Analitik kimyodan masalalar


Vodorod ioni konsentrasiyasini hisoblaymiz


Download 29.69 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi29.69 Kb.
#244552
1   2   3
Bog'liq
Analitik kimyoga oid masalalar

Vodorod ioni konsentrasiyasini hisoblaymiz

Kuchsiz asos va uning tuzidan hosil bo`lgan bufer eritma uchun [Н+] konsentrasiyasini topish uchun quyidagi formulani foydalanamiz:





Bufer eritmaning pH-ni topamiz

рН = –lg[H+]; pH = –lg3,72 · 10–10 = 10 – lg3,72 = 10 - 0,57 = 9,43.


MUSTAQIL ECHISH UCHUN MASALALAR
1. 250 g suvda 1,62 g Са(НСОз)2 saqlagan eritmaning ion kuchini aniqlang.

2. 500 g suvda 5,85 g NaCI va 2,08 g BaCl2 saqlagan eritmaning ion kuchini hisoblang.

3. 0,05 M Al2(SO4)3 eritmasining faollik konsentratsiyasini aniqlang. AI3+ va SO42- ionlarining faollik koeffitsiyentlari tegishlicha 0,285 va 0,495 ga teng.

4. Tarkibida 0,01 mol ekv/l Al(NO3)3 va 0,01 mol ekv/l BaCl2 bo`lgan eritmaning ion kuchini hisoblang.

5. 1000 g suvda 0,02 mol Ca(NO3)2 va 0,02 mol Fe(NO3)2 saqlagan eritmadagi Fe2+, NO3- va Ca2+ ionlarining faol konsentratsiyasini hisoblang.

6. 250 g suvda 1,59 g CuSO4 va 0,44 g K2SO4 saqlagan eritmadagi kaliy sulfat va mis sulfatning faol konsentratsiyasini aniqlang.

7. Eritma 500 g suvda Рb(NО3)2, HCl, CH3COONa tuzlaridan tegishlicha miqdorda 0,005; 0,001 va 0,0005 mol saqlaydi. Bu eritmadagi har qaysi elektrolitning faol konsentratsiyasini aniqlang.

8. Molyalligi 1000 g suvda 0,01 mol ga teng xrom(III) sulfatning eritmasidagi ionlar o‘rtacha faollik koeffltsiyentinl aniqlang.

9. Kaliy iodid erilmasida ionlar o ‘rtacha faollik koeffitsiyenti 0,872 ga teng. Bu eritmaning ion kuchini aniqlang.

10. 150 gsuvda 1,0 gNaOH saqlagan ishqor eritmasidagi ionlar o‘rtacha faollik koeffitsiyentini aniqlang.

11. 15®C da EK(PbI2) qiymati 8,7∙10-9 ga teng. PbI2 ning to‘yingan eritmasidagi Pb2+ va I- ionlarining konsentratsiyasini aniqlang.

12. 25°C da EК(Ca3(PO4)2 , qiymati 1∙10-25 ga teng. Bu haroratda Ca3(РО4)2 toyingan eritmasidagi Ca2+ va PO43- ionlarining konsentratsiyasini aniqlang.

13. 51 hajmdagi Ag2Cr2O7 to‘yingan eritmasida O,5 mol Na2Cr2O7 saqlaydi. Agar EK(Ag2Cr2O7)=2∙10-7 va α(Na2Cr2O7)=75% bolsa, bu eritmadagi Ag+ ionlarining konsentratsiyasini aniqlang.

14. Agar EK(Ag2CO3) = 6,15∙10-12 bolsa Ag2CO3 ning suvdagi eruvchanligini aniqlang.

15. 31 hajmll PbSO4 ning xona haroratidagi to‘ylngan eritmaslda 0,132 g tuz mavjud. EK(PbSO4) ni aniqlang.

16. 18 0C da EK(PbF2), qiymati 3,2∙10-8 ga teng. Toyingan 0,41 eritma qanday miqdor qorg‘oshin saqlaydi? Bu eritmaning 5 1 hajmida qancha massa qo‘rg‘oshin mavjud?

17. 3 1 hajmdagi to‘yingan AglO3 eritmasi tarkibida ion sifatida 0,176 g kumush saqlaydi. EKAgIO3 qiymatlnl aniqlang.

18. EK(Ag3PO4) qiymati 1,8∙10-18 ga teng. To‘yingan eritmaning qanday hajmida 0,050 g erlgan tuz mavud bo‘la oladi?

19. 0,03 n AgNO3 eritmasiga teng hajmdagi qanday konsentratsiyali KBr eritmasi qo‘shilganda cho‘kma tusha boshlaydi? EK(AgBr) = 6,3∙10-13 va tuzlar uchun α= l.

20. Eritmadagi Zn2+ va Cd2+ konsentratsiyalari nisbatl qanday bo‘lsa, bu eritm aga Na2CO3 eritm asi q o ‘shilganda b ir vaqtda ikkala ionlar karbonatlarining cho‘kishi kuzatiladi?

21. Eritma tarkibida SO42- va CrO42- ionlari saqlaydi. Eritmada qaysi bir ion va necha marta ko‘p konsentratsiyada bolgan kumush sulfat va xromatlarcho‘kishi bir vaqtda boshlanadi?

EK(Ag2SO4) = 7,7∙10-5 ЕК(Ag2CrO4) = 4,05∙10-12

22. OH- ionlari konsentratsiyasi (mol/l) quyidagicha bolgan eritmalardagi pH ni aniqlang: 2,52∙10-5; 1,78∙10-7; 4,92∙10-3; 10-11; 0,000004

23. Quyidagi eritmalarda pH ni aniqlang: 0,1 n. HCN; 0,1 M H2S; 0,1M H3BO3; 0,1M Н2СОз; 1n. NH4OH.

24. Vodorod ko‘rsatkichl quyidagicha bolgan eritmalardagi H+ va OH- ionlari konsentratsiyalarini aniqlang: 3,2; 5,8; 9,1; 11,4; 6,5. Bu eritmalardagi H+ ionlari konsentratsiyasi OH- konsentratsiyasidan necha marta ko‘p yoki kamligini toping.

25. Kuchli elektrolitlarning quyidagi konsentratsiyadagi eritmalaridagi vodorod ko‘rsatkichlarini aniqlang: 0,15M HCIO3; 0,205M HCl; 0,181M HNO3; 0,1M LiOH; 0,13M KOH

26.Tarkibida 100gsuvda0,15 mol KCl va 0,02 mol HCl saqlagan eritma pH ini aniqlang.

27. Eritmada 500 g suvda 0,025 mol natriy sulfat va 0,03 mol natriy gidiroksid erigan. Bu eritmaning vodorod ko‘rsatkichini aniqlang.

28. Eritma 1000 g suv tarkibida0,37 g HCl, 0,12 gNaCl va 0,29 gNa2SO4 saqlaydi. Bu eitrmaninig pH qiymatini aniqlang.

29. Nitrat kislota eritmasidagi (ω=0,05%) pH qiymatini aniqlang. Eritma zichligini va HNO3 disotsillanish darajasini birga teng deb hisoblansin.

30. pH qiymati 3 ga teng bolgan sirka kislota (КD= 1,75∙10-5) eritmasidagi CH3COOH ning molyar konsentratsiyasini aniqlang.

31. pH qiymati 6,04 ga teng bo‘lgan 0,3 l kislota eritmasida qancha massa HCOOH borligini aniqlang. KD= 1,77∙10-4

32. Agar 0,08 n. kislota eritmasi pH qiymati 2,4 ga teng bolsa kislotaning disotsillanish doimiyligini aniqlang.

33. Agar zichligi 1328 kg/m3 ga teng NaOH (ω=30%, α=70% ) eritmasining 0,1 l miqdori suv bilan 0,75 1 gacha suyultirilsa, olingan eritmada pH qiymatini toping.



34. Kasal odamning qonini pH=7,6 ga teng bo`lsa, uning qonini pH-ni normallastirish uchun kislota boyicha bufer sig`imi 0,06 mol/l bo`lgan 4 litr bufer eritmaga qanday miqdordagi (mol) bir asosli kislota qo`shish kerak bo`ladi?

35. 500 sm3 0,02 М СН3СООН eritmasini bir xil hajmdagi 0,2 М СН3СООК eritmasi bilan aralashtirishdan hosil bo`lgan eritmaning pH-ni hisoblang.


36. рН = 5,00  bo`lgan bufer eritma olish uchun natriy acetati bilan sirka kislotasini qanday nisbatida aralashtirish kerak.

37. Chumoli kislotasining dissosiyasiyalanish konstantasi kórsatkichi 3,75 ka teng. 1,0 M chumoli kislotasi va 1,0 M natriy formiyatini teng hajmidan iborat bufer eritmaning pH-ni hisoblang.

38. Sirka kislotasining dissosiyalanish konstantasi kórsatkichi 4,76 ga teng. 0,1 M sirka kislotasi va 0,1 M natriy acetatining teng hajmidan iborat bufer eritmaning pH-ni hisoblang.

39. pK(NH4OH)=9,24 bo`lsa 0,1 M ammiak va 0,1 M ammoniy xloridini teng hajmidan iborat bufer eritmaning pH-ni hisoblang.



40. pK(H3PO4)=7,21 bo`lsa 0,1 M natriy digidrofosfat va 0,1 M natriy gidrofosfatini teng hajmidan iborat bufer eritmaning pH-ni hisoblang.
Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling