Analitik kimyodan test savollari №1 Fan bobi Fan bo`limi – Qiyinchilik darajasi-2


Fan bobi- 5 Fan bo’limi- 2 Qiyinlik darajasi


Download 281.61 Kb.
bet8/11
Sana26.09.2020
Hajmi281.61 Kb.
#131432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Analitikadan test(3)


158 Fan bobi- 5 Fan bo’limi- 2 Qiyinlik darajasi3


Xromatometrik aniqlashda ekvivalentlik nuqtasida potensial 0,78 B bo’lsa, oxirgi nuqtani aniqlash uchun qaysi indikatorni olish kerak?

difenilamin Б;

N-fenilantralin kislota Б;

ferroin Б;

temir 5-nitro -2,10 -fenantramat Б

159 Fan bobi- 4 Fan bo’limi- 2 Qiyinlik darajasi2

Quyidagi usullardan qaysilari cho’ktirish reaksiyalariga asoslangan titrimetrik usullarga kiradi?

argentometriya, rodanometriya, merkurometriya;

atsidimetriya, alkalimetriya;

markurimetriya, ftorometriya, kompleksometriya, kompleksonometriya;

permanganatometriya, yodometriya, xromatometriya, bromatometriya va boshqalar.

160 Fan bobi- 4 Fan bo’limi-4 Qiyinlik darajasi2

Kompleksonometrik titrlash usullarida titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash uchun qanday indikatorlar ishlatiladi?

metalloxrom;

oksredmetrik;

redoksometrik;

protolitometrik, tashqi.

161 Fan bobi-4 Fan bo’limi- 1 Qiyinlik darajasi2

Quyidagi indikatorlardan qaysilari metalloxrom indikatorlarga kiradi?

erioxrom qora T, mureksid;

metiloranj, fenolftalein;

difenilamin, ferroin;

kraxmal, fenantrolin

162 Fan bobi-5 Fan bo’limi- 2 Qiyinlik darajasi2

Elektr kimyoviy reaksiya deb qanday reaksiyaga aytiladi?

elektrodlar sirtida elementning oksidlanish darajasi, elektrodlar oralig’idagi bo’shliqda elektrik kattaliklarning o’zgarishi bilan sodir bo’ladigan reaksiyalar;

elektrodlar yaqinida sodir bo’ladigan har qanday reaksiya elektr kimyoviy reaksiya bo’la oladi;

elektrod va eritma sirtida sodir bo’ladigan almashinish reaksiyalari elektr kimyoviy reaksiyalardir;

eritmaning elektroddan uzoq sohalarida sodir bo’lib, elektrodni eritadigan reaksiyalar.

163 Fan bobi-5 Fan bo’limi- 2 Qiyinlik darajasi2

Quyidagi usullardan qaysilari elektr kimyoviy analiz usullariga kiradi?

potensiometriya, konduktometriya, polyarogafiya, amperometriya, kulonometriya;

kolorimetriya, konduktometriya;

nefelometriya, atsidimetriya;

merkurimetriya, permanganatometriya, yodometriya, xromatometriya.

164 Fan bobi- 5 Fan bo’limi- 3 Qiyinlik darajasi3

Galvanik elementda elektr toki qanday paydo bo’ladi?

galьvanik element tarkibiga kiradigan kimyoviy moddalar orasida sodir bo’ladigan reaksiyalar natijasida, galvanik element tarkibidagi konsentratsiyalari turlicha bo’lgan bir xil elektrolit ionlarining bir idishdan ikkinchisiga o’tishi natijasida;

galvanik elementdagi elektrod ustida eritmaga kiritiladigan moddalarning o’zaro ta’sir reaksiyalari natijasida;

galvanik element tarkibidagi konsentratsiyalari turlicha bo’lgan har xil elektrolit ionlarining bir idishdan ikkinchisiga o’tishi natijasida;

galvanik elementga kiradigan elektrodning qaytarilib, eritmaga o’tishi natijasida.

165 Fan bobi-5 Fan bo’limi- 2 Qiyinlik darajasi3

Voltamper egri chiziqlari elektr kimyoviy analizda quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

elektr kimyoviy reaksiyalarning tezligi va sodir bo’lish sharoitlarini o’rganish, ob’yektlarning sifat va miqdor tarkibini aniqlash, reaksiyalarning qaytar yoki qaytmasligini tekshirish;

reaksiyalarning mexanizm bo’yicha turlarni aniqlash, reaksiyalarning kimyoviy turlarini aniqlash;

reaksiyalarning soddaligini aniqlash, reaksiyalarning mexanizm bo’yicha turlarni aniqlash;

analitik reaksiyalarning tartibi va ketma-ketligini aniqlash.

166 Fan bobi- 4 Fan bo’limi- 4 Qiyinlik darajasi2

Quyidagi usullardan qaysilari elektr kimyoviy analiz usullarga kirmaydi?

kolorimetriya, nefelometriya, atsidimetriya. merkurimetriya;

kulonometriya. potensiometriya;

konduktometriya, polyarogafiya;

amperometriya, permanganatometriya.

167 Fan bobi- 4 Fan bo’limi-5 Qiyinlik darajasi2

Ionselektiv elektrodning membranalari bo’yicha asosiy turlari:

suyuq membranali. qattiq membranali;

gaz membranali;

aralash membranali;

asbest membranali.

168 Fan bobi-4 Fan bo’limi- 5 Qiyinlik darajasi2

Potensiometrik titrlashda ishlatiladigan reaksiyalar:

kislota-asosli, oksidlanish-qaytarilish, cho’ktirish. kompleks hosil qilish;

parchalanish;

birikish;

o’rin olish.

169 Fan bobi- 4 Fan bo’limi-5 Qiyinlik darajasi2

Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlarning ta’sir mexanizmi bo’yicha turlari

elektron almashinish, ion almashinish, elektron-ion almashinish;




potensial almashinish;

tok almashinish.

170 Fan bobi-4 Fan bo’limi- 4 Qiyinlik darajasi2

Ion almashinish membranali indikator elektrodi ishtirokida eritma-elektrod chegarasida qanday almashinish sodir bo’ladi?

ion almashinish;

foton almashinish;

neytron almashinish;

modda almashinish.

171 Fan bobi-4 Fan bo’limi-5 Qiyinlik darajasi2

Potensiometrik titrlashda ishlatiladigan reaksiyalarga qo’yiladigan talablar:

reaksiya qat’iy stexiometriyada miqdoriy to’liq o’tishi kerak, asosiy kimyoviy va indikator reaksiyalarining muvozanati tez o’rnatilishi kerak;

eritmada hech qanday yonaki reaksiyalar sodir bo’lmasligi kerak;

eritmadagi barcha moddalar titrant bilan to’liq ta’sirlashishi kerak;

taqqoslash elektrodining potensiali reaksiyaga ta’sir ko’rsatmasligi kerak.

172 Fan bobi-3 Fan bo’limi- 4 Qiyinlik darajasi2

Titrlashning oxirgi nuqtasini potensiometrik aniqlashning qanday usullari bor?

hisoblash. chizma-integral, chizma-differensial, chizma-ikkinchi tartibli hosila, chizma-egri chiziqlarni to’g’rilash, Gran usuli;

chizma-sakrashli, chizma-cho’qqili;

chizma-ikkinchi tartibli integral;

chizma-egri chiziqlarni sozlash, chizma-cho’qqili.

173 Fan bobi- 4 Fan bo’limi- 3 Qiyinlik darajasi2

Potensiometrik titrlashning vizual titrlashga ko’ra asosiy afzalliklari nimada?

sezuvchanligi yuqori, sub’yektiv xato yo’qoladi, analizga ko’p vaqt talab qilinmaydi, rangli va loyqa eritmalarni titrlash mumkin, xato kichik bo’ladi, bir necha modda aralashmasini aniqlash mumkin, olinadigan analiz natijasi avtomatik ravishda yozib borilishi va u haqdagi signal analiz markaziga avtomatik ravishda berilishi mumkin.

To’g’ri javob yo’q

analizchining titrlashni o’tkazish uchun ishtiroki talab qilinmaydi, analizga ko’p vaqt talab qilinmaydi;

bir necha modda aralashmasini aniqlash mumkin, olinadigan analiz natijasi avtomatik ravishda analitikning daftariga yozib boriladi;

174 Fan bobi-4 Fan bo’limi- 5 Qiyinlik darajasi2

Kulonometrik analiz usuli boshqa analiz usullaridan nimalar bilan farqlanadi?

aniqlash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati, sezuvchanlik () va aniqlik yuqori (xato <0,5 %), aniqlash tezkor;

har qanday tarkibli moddalarni osongina aniqlash mumkin;

istalgan turdagi erituvchi, elektrolit yoki boshqalarni analiz uchun ishlatish mumkin.

175 Fan bobi- 4 Fan bo’limi- 4 Qiyinlik darajasi3

Kulonometriya usulining qanday ko’rinishlari mavjud va ularda qaysi kattalik nazorat qilinadi?

potensiostatik kulonometriya – potensial, ampero(galьvano)statik kulonometriya – tok kuchi;

potensiometrik kulonometriya – elektr toki;

amperometrik kulonometriya – elektrod potensiali;

konduktostatik kulonometriya – elektr o’tkazuvchanlik, polyarometrik kulonometriya – optik o’qning burilishi.

176 Fan bobi-4 Fan bo’limi- 3 Qiyinlik darajasi2

Kulonometriyada asosiy elektrod reaksiyasi qaysi elektrodda sodir bo’ladi?

ishchi;

simob;

yordamchi;

taqqoslash.

177 Fan bobi- 3 Fan bo’limi- 4 Qiyinlik darajasi2

Titrantni generatsiya qilishning qanday usullari bor?

ichki generatsiya, tashqi generatsiya;

ustki generatsiya, pastki generatsiya;

faqat tashqi generatsiya;

yon generatsiya. konduktogeneratsiya.

178 Fan bobi-4 Fan bo’limi- 5 Qiyinlik darajasi2

Kulonometrik titrlashda qanday titrant ishlatiladi?

elektroliz natijasida hosil bo’lgan;

titrlangan eritma;

byuretkadan qo’shiladigan;

titri o’rnatilgan.

179 Fan bobi-4 Fan bo’limi-5 Qiyinlik darajasi2

Voltamperometriya usuliga quyidagilar kiradi.

polyarografiya, amperometriya, biamperometriya.

potensiometriya. kulonometriya;

konduktometriya, ionometriya;

xromatometriya, argentometriya.

180 Fan bobi- 4 Fan bo’limi-5 Qiyinlik darajasi2

Polyarografiya usulini kim va qachon tavsiya qilgan.

Geyrovskiy, 1922;

Nernst, 1905;

Faradey, 1867;

Salomon, 1897-98.

181 Fan bobi- 4 Fan bo’limi- 2 Qiyinlik darajasi2

Lyuisnig elektron nazariyasiga ko’ra kislotalar va asoslar deb qanday moddalarga aytiladi:

kislotalar - elektron akseptorlari, asoslar - elektron donorlari;

kislotalar - elektron donorlari, asoslar - elektron akseptorlari;

kislotalar - proton akseptorlari; asoslar - proton donorlari;

kislotalar - proton donorlari; asoslar - proton akseptorlari donorlariga

182 Fan bobi- 3 Fan bo’limi- 2 Qiyinlik darajasi2

Kuchli kislotalar suvdagi eritmalarining pH qiymatlari quyidagi formula yordamida hisoblanadi:



;

;

.

Download 281.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling