27. AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu: Analizatorlar Sistemalarining Fiziologiyasi. Teri ResepsiyaSi.
ANALIZATORLAR FIZIOLOGIYASI
Sensor sistema. Organizm tashqi va ichki muhiti o'zgarishlarini qabul qilib, analiz qiluvchi va javob reaktsiyalarini shakllanishida ishtirok etuvchi Markaziy va periferik tuzilmalar majmui.
Tashqi sensor sistemalarining ahamiyati:
Tashqi dunyoni bilishga imkon yaratish, tashqi muhitga organizmni moslashishi, bugungi kunda analizatorlar termini o'rnida "sensor sistemalar termini" ishlatiladi. U psixik faoliyatning bir shakli bo'lib – sezgi hisoblanadi. Bu esa sezgi organlari orqali shakllanadi. Sezgi organlari – tashqi muhitning o'zgarishlarini qabul qilib, qisman analiz qiluvchi periferik tuzilmalardir.
Sensor sistemalarning bo'limlari.
Periferik – reseptorlar.
O'tkazuvchi, afferentlar.
Markaziy – po'stloq qism.
Sensor sistemalar tuzilishining asosiy printsiplari: ko'p qatlamlilik, ko'p kanallilik, "sensor voronkalarni" hosil qilish, vertikal va gorizontal bo'yicha shakllanishi.
Sensor tizimning asosiy funktsiyalari:
Signallarni topish
Ta'sirlovchilarni ajratish
Informasiyani o'zgartirish va o'tkazish
Informasiyani kodlash
Signallarni detektorlash
Obrazlarni tanish
Sensor tizimining asosiy xossalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |