Analitik kimyoda organik reagentlar”
Organik reagentlarni analitik tahlilda qo‘llanishi
Download 0.81 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
Organik reagentlarni analitik tahlilda qo‘llanishi
Ko‘pchilik kation va anionlar kompleks hosil qiluvchi organik reagent yordamida ochiladi. Misollar: Dimetilglioksim bilan Ni(II) kationi lola-qizil rangli cho‘kma xosil qilishi asosida ochiladi. lola-qizil rangli nikel dimetil-glioksi-mati Bu reaksiya yuqori sezgirlikga ega W=1:300000 t/ml, m=0,17mkg. Alizarin Al3+ kationi bilan filtr qog‘ozda qizil dog‘ – alyuminiy alizarinati xosil qiladi. Kupron mis (II) ioni bilan iviq yashil cho‘kma mis kupronat xosil qiladi. Oksixinolin magniy ioni bilan sarg‘ish yashil magniy oksixinolyat cho‘kmasini xosil qiladi Piridilazonaftol reagenti Sb(III) bilan qizil rangli kompleks xosil qiladi. m=0,5 mkg Taxlilda qo‘llanadigan organik reagentlarga quyidagi talablarga javob berishi kerak. Oz eruvchan kompleks birikma hosil qilishi. Hosil bo‘ladigan kompleksning barqarorlik doimiysi katta bo‘lishi kerak в < 10+8 Organik reagent suvda eruvchan bo‘lishi kerak. Organik reagentlar ionlami ochishdagina emas balki xalaqit beruvchi ionlarni niqoblashda ham ishlatiladi. Masalan, Ni kationini ochishga xalaqit beradigan Co2+ va Fe2+ kationlari uzum-kislotasining tuzlari bilan barqaror tartarat kompleksiga bog‘lanadi. Tartarat anioni bilan niqoblangan Co2+ va Fe2+ kationlari Ni ochilishiga xalaqit bermaydi. Organik reagentlarni ba’zi spetsifik xossalari. Eritmada atsetat anioni borligi unga kislota qo‘shilganda sirka xidini paydo bo‘lishi asosida; CH3COO- + H+ → CH3COOH sirkaning xidi yoki spirt qo‘shilganda efir paydo bo‘lishi bilan isbotlanadi. CH3COOH + HOC2H5 → CH5COOC2H5 + H2O Borat ioni-borat kislotasining etil efirini yashil alanga bilan yonishi asosida; H3BO3 + 3C2H5OH → B(C2H5O)3 + 3H2O isbotlanadi. Analizda qo’llaniladigan reagentlar organik va anorganik tabiatli bo’ladi. Oxirgi yillarda anorganik komplekslar ko’proq ishlatilmoqda. Organik ligandli komplekslar ichki kompleks birikmalarga kiradi. Organik va ayrim anorganik reagentlar ishtirokida bir yoki bir necha yadroli komplekslar hosil bo’ladi. Yadrolardagi markaziy atom bir xil bo’lsa, kompleksga gomopoliyadroli, xar xil markaziy ionlar bo’lsa geteropoliyadroli komplekslar deyiladi. Bundan tashqari komplekslar bir yoki bir necha ligandli bo’lishi mumkin. Har xil ligandli komplekslarga aralash ligandli komplekslar deyiladi. Analizda qo’llaniladigan organik reagentlarga organik analitik reagentlar deyiladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling