Analitika 61-70 gacha 61. Gaz va suyuqlik xromotografiyasi


Gravimetriyada xatolarning manbalari. Kristall cho’kmalar. Filtr, yuvadigan suyuqlik, cho’ktiruvchi tanlash


Download 199.89 Kb.
bet3/5
Sana12.02.2023
Hajmi199.89 Kb.
#1191536
1   2   3   4   5
Bog'liq
Analitika 61-70 gacha

64.Gravimetriyada xatolarning manbalari. Kristall cho’kmalar. Filtr, yuvadigan suyuqlik, cho’ktiruvchi tanlash. Gravimetrik analizda xatolar ko'p sonli amallarga bog'liq. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) tortish (namuna olish va yakuniy tortish) xatosi; 2) cho'ktirish xatosi (to'lacho'kmaslik, begona moddalarning birgalashib cho'kishi); 3) dekantatsiya xatosi (cho'kma zarrachalari bir qismining suyuqlikni to'kish vaqtida yo'qotilishi); 4) filtrlash xatosi (filtrning noto'g'ri tanlanishi, voronkaga noto'g'ri o'matilishi va filtrlashning noto'g'ri o'tkazilishi); 5) yuvish xatosi (yuvadigan suyuqlik va u rniqdorining noto‘g ‘ri tanlanishi); 6) quritish va kuydirish xatosi (temperaturaning zaruratdan yuqori yoki past bo'lishi, filtming kuyishi davomida moddaning filtr kuli bilan qisman uchib ketishi, cho'kma tarkibining kimyoviy o'zgarishi). Hosil qilingan cho'kma filtrlanishi va yuvilishi kerak. Yuvish natijasida cho'kmaga adsorbilangan qo'shimchalar undan ajratiladi. Shu bois yuvish uchun suyuqlik tanlash katta ahamiyatga ega. Bu suyuqlik cho'kmani eritmasligi va faqat adsorbilangan moddalarni eritishi va yuvib chiqarishi lozim. Suvda ko'pchilik moddalar eriydi, shuning uchun ham eruvchanlikni kamaytirish maqsadida unga, ko'pincha, cho'kma bilan mos ioni bo'lgan elektrolit kiritiladi. Bunday suyuqlik yuvadigan suyuqlik hisoblanadi. Yuvadigan suyuqlikni tanlashda ham cho'km aning eruvchanligini oshiradigan moddalardan foydalanmaslik kerak. Cho‘ktiruvchini tanlashda hosil bo'ladigan cho'kmaning eruvchanligi muhim ahamiyatga ega. Aniqlanadigan modda hosil qiladigan cho'kma oz eruvchan bo'lsa, analiz natijasi aniq bo'ladi. Shuning uchun ham ch o'ktiru vch i tanlashda m oddalarning eruvchanlik ko'paytm asidan keng foydalaniladi. M oddaning eruvchanlik ko'paytmasi mumkin qadar kichik bo'lgan cho'kma hosil bo'lishini ta’minlaydigan cho'ktiruvchi tanlanishi kerak. Biroq, hamma kam eruvchan moddalar ham miqdoriy analizda ishlatilavermaydi. Kam eruvchan modda bir qator yuqorida aytib o'tilgan talablarga javob bersagina, uni miqdoriy aniqlashlarda ishlatish mumkin. Kristall cho‘kmalar hosil qilish uchun keyingi yillarda gomogen cho‘ ktirish (hosil bo'luvchi reagentlar) usulidan foydalamsh Afzal.
65.Gravimetrik analiz natijalarini hisoblash (gravimetric, cho’ktiriladigan va tortiladigan shakllar, tortiladigan shakl olish, massasi, namuna massasi, bevosita va bilvosita aniqlashlar, gravimetrik omil, moddaning massa ulushi).


Download 199.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling