Analizatorlar funksiyalarining umumiy qonuniyatlari


Download 444.17 Kb.
bet22/27
Sana05.01.2022
Hajmi444.17 Kb.
#214565
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
ANALIZATORLAR FUNKSIYALARINING UMUMIY QONUNIYATLARI

Haqiqiy teri - derma qalin bo’lib, epidermisning ostki qismida joylashgan.Haqiqiy terida ter bezlari, soch va tuklar ildizi, qon tomirlari, retseptorlar va pigment hujayralari bo’ladi.

Ter bezlari terining hamma qismida tarqalgan bo’lib, faqat labning pushti qismida, jinsiy organda va quloq suprasida bo’lmaydi. Ular qo’l-oyoq kaftida, chot bo’g’imida, qo’ltiq ostida zich joylashgan bo’ladi. Odamning 1sm2 terisida 500-1000 tagacha ter bezlari bo’ladi. Ular bir kecha kunduzda o’rtacha 500 ml ter ajratib chiqaradi.

Ter bezlarining naychasi ingichka bo’lib, uzunligi 2 mm keladi, u terining epidermis qismida teshik bilan tashqariga ochiladi. Ter bezlarining faoliyati tufayli organizmdagi o’rtacha suv, siydik va turli tuzlar tashqariga chiqib organizmda suvg’tuzlar muvozanatini ta’minlashda faol ishtirok etadi.. Ter bezlari faoliyatini boshqaruvchi markazlar orqa miyaning ko’krak va bel sigmentlarida, yuqori markazlari esa bosh miya po’stlog’i va gipotalamusda joylashgan. Ter bezlarining faoliyati asosan simpatik asab tizimi bilan boshqariladi.Terning ajralishi reflektor jarayon bo’lib, ta’sirlanish ta’sirida ya’ni issiqni sezuvchi retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida hosil bo’ladi.

Terining ko’p qismi soch va tuklar bilan qoplangan, ularning ildizi haqiqiy terida joylashgan. Soch, tuklar o’zgargan epiteliy hujayralaridan iborat, piyozchasi tirik bo’ladi. Soch ildizi piyozchasi qon tomirlar va nerv tolalari bilan juda yaxshi ta’minlangan. Soch piyozchasining ikki yonida yog’ bezlari bo’lib, ular sochni moylab turadi. Soch va tuklarning rangi, ularning tarkibidagi pigmentga bog’liq. Soch va tuklar ildizining yonida ular holatini o’zgartiradigan silliq muskullar joylashgan. Haqiqiy terida qon tomirlari juda ko’p. Ular teri osti klechatkasida anastomoz hosil qilib, qon tomirlar to’rini vujudga keltiradi.




Download 444.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling