Analizatorlar fiziologiyasi


Ishni o'zlashtirish uchun zarur


Download 57.38 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi57.38 Kb.
#1834802
1   2   3   4   5
Bog'liq
27.amal. mash.analiz. sist. fiz. (3)

Ishni o'zlashtirish uchun zarur: Veber-Fexner qonunini kuzatish uchun maxsus moslama. 4 dona 100 gr. va 1,2,3,5 grammli toshlar.

ISHNI BAJARISH TARTIBI


Bu tekshirish turli og'irlikdagi 50-60 dona yuklar bilan o'tkazilishi kerak. Yuklarni sonini kamaytirish maqsadida bu ish kafedrada yasalgan (dos. Yunusov) tuzilmada bajariladi. Tuzilma 30 x 12 x 20 sm.li quticha bo'lib, uni tekshiruvchiga qaragan tomoni ochiq bo'lib, osilib turgan toshlar va ishlatiladigan toshlarni qo'yadigan supacha ko'rinib turadi. Qutichani tekshiriluvchiga qaragan tomonining pastki qismi (6 sm.) ochiq bo'lib, bu joydan tekshiriluvchi qo'lini kiritib, osib qo'yilgan toshni barmoqlari bilan ko'tarishi mumkin. Tosh saqlanadigan supachada 4 dona 100 gr. va 1,2,3,5 grammli toshlar (yoki 1,2,3,5 tiyinlar) bo'ladi. Osilgan boshlang'ich 100 gr. yuk ilgakchaga erkin ilinib turadi, uni ustiga qo'shimcha toshlarni qo'yish mumkin. Tekshiriluvchi ikki qo'lini quticha ichiga kiritib, barmoqlari bilan osilgan har ikkala toshni ko'tarib 3 sek. ichida chamalab ko'radi. Tekshiruvchi tekshiriluvchiga bildirmay pintset bilan bir tomonga tekshiriluvchi toki og'irlikni o'zgarishini farq qilguncha 1,2,3 gr. va hokazo toshlarni qo'yib boradi. Bunda har bir toshdan so'ng tekshiruv takrorlanadi. Farq aniqlangach, har ikkala pallani 200 grammdan qilib, shu yukda ilgarigi ish takrorlanadi. Bu ish 300 grammli yukda ham olib boriladi.
Tuzilma chiziladi, olingan natijalarni Veber qonunini ifodalovchi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi va izoh beriladi.
Δ I
----------- = const
I

2 tajriba: esteziometriyaNI BAJARISH


Maqsad: Teridagi taktil sezgini masofa bo'sag'asini aniqlash usulini o'rganish. Tananing turli sohalarida taktil sezgini har xil bo'lishini nazariy asoslarini o'zlashtirish.
Ishni o'zlashtirish uchun zarur: Estiziometr

ISHNI BAJARISH TARTIBI


Ishni odamda Veber tsirkuli (estiziometr) yordamida bajariladi. Veber tsirkuli (kafedra dos. Yunusov modifikasiyasi) "u» Simon egilgan sim va 2 uchi nayzalangan plegsiglas oyoqchalardan tashkil topib, oyoqlarni biri simning ochiq uchiga mustahkam biriktiriladi, ikkinchisi simlar bo'yicha suriladi. Oyoqchalar birlashtirilsa, ular uchi bitta nayzaga aylanadi.
Tekshiriluvchi tajriba davomida tsirkul oyoqchalari holatini ko'rmasligi kerak. Tsirkul oyoqchalari avval birlashtirib, so'ngra har gal oralarini 1mm.ga orttirib ta'sir ettiriladi. Bunda oyoqchalarning uchi tekshiriluvchi sohaga bir vaqtda tegishi kerak. Tekshiriluvchi har gal nechta nayza sezganligini aytadi. Tajriba 2ta nayza uchi sezilguncha davom ettiriladi.
To'g'ri topilgan tsirkul oyoqchalarining eng kichik masofasi shu soha taktil sezgisining masofa bo'sag'asi bo'ladi. Tekshirish ko'rsatgich barmoq uchida, kaft, bilak, elka va ko'krak sohalarida bajariladi. Oyoqchalar orasidagi masofa chizg'ichda o'lchanadi.
Veber tsirkuli chiziladi. Olingan natijalar asosida xulosa qilinadi.

3 tajriba: TermoEsteziometriyaNI BAJARISH


Maqsad: Teridagi haroratni (issiq, sovuq) sezuvchi reseptorlar zichligini aniqlash usulini o'rganish va bu reseptorlar xaqidagi nazariy tushunchalarni o'zlashtirish.

Download 57.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling