Fotoliyuminessensiyada yutilgan energiyaning bir qismi nurlanishsiz o'tishlarga sarf bo'ladi ,ya’ni hamma yutilgan yorug'lik kvantlari (hVabs) lyuminessensiya hosil qilmaydi. Shuning uchun chiqariladigan kvantlar energiyasi (hVlum) yutigan kvantlar energiyasidan kichik bo'ladi
Lyuminessesiya intensivligining nurlahish to'lqin uzunligiga yoki chastotasiga bog'liqligi lyuminessensiya spektri deyiladi. Spektrning turi (ko'rinishi) qo'zg'atadigan nurning to'lqin uzunligiga bog'liq emas..Nurlanish birinchi qo'zg'algan holatning quyi tebranma darajasidan sodir bo'la boshlaydi, u molekulaning qanday kvantni yutilishiga va qanday energetik darajaga o'tishiga bog'liq emas .
Lyuminissensiya spektrlarining intensivligi va shakli turli moddalarda turlicha bo'ladi. Lyuminessensiya spektrlari nurlanish markazlari va molekulani o'rab olgan maydonning nurlatuvchiga ta'siri to'g'risida ham ma'lumotlar beredi.
Lyuminessensiyaning chiqishi qo'zg'tadigan nurnig to'lqin uzunligiga bog'liq. Lyuminessensiyaning enerketik chiqishi qo'zg'tuvchi nurning to'lqin uzun- ligiga propsiyanal ravishda ortib boradi. So'ngra ma'lum spektral oraliqda doimiy bo'lib turadi, keyin yutilish va lyuminessensiya spektrlari ustma-ust tushgach lyuminessensiyaning energtik chiqishi tezda (tushib) pasayib ketadi.
Vavilovning qonuni quydagicha ta'riflanadi; Agar qo’zg'atadigan to’lqin o'rtacha bo'lib o'ziga nisbatan uzinroq to’lqinga o'zgarsa fotolyuminessensiya doimiy kvant chiqishini saqlaydi. Aksincha uzun to’lqindan qisqasiga o'tsa (o'zgarsa) lyuminessensiyaning chiqishi keskin kamayadi.
Yutilgan kvantlar nurlanmagan jarayonlarda energiyasining bir qismini yo'qatadi, chiqariladigan kvantlar yutilganga nisbatan kam energiyaga va uzun to'lqinga ega bo'ladi. Stokes -Lommel qonuni quyidagicha ta’riflanadi: Lyuminessensiya spektri va uning maksimumi yutilish spektiriga va uning maksimumiga nisbatan doimo to'lqin uzunliklar tomonga siljigan bo'ladi. Lyuminessensiya va yutilish spektrlari maksimumlari to'lqin uzunliklari o'rtasidagi farq Stoks siljishi deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |