Analitik kimyoda organik reagentlar”
I BOB. Organik reagentlar haqida umumiy ma’lumot
Download 0.81 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
I BOB. Organik reagentlar haqida umumiy ma’lumot.
Kimyoviy reaktivlar, kimyoviy reagentlar — kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan moddalar. Ularning turlari quydagilardan iborat: o‘ta toza kimyoviy reaktivlar; kimyoviy toza kimyoviy reaktivlar; kimyoviy analiz uchun qo‘llanadigan toza kimyoviy reaktivlar; toza kimyoviy reaktivlar, tozalangan kimyoviy reaktivlar, texnik kimyoviy reaktivlar. Tarkibiga ko‘ra, kimyoviy reaktivlar, anorganik, organik va radioaktiv izotoplardan iborat. Kimyoviy reaktivlar ishlatilishiga ko‘ra, organik—analitik reagentlar, kompleksonlar, fiksanallar, pH indikatorlar va boshqalarga bo‘linadi. Kimyoviy reaktivlar solingan idish yorlig‘i yoki o‘ralgan qog‘ozga uning tozalik darajasi, ishlatilishi, qo‘shimchalar miqdori va saqlanish shart-sharoiti yozib qo‘yiladi. Kimyoviy reaktivlarning aksariyati zararli, tez alangalanadi, ba’zilari portlaydi. Shu sababli, kimyoviy reaktivlarni ishlatishda va saqlashda tegishli qoidalarga rioya qilish zarur. Havoda tez buziladigan ayrim preparatlar vodorod yoki inert gaz to‘ldirilgan germetik ampulalarda, ba’zilari kerosinda saqlanadi. Biror tashqi belgi – cho‘kma yoki gaz ajralishi, cho‘kmani erishi, rang o‘zgarishi kabi tashqi samara bilan boradigan reaksiyalar analitik reaksiyalar deyiladi. Eritmadan izlanuvchi ionni ochish uchun ishlatiladigan reaktiv – reagent deb ataladi. Reagentlar uch turga bo‘linadi: Spetsifik (maxsus) reagent murakkab aralashmadagi faqat bitta iongagina xos tashqi samara beradi. NH++ OH- → H2O + NH3↑ Selektiv reagent (yoki reaksiya) tashqi belgisi, xalaqit beruvchi ionlar bo‘lmaganda, ayrim ionlargagina xos bo‘ladi. 2Ag++ CrO42- =2Ag2CrO4↓ Ag2CrO4 to‘q sariq cho‘kma , (Ba2+, Pb2+, Sr+2 lar) uchun sariq cho‘kmalar hosil bo‘ladi. 3. Guruh reagenti (reaksiya)ning tashqi belgisi ionlar guruxi uchun bir xil bo‘ladi. Ag+, Hg2+, Pb2+ kationlar guruhi xlorid ionlar bilan bir xil oq rangli cho‘kma hosil qiladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling