Analizatorlar fiziologiyasi
Ishni o'zlashtirish uchun zarur
Download 57.38 Kb.
|
27.amal. mash.analiz. sist. fiz. (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OZ-OZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
Ishni o'zlashtirish uchun zarur: Termoestiziometr
ISHNI BAJARISH TARTIBI Bu ish odamda termoestiziometr yordamida bajariladi. Termoestiziometr (dos. Yunusov modifikasiyasi) bir marta ishlatiladigan transfuziya sistemasini filtrli rezervuaridan yasalgan bo'lib, uni filtrli tomoni ochib tashlanib, ikkinchi tomoniga (uchi 1 mm.) mis sim o'rnatilgan bo'ladi. Ishlashda 1 sm2, teshigi bo'lgan kliyonka tekshiriluvchi sohaga qo'yiladi. Termoestiziometrni ichiga taxminan 42o li suv solib, uni uchini kliyonkaning teshigi orqali bir chetidan har 2 mm. oralatib teriga tekkizib chiqiladi. Har tekkizilganda tekshiriluvchidan nima sezayotganligini (I-issiq, S-sovuq, T-taktil) so'rab, daftardagi I,S,T, harflariga tegishli belgi qo'yiladi. So'ngra, estiziometrga 5-6o li sovuq suv solib, ish yana takrorlanadi. Kvadratdagi sovuq, issiq, taktil sezgilar soni sanaladi. Olingan natijalar asosida nazariy xulosa yoziladi. O'Z-O'ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR Analizator deb nimaga aytiladi? Siz odamlarda qanday analizatorlarni bilasiz? Xar bir analizator qaysi qismlardan tuzilgan? Reseptor turlari va ularning funktsiyalari? Qanday ta'sirot kuchi reseptorning bo'sag'a ta'siroti deyiladi? Farqlash bo'sag'asi deb nimaga aytiladi? Generator potentsiali nima va u qaerda xosil bo'ladi? Veber – Fexner qoidasini ta'riflab bering? 1Reseptor adaptasiyasi nima? Qaysi reseptorlar adaptasiya qobilyatiga ega emas? Adaptasiya jarayonida reseptorlarning elektr aktivligi qanday o'zgaradi? Teri yuzasida taktil reseptorlar tekis taxsimlanganmi? Terida qaysi issiq yoki sovuq reseptorlarning miqdori ko'p va necha marotaba? Og'riq ta'sirotlari qanday qilib qabul qilinadi? Download 57.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling