Analizatorlar funksiyalarining umumiy qonuniyatlari


Download 444.17 Kb.
bet24/27
Sana05.01.2022
Hajmi444.17 Kb.
#214565
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
ANALIZATORLAR FUNKSIYALARINING UMUMIY QONUNIYATLARI

Teri gigienasi Donishmand xalqimizning maqoliga ko’ra, teri sog’liq ynasidir. Uning funksiyalari normal o’tishi uchun teri doim toza bo’lishi zarur.

Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzluksiz po’st tashlab, yangilanib turadi. Bir kecha-kunduzda teri yuzasida 10-15 g epidermis hujayralari chiqindisi hosil bo’ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terining ustki qavatidan ajralgan po’st chiqindilari ter va yog’ bezlari suyuqligi bilan qo’shilib, teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog’ bezlari suyuqlik chiqaradigan naychalar berkilib qoladi. Buning oqibatida terining nafas olish, ayirish, tana harorati doimiyligini ta’minlash buziladi. Bundan tashqari, teri kirlanishida kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar yashashi va ko’payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ma’lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli u jarohatlanadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini qashigan vaqtda undagi mikroblar tirnoq tagiga kirib qoladi va qo’l sovunlab yuvilmasa, ovqat iste’mol qilganda ular hazm organlariga kirib, oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Terini toza saqlash gigiyenik madaniyatning asosiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi, bolani yoshligidan qo’lini sovunlab yuvishga o’rgatish lozim.

Qo’lni ovqatlanishdan oldin, xojatxonadan chiqqanidan so’ng albatta sovunlab yuvish kerak, yuz, bo’yin sohalarni har kuni ikki marta - ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim; haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim.

Teri kasalliklarini tarqatmaslik uchun har bir bolaning sochig’i, mochalka, tarog’i, ich kiyimlari, paypog’i shaxsiy bo’lishiga e’tibor berish kerak,


Download 444.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling