yonish rejimi, eritmaning alangaga purkalish tezligi va uning disperstsilanish darajasi o’zgarmas bo’lganda bu monoxromatik nurning intensivligi va eritma tarkibidagi aniqlanadigan element kontsentratsiyasi orasida proportsionallikka yaqin bo’lgan, ayrim kontsentratsiyalar oralig’ida chiziqli funktsional bog’lanish mavjud. Bu bog’lanish tegishli elementni miqdoriy aniqlash uchun asos bo’ladi.
Alangali fotometriya metodi ekspress metodi bo’lib, bu metod bilan 50 ga yaqin elementni (hozirgi zamon alangali fotometrik asboblari yordamida 100 dan ortiq elementlarni juda tez aniqlash mumkin. Bunday asbob hozirgi kunda Shurtan gaz kimyo majmuasining markaziy laboratoriyasida mavjud) juda tez aniqlashga imkon beradi. Metodning sezgirligi katta bo’lib, u element tabiatiga hamda aralashma tarkibiga bog’liq.
Agar yoqilg’i sifatida tabiiy gaz yoki propan va butan aralashmasi, oksidlovchi gaz sifatida siqilgan havo ishlatilsa alanganing harorati 1800 – 20000 S (gorelkaning yonish sharoitiga ko’ra) atrofida bo’ladi. Bunday haroratda faqat ishqoriy va ishqoriy yer metallari atomlari qo’zg’algan holatiga o’tadi. Qolgan elementlar esa o’zlaridan nur chiqarmaydi va shu bilan birga oson qo’zg’algan holatga o’tadigan elementlarga (ishqoriy va ishqoriy yer metallari) halaqit bermaydi. Shuning uchun alangali fotometriya ishqoriy va ishqoriy yer metallarni xilma – xil ob‘ektlarda aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Agar qiyinroq qo’zg’aluvchan elementlarni aniqlash talab qilinsa u holda yuqori haroratli alanga qo’llaniladi, buning uchun yoqilg’i sifatida atsetilen yoki vodorod gazlari, oksidlovchi gaz sifatida esa toza kislorod ishlatiladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling